268
kishidan yoki bir necha qasamyod qilgan buxgalterlardan iborat (bunday firmalar
90-95%). Xususiy firmalardan tortib, to transmilliy korporatsiyalar hisoblangan va
xalqaro audit amaliyotida hal qiluvchi rol o‘ynaydigan,
yirik auditorlik firmalari
ham mavjud. G‘arbdagi yirik korporatsiyalar tomonidan auditorlik xizmati
bozorida hukmronlik o‘rnatilishi va o‘tgan XX asrda kapitalning
baynalminallashishi ham auditorlik firmalarining rolini yanada oshirdi. Birinchi
transmilliy
auditorlik korporatsiyalari, monopolistlar vujudga keldi va kuchli
mavqega ega bo‘ldilar (asosan, ikkinchi jahon urushidan keyin). Bunga misol
«katta sakkizlik» bo‘lib, u keyinchalik tegishli o‘zgarish (transformatsiya)lardan
so‘ng, avval «oltilik»ka aylangan va 1998 yildan boshlab esa «katta beshlik» deb
atalmoqda. Ko‘plab mamlakatlarning obro‘li professional va ishchan nashrlari
vaqti-vaqti bilan etakchi auditorlik-konsultatsion firmalarning (milliy
hamda
transmilliy) ro‘yxatini e’lon qilib turadilar. Ushbu ro‘yxatlarning ko‘pchiligi
ularning faoliyati to‘g‘risidagi har xil statistik ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Bu
ma’lumotlar vaqti-vaqti bilan yangilanib turiladi.
SHunday qilib, auditorlik faoliyatining rivojlanishi yirik transmilliy
firmalarning vujudga kelishiga olib keldi. Bunday auditorlik firmalari ichida eng
yiriklari quyidagilar:
«Prais Uoterxaus Ko‘pers (Price Waterhous Coopers) – Angliya-Amerika
«Deloit va Tush» (Deloitte and Touch) – Amerika–YAponiya
“Ernst va YAng” (Ernst and Young) – SHotlandiya
“KPMG” (KPMG), shu jumladan Peat Marwick, VDO va boshqalar.
Ular haqiqatan ham butun dunyoda obro‘ qozongan monopolistlar bo‘lib,
sanab o‘tilgan to‘rtta firma jamlangan holda – xalqaro auditorlik-konsultatsion
biznesning tan olingan va tajribali lideri hisoblanadi.
Milliy an’analar, shuningdek auditorlar jamoat tashkilotlari
ham auditorlik
faoliyatining barpo bo‘lishi va rivojlanishida juda katta rol o‘ynaydi. Masalan,
Amerikadagi kasamyod qilgan buxgalterlar instituti – AQBI (American Institute of
Certified Public Accountants – AICPA) AQSHda auditorlik faoliyatining
rivojlanishiga ulkan ta’sir ko‘rsatgan. Unga quyidagi majburiyatlar yuklangan:
269
-qasamyod qilgan buxgalterlar uchun professional talablarni belgilash;
-buxgalteriya hisobi va audit bilan bog‘liq mavzularda tadqiqotlar o‘tkazish
va asarlar chop qilish;
-ma’muriyat uchun maslahat xizmatlari;
-soliqqa tortish sohasidagi maslahat xizmatlari va boshqalar.
Auditorlik faoliyatining rivojlanishiga ko‘plab boshqa muassasalar,
assotsiatsiyalar va institutlar ham ta’sir ko‘rsatgan. Ulardan har biri ma’lum
vazifalarni bajarish uchun yaratilgan bo‘lib, ularda auditorlik faoliyatiga juda ham
xilma-xil yondoshuvlar mavjud.
SHubhasiz, eng muhimlaridan biri qimmatli
qog‘ozlar va birja operatsiyalari bo‘yicha komissiya - QQBOK (Securbties and
Exchange Comission – SEC) bo‘lib, u moliya bozorining rivojlanishi uchun mas’ul
hisoblanadi.
Bulardan tashqari, AQSHda markaziy hisob boshqarmasi (yoki umumiy
buxgalteriya hisoboti boshqarmasi) – MHB (General Accounting Office - GAO)
ham mavjud. Bu federal hukumat qonunchilik shahobchasining
idoradan tashqari
xizmati bo‘lib hisoblanadi. O‘zbekistonda bu borada hisob palatasi tashkil etilgan.
GAO faqat AQSH Kongressi oldidagina mas’ul hisoblanadi. Unga bosh nazoratchi
rahbarlik qilib, u Kongress oldida hisobot beradi. GAO auditor xodimlarining
asosiy majburiyati – aynan Kongress uchun auditorlarni tasdiqlash funksiyasini
bajarishdir.
Umuman olganda, sug’urta tashkilotlarini auditorlik tekshiruvidan o’tkazish
jarayoni murakkab bo’lishiga qaramasdan, jarayonlarning tashkil qilinishi to’g’ri
yo’lga qo’yilsa sug’urta tashkiloti uchun ham, auditor va boshqa foydalanuvchilar
uchun ham maqsadli bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: