M. E. Jumayev, Z. G'. Tadjiyeva



Download 3,82 Mb.
bet23/63
Sana13.06.2022
Hajmi3,82 Mb.
#665295
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   63
Bog'liq
BOShLANG‘ICh SINFLARDA

Boshlang'ich sinflarda matematika darslar lizimi
O'quvchilar bilan har bir darsda bir necha tushunchalar bilan ish olib boriladi. Har birini shu darsning turli bosqichlarida o'zlashtirishi mumkin. Har bir tushunchani tushunish boshqa bir tu- shunchani takrorlash, esga olish bilan olib borilsa, bu tushuncha esa keyingi tushunchalami tushuntirish uchun xizmat qiladi. O'qitish jarayonida har bir o'quv materiali rivojlantirilgan holda olib boriladi, bu o'quv materiali o'zidan keyin o'qitiladigan mate- riallami tushunish uchun poydevor bo'ladi. Boshqa tushunchaning o'zlashtirilish jarayonini qarasak, u bir necha darslarning o'zaro bog'liqli o'qitilishi natijasida hosil bo'ladi. Shunday qilib mate- matik tushunchalarini hosil qilish birgina darsning o'zida hosil qil- inmasdan, balki o'zaro aloqada boMgan bir qancha darslami o'tish jarayonida hosil qilinadi. Bunday darslami birgalikda darslar tizimi deb ataymiz.
Shuning uchun o'qituvchi mavzuning mazmunini ochadigan darslami mantiqiy ketma-ketlikda joylashtirishi kerak.
Eng katta talab darsning o'quv-tarbiyaviy maqsadini e’tiborga olish, o'qitish tamoyillarining metodik va umumpedagogik to- monlarini hisobga olishdir. Mavzu bo'yicha yaxshi o'ylangan darslar tizimining o‘quv vaqtini mavzuchalarga to‘g‘ri taqsimlashga bog‘liq.
Unda o’quvchilaming mustaqilligini hosil qilish, xususiy misol- lami qarash, xususiy xulosalar chiqarish, undan umumuy xulosalar chiqarishga olib kelish diqqat markazida turishi lozim, Gu bilimlar darslar tizimida hosil qilinih, mustahkamlangandan keyin misol va masalalar yechishni ta’minlashi kerak. Undan keyin mashqlar yor- damida malakalami ‘qayta ishlashi, shuningdek, basil qilingan bilim- lami doimo bir tizimga keltirish va umumlashtirishni ham ta’min- lash kerak.
Dastuming qandaydir mavzusining mazmunini aniqlashda, mavzu materialini dars vaqtlariga taqsimlashda, ya’ni bilimlami o'zlashtirishga quyidagi asosiy bosqichlar qaraladi:

  1. Yangi materialni 0‘qitishga tayyorlash.

  2. Yangi o‘quv materialini idrok qilish va yangi bilimlami hosil qilish.

  3. Gilimlami mustahkamlash va turli xil mashqlar orqali malakalami hosil qilish.

  4. Gilimlami takrorlash, umumlashtirish va bir tizimga keltirish.

  5. Bilim va malakalami tekshirish.

Misol sifatida 1-sinfda «Ikkinchi o'nlikda raqamlash» mavzus- ini o'qitishdagi darslar tizimini qaraymiz. Bu mavzuni o'qitishda:

  1. Og'zaki raqamlash.

  2. Qo'shish va ayirishni qarash orqali yozma raqamlash bosqich- lariga e'tibor berish kerak.

Bu mavzuni o‘qitishda quyidagicha reja tuzish mumkin:
1-dars. 2-o‘nlikdagi sonlami raqamlash, bir xonali sonlami raqamlash va taqqoslash asosida tuziladi, shuning uchun darsning boshqa bir sonlami raqamlash va uning umumiy savollari takrorlan- ishi kerak. Shundan keyin bir va birlik, o‘n va o'nlik, o‘nta narsani bitta birlikka birlashtirish haqida tushuncha.

  1. dars. 2-o'nlikning bar bir sonini ifodalash, uning o'nlik tuzilishi, 20 ichida hisoblash, sonlaming natural ketma-ketligi o'qitiladi. Barcha ishlar ko'rgazma asosida raqamlash qoidalari va tamoyillari asosida bajariladi.

  2. dars. Detsimetr. «Detsimetr va santimetr» uzunlik birliklari va ular orasidagi bog‘lanish bilan tanishtirish raqamlashni o'qitishda yordam beradi, aksincha raqamlash bilimlari bu uzunlik birliklarini yaxshi tushunishga yordam beradi. Shuningdek, sodda va murakkab ismli sonlar haqida tushuncha beriladi.

  3. dars. Og'zaki raqamlash va dastlabki uch darsda hosil qilin- gan bilim va malakalami mustahkamlash.

  4. dars. 2-o‘nlikdagi sonlami yozma raqamlash: sonlami raqam bilan ifodalash usuli va sonlami o‘qish. Bu yerda o'quvchilar diqqatini yangi sonlami raqamlash uchun yangi raqamlar kiritish ta- lab qilinmasligini, balki o'ngdan cbapga qafab o'qisbda birinchi o'rinda birliklami, ikkinchi o'rinda o‘nliklami yozishni kelishib ol- ishni uqtirish kerak. Bu bilan o‘rinlariga qarab raqamlaming qiy- matini o‘zgarishini o‘rgatish mumkin.

  5. dars. 2-o‘nlik sonlarini o'qishi va yozishi uchun mashqlar bajarish. Oldingi darslardan olingan bilimlar mustahkamlanadi. Bu yerda sonlami mustahkamlashga doir mashqlar juda ham foy- dalidir.

Masalan, «to‘g‘ri taqqoslash hosil qilish uchun tanlangan belgini qo’ying: 13... 14, tanlangan sonlami qo'ying: I5>...,11<...,I2<..., (1- o‘nlik, 6 birlik>...,2 o'nlik... 1 o'nlik 2 birlik...)».

  1. dars. Raqamlash bilimlariga asoslangan bolda qo'shish va ay-

irishni bajarish. Agar oldingi darslarda 13+1, 14-1, 10+2, 17-7,
17-10 kabi ifodalaming qiymatlarini og'zaki topgan bo'lsalar, endi bunday misollami yechishni yozma bajarishga erishadilar.
8 va 9-darslar. 2-o‘nlik sonlarini og'zaki va yozma raqamlagan bilimlarini mustahkamlash, umumlashtirish va bir tizimga keltirish

  1. dars. 2-o‘nlik sonlarini raqamlash haqida bilim, malaka va ko'nikmalami tekshirish.

Bunday tizimdagi darslar bir-biri bilan bog'langan, bir g‘oyaga birlashtirilgan, bu darslaming har biri tushunchalami shakllantirish umumuy masalalarining bir qismini hal qilgan bo'Iadi. O'quvchi- larga hosil qilingan bilimlar bu bilimlami mustahkamlashga taalluqli turli xil masalalami bajarishga tatbiq qilinadi.
Matematika о ‘qitishda mustaqil ishlar
Matematika o'qitish jarayonida o'quvchilaming faolligini oshirish va matematikaga bo'lgan qiziqishini rivojlantirish omillari- dan biri - o'quvchilar bilan olib boriladigan mustaqil ishlardir.
Matematika darslarida mustaqil ishlar yangi materialni o‘rganishga tayyorgarlik ko'rishda, yangi tushunchalar bilan tanish- ishda, bilim, uquv va malakalami mustahkamlashda, shuningdek, bilimlami nazorat qilishda amalga oshiriladi.
Mustaqil ishlami shartli ravishda ikki ko'rinishda tashkil qilish mumkin:

  1. Dars jarayonida tashkil qilinadigan mustaqil ishlar. Unga:

  1. darsda yechilgan misol va masalaga o'xshash, shartlari ham bir xil, lekin shartidagi sonlar yoki harflar bilangina farq qitadigan top- shiriqlar mustaqil bajarish uchun beriladi. 2) test yoki yozma ishlar o‘tkazish. 3) o'tilgan mavzular yuzasidan kartochkalarga yozilgan topshiriqlami bajartirish. 4) doskada topshiriqlar bajarish va h.k.

  1. Darsdan tashqari bajaradigan mustaqil ishlar, ya’ni uy ish- lari.

Uy ishlari - o'quvchilaming darsdan tashqari vaqtlarida mustaqil, yakka ishlami tashkil qilish shakllaridan iboratdir.
Uy ishlarini berishda quyidagilami hisobga olish lozim:

  1. uyga berilgan vazifalar o'quvchilaming kuchlari va bilimlariga mos bo'Iishi kerak. U darsda bajarilgan ishlaming boshqacharoq turi bo'lib, uni aksariyat o'quvchilar bajara oladigan bo'lsin. Uy ishlari uchun o'qituvchi doskada ko'rsatma berishi lozim;

  2. uy vazifalarini tizimli ravishda berish kerak;

  3. uy vazifalarining hajmi matematika darsida bajarilgan ish- ning 30-40 % idan oshmasligi lozim;

  4. har qanday uy ishi o'qituvchi tomonidan tekshirilgan bo'Iishi kerak;

  5. uy vazifasining ko'rinishi, baj aril ishi, talablari turli-tuman bo'Iishi lozim;

  6. uy ishini yakka bajartirishga erishish lozim.

Nazorat savollari

  1. O'quvchilami mustaqil ishlari deyilganda nimani tushunasiz?

  2. Mustaqil ishning asosiy turlarini ayting.

  3. Dars va darsdan tashqari mustaqil ishlar qanday tashkil etiladi deyilganda nimalami tushunasiz?

  4. Mustaqil ishlashda ko'rgazmali vositalardan foydalanishni ayting.

O'qitishni tashkil qilish
O'qitish shakli - bu o'quvchilaming o‘quv-bilish faoliyatlarini uni turli sharoitlarda (sinfda, ishlab chiqarishda va hokazo) o‘tkazilishiga muvofiq ravishda o'qituvchi tomonidan tarbiyaviy o'qitish jarayonida foydalaniladigan qilib tashkil etilishidir.
Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitishning tashkiliy shakllari dars, uy vazifalarini mustaqil bajarish, o'quvchilaming yakka tartibda guruh va jamoa bo'lib ishlashlari, ekskursiyalar, sinfdan tashqari ishlardan iborat.
O'quv dasturi DTS asosida tasdiqlagan davlat hujjati bo'lib, un- ing bajarilishi majburiydir. Boshlang'ich sinflar tabiiy-matematik ta’lim davlat standard talablarining o'quvchilar tomonidan bajarilishi ulaming zarur bilimlar, malaka va ko'nikmalami egallashlariga, bilim olishga ijobiy munosabatda bo'lishlarining shakllanishiga yor- dam beradi:

  1. o'quvchilarlami tevarak-atrofdagi tabiiy muhitga moslashti- rish, yangi ijtimoiy maqomdagi o'quvchini shakllantirish;

  2. faoliyatning har xil turlarini: o'quv, mehnat, muloqotni egallash;

v) o'z-o'zini nazorat qilish hamda baholashga reytingini
aniqlashga o'rgatish;
g) muayyan umumiy tabiiy-ilmiy iqtidoming belgilangan dara- jasi va uning keyingi taraqqiyoti tavsifi.
Shunday qilib, boShlang'ich sinflar tabiiy-matematik ta’lim dav­lat standartining o'quv-biluv jarayoniga joriy etilishi o'quv fanlariga doir tabiiy-ilmiy bilim, ko'nikma va malakalamigina emas, balki sljaxsning muayyan asosiy faoliyati majmuasi mehnat, o'quv-biluv, kommunikativ-axloqiy va jismoniy tuzilishiga mos keladigan fazilat- larining shakllanishini ham ta’minlaydi.
Sinf - dars tizimi 300 yildan beri mavjud. Darsda bolalar faqat o'qibgina qolmasdan, balki jamoa bo'lib ishlaydilar, unda muloqatda bo'lish qoidalariga o'rganadilar va har biri alohida o'rganilayotgan narsaga, bir-birlariga, o'qituvchiga o'z munosabatlarini bildiradilar.
Mavzu bo'yicha rejalashtirish asosida 0‘qituvchi har bir darsga ish rejasini tuzadi.
Zamonaviy matematika darslarida ta’limiy, tarbiyaviy va ongni oshirishga oid vazifalar bajariladi.
Daftar, oMchov asboblari va oMchash qoidalari bilan ishlash, doskada va daftarda chizmalar chiza olish uquvi, tez yozish va o'qish ug'uvi, bir-birini va o‘zini o‘zi nazorat qilish malakasini sing- dirish va hokazo.
Bir xonali soniami o'nlikdan o‘tib qo'shish” mavzusini o‘rganishda umumla’lim vazifalaming amalga oshirilishiga oid mi- solni ko'rib chig'aylik.
Shuncha qo'shamiz, keyin qolganini qo‘sbamiz, hisoblayman: 9ga Ini qo‘shsam 10 bo'ladi, yana Ini qo'shaman, 11 bo'ladi.
Doskaga misollar yozilgan:


19+2 39+2
29+2 49+2

19+2

26+7

\

/\

1+1

4+3








0‘qituvchi: “ushbu ifodalarda yuqoridagi usulni qo'llang”, - deb topshiriq beradi.
So‘ngra ushbu misollar taklif etiladi:
109+2 119+2 129+2 139+2 149+2 va hokazo.
0‘qituvchi darsda foydalanadigan usullami ushbu misolda batafsilroq ko'rib chig'amiz.
Mavzu: 68:4 ko'rinishidagi bo'lishni tushuntirish.
Bu jadvaldan tashqari boMish holidir.
Nazariyasi: 68:4 =(40+28):4=40:4+28:4=10+7=17.
Tushuntirish quyidagi usuliarda tahlil qilinib olib boriladi:

  1. dogmatik usul;

  2. evristik usul;

  3. tadqiqot usuli (muammoli usul);

Birgalikda ishlash bilish faoliyatining faollashuviga yordam beradi, o'quvchilarda o‘zaro nazorat qilish va o‘zaro yordam berish sifatlarini shakillantiradi, tarbiyaviy vazifani ado etadi.
Tarbiyaviy vazifalaming hal etilishida darsning ayrim tarbiyaviy o'rinlari emas, balki butun o‘quv jarayoni: ta’lim mazmuni, o‘quv ishi usullari, darsni puxta tashkil etilishi yordam berishini unutmaslik kerak.
Darsning asosiy didaktik maqsadi bo'yicha ajratish asos qilib olinadi:

  1. yangi bilimlarni o'zlashtirish darsi, bularda o'quvchilar yangi tushunchalar, hisoblash usullari, yangi turdagi masalalaming yechilishi, figuralaming yangi xossalari, sonlari bilan tanishadilar:

  1. o‘quv va malakalami o'zlashtirish darsi;

  2. bilimlarni jamlab qo‘llash darsi;

  3. o'tilganlami takrorlash, umumlashtirish va tizimga solish darsi;

  4. bilim, o'quv va malakalami tekshirish, baholash;

  5. aralash dars, bunda bir nccha didaktik maqsadlar bo'lib, uiaming hammasi ham muhimdir.

Har bir matematika darsi o‘z tarkibiy tuzilishiga ega.
Dars qo‘yidagi asosiy qismlardan iborat bo‘lishi mumkin:

Aralash dars rejasini keltiramiz

Vag't



Tarkibiy qism

1-1,5 min

I

Tashkiliy qism. Maqsad: ish vaziyatini
yaratish

7-10 min

11

Uy vazifasini tekshirish: so'rash, didaktik ma­terial bilan frontal ishlash, aralash so'rash

15-20 min

HI

Yangi bilimlar berish, yangi materialni tahlil etish (suhbat, hikoya.ma’ruza, darslik va daf- tar bilan mustaqil ishlash)

5-15 min

IV

Yangi materialni mustahkamlash, ilgari o'tilgan materialni takrorlash, mashqlar, di­daktik o'yinlar elementlari.

5 min

V

Uy vazifasi, uning mohiyati bajarilish uslubi- yoti, amaliyot bilan aloqasi fanlararo alo- qadortigi

2 min

VI

Darsning yakunlanishi






Uy vazifasini tekshirish darsning majburiy bosqichidir.
Yangi bilimlar berish. Darsnig bu bosqichi maktab o'quvchi- larida bilim va o'quv malakalami shakllantirish va rivojlantirish bi­lan bog'liq. Mazkur bosqich ayrim qismlarga ajraladi: a) yangi materialni o'rganishga tayyorgarlik;
b) maqsadni belgilash (muammoli vaziyat yaratish);

  1. yangi materiafni o'rganish;

  2. qoidalar yoki qilinadigan ishlai algoritmini mashq qilish (yod- lash).

Og'zaki sanoqdayoq yangi bilimlami qabul qilishga tayyorlash maqsadida o‘qituvchi shunday savollarni kiritadiki, ularga beriladi- gan javoblar ulami yangi bilimlar bilan bog'lash hamda bilim va uquvlar umumiy tizimiga kiritilishiga yordam bcradi.
Yangi mavzuni, yangi materialni tushuntirishdan oldin aytish mumkin, biroq bu ishni o'quvchilami yangi hisoblash usullari, xos- sasi va hokazo bilan tanishtirilgandan so'ng yakun, tushuntirish xu- losasi sifatida ham amalga oshirish mumkin.
Yangi mavzu so'rash orqali tekshiriladi. So'ngra qisqacha so‘zlash, nazariy bilimlarning chuqurlashuviga ham yordam beradi.
Masalan, 1 sinfda bolaiar “36-2 va 36-20 ko'rinishidagi ay- irish” mavzusida yangi ayirish usuli bilan tanishdilar. Mustahkam- lash uchun ular uyda ushbu misollami echadilar:
69-3 98-6 100-8
69-30 98-60 100-7
Miqdorlami taqqoslash haqidagi ilgari o'rgangan bilimlarini mustahkamlash uchun bunday topshiriqni bajaradilar:
2dm>18sm 1 so‘m > 80 tiyin
6 sm < 2 dm 60 tiyin > 50 tiyin
Amaliyotning ko'rsatishicha, uy vazifasi odatda sinfda bajaril- gan ish hajmining yarmini tashkil yetadi.
Darsni yakunlash. 0‘qituvchi darsni yakunlaydi: “Darsda nima bilan shug'ullandik? Darsda qanday yangi narsani bilib oldik?" O'quvchilar bilan birgalikda yangi qoida takrorlanadi.
0‘quvchilarni jalb qilish. Bahoni birgalikda qo'yish, o‘quv- chining o‘ziga o‘zi beradigan bahosidan foydalanish mumkin. Qo'yilgan baho o'quvchining o'ziga bergan bahosi bilan bir xil boMganda eng yuqori samaraga erishiladi.
Bilimlami bunday baholash usuli dars bo'yicha ball nomi bilan ataladi.
Dars bo'yicha reyting ball yordamida o'quvchini odillik bilan baholash uchun javoblami jadval yordamida hisobga olib borish foy- dalidir:

№№

Ismi va familiyasi

Topshiriq turlari

Og‘zaki
sanoq

Uy vazi- fasi

Suhbat

Mustaqil
ish

1.

Alimov U.

4

5

3

5

2.

Ayupov D.

-

5

-

4

3.

Baratov F.

5

3

5

4






Dars bo'yicha reyting {ball) o'quvchilaming bilim, o'quv va malakalarini har tomonlama tekshirishga imkon beradi, bolalaming butun dars davomida faol ishlashlariga sabab bo'ladi, biroq bunda boshqacha tekshirish usullari ham inkor etilmaydi.

Download 3,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish