Sezilarli oqiballarga olib kelgan ushbu cho'kish
mutaxassislaming fikricha
qoziq ostida qolgan 6-8 metr qalinlikdagi muzlik davriga mansub
loyning
zichlashuvi natijasida ro‘y bergan.
Kazanka daryosida qoziqli poydevor ustida barpo etilgan ko'prikning halokati
ham bunday cho'kishlaming yorqin misolidir. 1929 yilda qurilgan ushbu ko'prikning
har bir tayanchi 410 dona 8 metr uzunlikdagi yog'och qoziqlardan tashkil topgan edi.
Shunga qaramay, inshootning cho’kishi uning o'ng tomonidagi tayanchi ostidagi 1,5
metrlik qoziqlar ostidagi 3,6 metr qalinlikdagi torfning zichlashuvi evaziga yuz
bergan. Bunday misollami ko'plab keltirish mumkin (masalan, 7 .1 1-rasmdagi Sao
Luis Rey inshootining halokati kabi).
Yuqorida keltirilgan va ko'plab boshqa amaliy misollar qoziqli poydevorlami
loyihalashda ham sayoz poydevorlar kabi cho'kish deformatsiyani aniqlashga diqqat
e’tibomi jalb etish lozimligidan darak beradi.
167
12 bob. C IIU Q U R P O Y D E V O R L A R
12.1 U m um iy m a ’lu m o tla r
Zaminga yuqori miqdorli tik hamda yotiq yo'nalgan bosim uzatuvchi o‘ta
og'ir inshootlaming mustahkamligini ta’minlash
maqsadida, odatda, ulaming
poydevorlarini yetarlicha yuk ko'tarish qobiliyatiga ega bo'lgan chuqur qatlamlarga
o'matish lozim bo'ladi.
Zamin qa’ridagi chuqur tabiiy qatlamlarga yetib borish uchun ko'pincha
qoziqli poydevorlardan foydalanish imkoniyati bo'lmaydi, chunki bunday hollarda
nihoyatda uzun va og'ir qoziqlar ishlatishga to'g'ri keladi. Uzun va og’ir qoziqlami
hozirgi zamon texnikasi yordamida o'matishga imkoniyat yo'q, yengil va qisqa
qoziqlarga kelsak, ulaming soni rostverkka joylashtirib bo'lmaslik darajada ko'payib
ketadi. Shu bois bunday hollarda maxsus usullar yordamida o'matiluvchi
chuqur
poydevorlardan
foydalanish
maqsadga
muvofiq.
Hozirgi
vaqtda
chuqur
poydevorlarning quyidagi turlari mavjud:
1.Pastlashuvchi quduqlar.
2. Yupqa qobiqlar.
3. Kesson poydevorlari.
O 'z og'irligi ta’sirida pastlashuvchi quduqlar va yupqa qobiqlami o'matish
shartlariga muvofiq kalin qatlamli bo'sh gruntlar qa’rida xarsang toshlar, yirik daraxt
ildizlari, tog' jinslarining katta bo'laklari va h. bo'lmasligi lozim. Aks holatda kesson
poydevorlaridan foydalanish maqsadga muvofiq.
12.2 P a stla s h u v c h i q u d u q la r
Mazkur poydevorlar haqida so’z yuritilganda ichki bo'shlig'idan grunt qazib
olish hisobiga tayanchini yo'qotib o'z og'irligi ta’sirida chuqurlashib boruvchi
quduqlar tushuniladi. Loyihada belgilangan mustahkam grunt qatlamiga yetgach,
grunt qazish ishlari to'xtatilib, quduqning ichki bo'shlig'i beton bilai to'ldiriladi.
Natijada yahlit poydevor hosil bo'ladi (1 2 .1-rasm)
Zaminga o'ta og'ir yuk uzatuvchi
inshootlar
poydevorlarini qurishda, shuningdek,
yirik
ko'priklar tayanchlari ostida
pastlashuvchi
quduqlardan foydalanish qo’l keladi.
Pastlashuvchi
quduqlaming
chuqurligi
deyarli chegaralanmaydi. Hozirgi vaqtda bunday
quduqlaming 70 m chuqurlikkacha o'matilgan
hollari ma’lum.
Pastlashuvchi quduqlar betondan, temii-
betondan va yog'och-betondan ishlanishi mumkin.
Ko'ndalayag qirqimi bo'yicha
ular inshoot ostki
qismi shaklini takrorlab, asosan, aylana, kvadrat,
to'rtburchak, cho'ziq aylana va boshqa shakllarda
loyihalanadi. Quduqning bo'ylama qirqimi esa
12.1-rasm.Pastlashuvchi qiiduq.
a, b. v - quduqning cho’kish
holatlari: 1-quduq devoir;
2- grunt qirqish uchun moslama;
3- beton; 4- temirbeton to’shama
1 6B
chetki devorlari tik, konus, yoki pastlashuv jarayonida grunl bilan ishqalanishni
kamaytirish maqsadida pog’ona shaklli bo’ladi (12.2-rasm).
Quduq devorining ostki
qismi o'tkirlanib, grunt qatlami bo'ylab siljishini osonlashtirish maqsadida unga
qulay shakl beriladi (12.3-rasm).
Beton quduqlar devorining qalinligi, devorlar orasidagi masofaning 1/3 -1/6
qismini tashkil etadi. Temir-beton quduqlarda esa tashqi devoming qalinligi 1,0-1,25
m. ga teng. Yog'och-beton quduqlarda ishlatiladigan yog'ochlaming ko'ndalang
qirqimi 5x5; 8 x 8 s m . n i tashkil etadi.
Pastlashuvchi quduq ichidagi grunt greyfer, yoki ejektor yordamida olib
lashlanadi.
Pastlashuvchi quduq o‘lcham larini aniqlash. Pastlashuvchi quduqlaming
chuqurligi, odatda, geologik qirqim bo’yicha aniqlanadi (12.4- rasm):
12.2-rasm. Quduqning bo’ylama qirqimlari:
a-silindr; b- konus; v- pog’onasimon
12.3-rasm Quduqning
nayzasimon uchi
bunda
N - inshotdan tushayotgan yuk;
G - quduqning og'irligi:
bunda:
H - quduqning chuqurligi;
h - quduqvnng balandligi.
Quduqning ko'ndalang qirqimi quyidagi muvozanat
sharti asosida hisoblanadi:
H = h + 0,5 m,
(12.1)
(12.2)
12.4-rasm. Pastlashuvchi
quduq o ’lchamlarini
hisoblashga oid chizma
G = H.F.y,
bunda
F- quduqniig ko'ndalaig qirqim yuzasi;
(12.3)
у - quduq ashyosining zichligi;
Rs - quduq tag yuzasiga nisbatan gruntning bosimi:
Do'stlaringiz bilan baham: