45
qoladi, o‘pkadan chap bo‘lmachaga katta miqdorda qon kela
bochlaganidan o‘rtadagi avai techigi klapani berkiladi,
oqibatda, kichik qon aylanich doirasi bilan katta qon aylanish
doirasi bir-biridan tamomila ajraladi.
Chaqoloqning yuragi qiyosan katta bo‘lib, tana vazniga
nisbatan 0,8% ni tashkil etadi va u 20-25 gr keladi.Yurak vazni
bolalikning har xil davrida har xil o‘sib boradi va 15-16 yoshga
kelganda dastlabki vazniga nisbatan 11 marta ortadi va o‘rtacha
240-250 gr keladi.
Chaqaloqlarda yurak biroz ko‘ndalang va yuqoriroq
joylashgan, emadigan va go‘dak bolalarda oval, konussimon,
sharsimon shaklda bo‘ladi. 6 yoshlarga kelganda yurakning
shakli katta yoshdagi kishilar yuragi shaklini, ya’ni cho‘ziq oval
shaklni oladi.
Bolalarda arteriyalar venalarga nisbatan kengroq va sustroq,
chaqaloqlarda esa qon tomirlarning devori nafis, egiluvchan va
muskul to‘qimasi zaifroq rivojlangan bo‘ladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, bolalar yurak-qon
tomir tizimining fiziologiyasida ham o‘ziga xos xususiyatlar
mavjud ekanligini ko‘ramiz. Ular quyidagilardan iborat:
1. Bolalarda yurak urishi – puls kattalarnikiga qaraganda
anchagina tez, ya’ni bola qancha yosh bo‘lsa, puls
sonlari ham
shuncha ko‘p bo‘ladi.
2. Bolalar pulsi juda ham labil (tez o‘zgaruvchan) bo‘lib, tana
vaziyatining o‘zgarishi, jismoniy zo‘riqishlar, chinqirish,
yig‘lash va boshqa ko‘pchilik omillar ta’sirida odatdagidan
tezlashib qoladi.
3. Sog‘lom chaqaloq va emizikli yoshdagi bolalar pulsining
aksariyat hollarda aritmik bo‘lib turishi xarakterlidir.
4. Bolalarda arterial bosim kattalardagiga qaraganda pastroq
bo‘ladi. Chaqaloqlarning maksimal arterial bosimi o‘rtacha 70–
74 mm simob ustuniga teng bo‘ladi, bola bir yoshga to‘lganida
esa 80–85 mm ga tenglashadi.
1 yoshdan oshgan bolalarning arterial bosimi V.I.Mol-
chanovning 80 + (2 x n) formulasiga binoan taxminan aniq-
lanadi. Bu yerda n – bolaning aniqlanayotgan vaqtdagi yoshini
ko‘rsatadigan son.
46
5. Bolada arterial bosim ham puls kabi labil bo‘lib, yotganda,
ayniqsa, uxlayotganda pasayadi, jismoniy zo‘riqishlar va ruhiy
kechinmalardan keyin esa ko‘tariladi.
6. Chaqaloqda qon organizmni katta yoshdagi kishilarga
qaraganda ikki marta tez aylanib chiqadi. Chunonchi, cha-
qaloqlarda bu ko‘rsatkich 12 soniyani, 3 yoshli bolada 15 so-
niyani, katta yoshli odamda esa 22 soniyani tashkil qiladi.
7. Yurak zarbi 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda to‘rtinchi, 2
yoshdan katta bolalarda esa beshinchi qovurg‘alar oralig‘ida
joylashadi.
Yuqorida sanab o‘tilgan yurak-qon tomir tizimining
anatomo-fiziologik xususiyatlarini bilish bolaning to‘g‘ri
rivojlanayotganligini baholash va kasalliklarni davolash
jarayonida katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: