264
ko‘rsatmasdan qolmaydi. SHuning uchun ham auditor bu masalalarga jiddiy
yondoshishi kerak.
Sug‘urta zahiralarini shakllantirish bo‘yicha auditorlik tekshiruvini tashkil qilish.
O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga
asosan, qabul qilingan sug‘urta majburiyatlari bajarilishini ta’minlash uchun
sug‘urtalovchilar ham so‘mda, ham chet el valyutasida to‘langan sug‘urta
mukofotlaridan qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda va shartlarda sug‘urta
zaxiralarini
shakllantiradilar
hamda
joylashtiradilar
82
.
Bundan
tashqari,
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2008 yil 15 dekabrda 1882-son bilan
ro‘yxatga olingan Moliya vazirining 2008 yil 20 noyabrdagi 107-son buyrug‘i
bilan tasdiqlangan “Sug‘urtalovchilarning sug‘urta zaxiralari to‘g‘risida”gi Nizom
(
2015 yil 29 oktyabrdagi 94-son
buyrug‘iga
ILOVA Sug‘urtalovchilarning
sug‘urta zahiralari to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va
qo‘shimchalar)
ga muvofiq shakllantiriladi. Nizomga muvofiq, sug‘urtalovchi
buxgalteriya hisobotini tuzishda hisobot sanasiga sug‘urta
faoliyatini amalga
oshirishdan olingan moliyaviy natijalarini aniqlashda sug‘urta zaxiralari hajmini
hisoblaydi. Sug‘urta zaxiralari hisob-kitobi sug‘urtalovchining hisob va hisobot
ma’lumotlariga asoslangan holda amalga oshiriladi.
Sug‘urta tashkilotida mavjud bo‘lgan zahiralar shunchalik ko‘pki, ba’zida
bunday zahiralarni boshqa tashkilotlarda ko‘rmaydi kishi. Ko‘p holatlarda esa,
auditorni shalg‘itishi mumkin bo‘lgan ehtimollikning eng yuqori qismi ham
zahiralarga borib taqaladi. Sug‘urta tashkiloti Nizom
asosida quyidagi texnik
zahiralarni shakllantirish shart:
a) ishlab topilmagan mukofot zahirasi (umumiy sug‘urta (qayta sug‘urta
qilish) bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishda);
b) mukofotlar zahirasi (hayotni sug‘urta qilish bo‘yicha faoliyatni amalga
oshirishda);
v) keyingi yillarda transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini
majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta to‘lovlarini amalga oshirish
82
O’zbekiston Respublikasining “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi Qonuni 2002-yil, 21-modda
265
xarajatlarini qoplash uchun mo‘ljallangan transport vositalari egalarining
fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha
barqarorlashtirish
zahirasi (FJMS BZ) (transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini
majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishda);
g) sug‘urta hodisasining yuz berishi bilan kelib chiquvchi hamda
sug‘urta shartnomasi shartlari bo‘yicha qoplanishi lozim bo‘lgan zarar (ziyon)
hajmiga muvofiq holda aniqlanadigan va quyidagilardan tarkib topgan zararlar
zahirasi:
1. xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zahirasi (XZZ);
2. sodir bo‘lgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zahirasi (SXZZ).
Sug‘urtalovchi Davsug‘urtanazorat bilan kelishilgan holda qo‘shimcha
ravishda: ogohlantirish chora-tadbirlari zahirasini (OCHZ); falokatlar zahirasini
(FZ); zararlilikning tebranishi zahirasini (ZTZ);
aktivlarning nomuvofiqligi
zahirasini (ANZ); sug‘urta faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan
boshqa turdagi sug‘urta zahiralarini tashkil etishi mumkin
83
. Nizomga asosan
sug‘urta zahiralari ikkita usulda hisoblanadi: "pro rata temporis" yoki "1/24"
usuli.
Do'stlaringiz bilan baham: