53
Bolalarning miya to‘qimasi suvga va qon tomirlariga boy,
spetsifik oqsil moddalari kam bo‘ladi. Ana shu xususiyatidan
kelib chiqib, bolalarning miyasi turli xil patologik jarayonlar va
kasalliklar natijasida tez shishadigan bo‘ladi.
Tashqi ko‘rinishida egatchalar va pushtachalari yaxshi ifoda-
lanmagan, miyaning kulrang moddasi oq moddasidan hali ajral-
magan bo‘ladi. Egatcha va pushtachalarning yaxshi ifodalanma-
ganligi bolaning hali hayotiy ko‘nikmalari paydo bo‘lmagan-
ligidan, kulrang moddaning oq moddadan ajralmaganligi esa
bolada ichki tizimlarni boshqaruvchi markazlarning hali
shakllanmaganligidan dalolat beradi.
Katta yarim sharlardagi hujayralar son jihatidan kattalarniki
bilan teng bo‘lishiga qaramay, ular hali yetilmagan bo‘ladi.
Orqa miya tug‘ilish vaqtida ancha mukammallashgan, lekin
kattalarnikiga qaraganda umurtqa pog‘onasiga nisbatan olin-
ganda, qiyosan uzunroq bo‘ladi.
Oy-kuni yetib tug‘ilgan chaqaloq bir qancha tug‘ma yoki
shartsiz reflekslarga ega bo‘ladi. Bularga so‘rish, yutish, ko‘zni
pirpiratish, yo‘talish, aksirish, defekatsiya (ich qilish), siydik
chiqarish, Babinskiy, Kernig, Moro va boshqa ko‘pgina
reflekslarni misol keltirish mumkin.
Aksariyat shartsiz reflekslar ma’lum vaqtga kelib yo‘qolib
ketadi yoki shartlisi bilan almashinadi. Ba’zi shartsiz reflekslar-
ning belgilangan muddatda yo‘qolmasligi yoki qaytadan paydo
bo‘lishi patologik belgi hisoblanadi. Bunday hollarda bolani
nevropatolog shifokor tomonidan konsultatsiya qilinishini
ta’minlash zarur.
Bolada hayotining birinchi kunlaridan boshlaboq oliy asab
faoliyati rivojlana boshlaydi. Shuning uchun bola atrofdagi
tashqi muhit bilan katta yoshdagi odamlarga qaraganda bir-
muncha osonroq shartli aloqalarga kirishadi, bu aloqalar
turg‘un va yorqin bo‘ladi. Shundan kelib chiqib, bola muayyan
yurish-turish ko‘nikmalarini, odat-amallarni nisbatan tez hosil
qiladi, bular esa uzoq vaqtlargacha, odatda umrbod saqlanib
qoladi.
Hosil qilingan reflekslar turli noqulay va kuchli ta’sirlar
(ruhiy va jismoniy zarba va zo‘riqishlar, kasalliklar,
tarbiyadagi
nuqsonlar va boshqalar) natijasida osongina so‘nib ketishi
mumkin.
54
Bolada ta’m bilish yaxshi (shirin va nordonni yaxshi ajra-
tadi), hid bilish kamroq, tuyg‘u hissi esa yaxshi rivojlangan
(lablariga qo‘l tekkizish emishga harakatni paydo qiladi, yuz,
qo‘l va oyoq terisi tekkizilgan narsalarni yaxshi sezadi, bola
tug‘ilishi bilanoq og‘riq ta’sirlaridan ta’sirlanadi).
Bir martagina yanglishib shirinroq sut mahsuloti berib
qo‘yish bilan bolani qaytib ona ko‘kragini emmaydigan qilib
qo‘yishi mumkin.
Bola tug‘ilganidayoq barcha narsalarni ko‘radigan va
ovozlarni eshitadigan bo‘ladi, lekin ularni aniqlay olmaydi.
Chaqaloq kuchli tovush ta’siridan cho‘chib tushadi, 2 haftadan
keyin tovush kelgan tomonga boshini qaratadi, 2 oyligida esa
tovushlarni ajrata oladigan bo‘ladi.
Ko‘z olmalari uyg‘un holda harakat qila olmaganidan
chaqaloqlarda aksariyat hollarda g‘ilaylik kuzatiladi, yorug‘likka
qaray olmaydi, ba’zida esa nistagm (ko‘z olmasining tartibsiz
harakatlari) qayd qilinadi.
Ko‘z yosh bezlari chaqaloqda yaxshi rivojlanganligiga
qaramay, hayotining dastlabki kunlarida ko‘zidan yosh chiq-
maydi. Bola 2 oylik bo‘lganida ko‘zlaridan yosh kela boshlaydi.
Bolaning xulq-atvorida nutqning, ya’ni ikkinchi signal
tizimining ahamiyati nihoyatda katta.
Ana shu maqsadda quyida bolalarning asab-ruhiy rivojlanishi
haqida ma’lumotlar keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: