Izohli-illyustrativ metod; Reproduktiv metod: bilimlami muammoli bayon qilish metodi; qisman izlanish va tadqiq qilish metodi. Og'zaki, ko'rsatmali va amaliy metodlar Og'zaki metodlar - qisqa muddat ichida hajmi bo'yicha eng ko‘p ma’lymotlami berish, 0‘quvchilar oldiga muammolar qo'yish, ularni hal qilish yo'llarini ko'rsatish imkonini beradi.
Bu metodlar o'quvchilaming abstrakt tafakkurlarining rivojlan- ishiga sharoit yaratadi. Tushuntirish.Bilimlami tushuntirish metodining mohiyati shun- dan iboratki, bunda o'qituvchi materialni bayon qiladi, 0‘quvchilar esa uni, ya’ni bilimlami tayyor holda qabul qilib olishadi. Materialning bayoni aniq, tushunarli, qisqa bo'lishi kerak. Boshlang'ich matematika kursining bir qator masalalarini qarashda bilimlaming izchil bayoni zamr. Misollar: 1. ko‘p xonali sonni bir xonali songa yozma bo'lish algoritmi (656:4; 1896:6)... . 1 yoki 0 ga ko'paytirish hollari. Bolalarda ko'paytirish amali haqida larkib topgan bilimlar 1 yoki 0 ga ko'paytirish holini tushunib olishlariga yordam bermaydi. O'qituvchi bilimlami tayyor holda yetkazishi kerak.
0‘qituvchining bilimlami tushuntirish metodidan ma’Iu-motlar to‘g‘rsidagi nazariy materiallar ishlatish bo'yicha yo‘l-yo'riq ber- ishda foydalaniladi. Ko'rsatmali metodlar
O'qitishning ko'rsatmali metodlari - o'quvchilarga kuzatishlar asosida bilimlar olish imkonini beradi. Kuzatish hissiy tafakkuming faol shaklidir, bundan o'qitishda, ayniqsa, boshlang'ich sinflarda keng foydalaniladi Tevarak atrofdagi predmet va hodisalar va ulam- ing turli-tuman modellari (har xil tipdagi ko'rsatma-qo'llanmalar) kuzatish ob’ektlari hisoblanadi. o'qitishning ko'rsatmali metodlarini o‘qitishning og‘zaki metodlaridan ajratib qo‘yib bo'Imaydi. K.o‘rsatma-qo‘llanmalami namoyish qilishni har doim o'qituvchi- ning va o'quvchilaming tushuntirishlari bilan birgalikda olib bori- ladi. O'qituvchining so‘zi bilan ko‘rsatma vositalardan birgalikda foydalanishning 4 ta asosiy shakli aniqlangan: o’qituvchi so'zlar yordamida o'quvchilaming kuzatishlarini boshqaradi;
og'zaki tushuntirishlar ob’ektning bevosita ko‘rin-maydigan tomonlari haqida ma’lumotlar beradi;
Ko'rsatma-qo'llanmalari o'qituvchining og'zaki tushuntirish- larini tasdiqlovchi yoki konkretlashtiruvchi illyustrasiya bo'lib xizmat qiladi;
o'qituvchi o'quvchilar kuzatishlarini umumlashtiradi va umumiy xulosa chiqaradi.