258
joylashtirilishi va sug‘urta to‘lovlarini vaqtida to‘lanishi ustidan nazorat
o‘rnatilishi bevosita sug‘urta turlari buyicha zararlilik darajasini kamaytirish bilan
birgalikda asossiz sug‘urta tovonlarini to‘lanishini va tashki tekshiruvlar davrida
ko‘llanilishi mumkin bo‘lgan turli jarima va ko‘ngilsizliklarni oldini oladi.
Yo‘nalishning birinchi bo‘limiga to‘xtalib o‘tamiz: Sug‘urta
mukofotlari
miqdorini shakllantirish bo’yicha
I.V.Shaposhnikova sug‘urta
mukofotiga
quyidagicha ta’rif beradi. Sug‘urta mukofoti mijozning sug‘urta shartnomasi yoki
qonunga muvofiq kompaniyaga to‘lovi hisoblanadi. Sug‘urta mukofoti bo‘lib
to‘lanishi ham mumkin, quyidagi formula orqali hisoblanadi
77
.
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, sug‘urta kompaniyasining moliyaviy
richagi sifatida yig‘ilgan sug‘urta mukofotlari bo‘lib hizmat qiladi. Zotan, sug‘urta
kompaniyalari potensial mijozlardan yig‘ilgan sug‘urta mukofotlari hisobiga
o‘zining samaradorlik ko‘rsatkichlarini ta’minlab, mijozlarga ishonchli
hizmatlarini ko‘rsatishadi. Sug‘urta mukofotlari mijoz tomonidan yaxlit yoki badal
ko‘rinishida bo‘lib-bo‘lib ham to‘lanishi mumkin. Sug‘urta mukofotlarini audit
qilish vazifalari quyidagilardan iborat: sug‘urta mukofotlarini sug‘urta
tashkilotining daromadlari tarkibida
aks ettirishning qonuniyligini, ularning
to‘liqligi va hisobga olinishini to‘g‘riligi, shuningdek ularni buxgalteriya
hisobotida asosli va o‘z vaqtida aks ettirilishini tekshirish
78
.
Sug‘urta tashkilotlari auditining ahamiyati va o‘ziga xosligi, xususan, uning
asosiy va muhim yo‘nalish sifatida tanlanishidan maqsad, hozirgi kunda auditorlar
tomonidan sug‘urta mukofoti va qoplamasiga muhim bo‘lishiga
qaramasdan,
bizning fikrimizcha, auditorlar ushbu sohada mavjud muammolarga etarlicha
e’tibor bermayaptilar. Bugungi kunda sug‘urta
mukofotlari, zaxiralar va to‘lovlarni
tekshirishning aniq usuli yo‘q. Bunday xulosaga kelishimizdan maqsad, ko‘pgina
77
И.В. Шапошникова «Бухгалтерский учет, анализ и аудит» Учебное пособие. Саратов, 2013.–180 с, 44-бет
78
Никулина Н.Н. Аудит страховых премий (взносов) по прямому страхованию и сострахованию //Страховые
организации: бухгалтерский учет и налогообложение. -2011. -№ 2.
259
iqtisodiy olimlar shu qarorga kelishgan, va bu fikrni biz ham qo‘llab-quvvatlaymiz,
sababi izlanishlarimiz natijasida sug‘urta mukofotlari, sug‘urta to‘lovlar va
zahiralari bo‘yicha audit o‘tkazishning metodologiyasiga duch kelmadik. Faqat
umumiy holatda sug‘urta mukofotini auditorolik tekshiruvidan o‘tkazish tartibi
aytib o‘tilgan.
Sug‘urta mukofotlarini hisoblash bo‘yicha va imzolangan shartnomalar orqali
auditorlik tekshiruvini o‘tkazish bu sug‘urta kompaniyasi bo‘linmalari uchun ham
qiyinchilik tug‘diradi shunday ekan yana barcha muammolar sug‘urta mukofoti
bilan yuz beraveradi. Buning oldini olish maqsadida esa, sug‘urta mukofotlari
qaysi sug‘urta turlari bo‘yicha ko‘p shartnoma tuzilayotganiga ahamiyat qaratib,
tanlab tekshirishga alohida urg‘u berish kerak. Bundan tashqari, sug‘urta
mukofotlari va to‘lovlari bo‘yicha alohida hisob yuritishni tavsiya etamiz,
yuritilgan hisob orqali sug‘urta mahsulotlaridan tushadigan har qanday mukofot
va qoplamaga yo‘naltirilgan to‘lov aniq qaerga yo‘naltirilganligi ko‘rinib turadi.
Oxirida esa, aktiv va
passiv qilib hisoblab chiqilsa, qancha qoldiq qolgani aniq
ko‘rinib turadi.
Shuningdek, sug‘urta mukofotlarining buxgalteriyada aks ettirilishi holatini
tekshirishda auditor birinchi o‘rinda e’tibor qaratishi lozim bo‘lgani bu shartnoma
shartlari va unda nazarda tutiluvchi imtiyozlar yoki cheklovlar, ya’ni biz
bilamizki, bizning qonunchiligimizga ko‘ra, urush faxriylariga,
guruh
nogironlariga yoki sug‘urta kompaniyasining doimiy mijozlariga nisbatan
siylovlar qo‘llaniladi. Albatta, siylovlarning bo‘lgani yaxshuyu, lekin auditorlik
tekshiruvi jarayonida auditor diqqatini chalg‘itishi mumkin.
Sug‘urta mukofotini tekshirish jarayonida yana bir yuzaga keladigan holatni
ham aytib o‘tishimiz lozim. Ya’ni, sug‘urta mukofoti sug‘urta kompaniyasining
hisobiga kelib tushgandan so‘ng, mablag‘larni bir qancha yo‘nalishlarga bo‘lib
tashlanadi,
masalan vositachilik haqi, zahiralarga ajratmalar, netto yoki brutto
mukofotlar. Bizga ma’lumki ular bo‘yicha me’yor deyarli belgilab
qo‘yilmagan,masalan, vositachilik haqi 25-30%gacha deyiladi, shu o‘rinda yana
auditorni chalg‘ituvchi holat davom etadi. Bu holatni ham hisobga olib, sug‘urta
260
kompaniyasining tarmoq tuzilmasidan kelib chiqqan holda vositachilik to‘lovlarini
aniq belgilab qo‘yishlarini maslahat beramiz.
Auditor sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan mukofot summasini hisobda aks
ettirilgan summa bilan taqqoslaydi. Sug‘urta mukofotlarini o‘z
vaqtida aks
ettirilishini baholash sug‘urtalovchi tomonidan qo‘llaniladigan hisob siyosatida
mustahkamlangan hisob tartibini taqqoslash asosida tuziladi. Biz ilmiy
tatqiqotlarimiz natijasida sug‘urta mukofotini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish
metodologiyasi bo‘yicha auditor dasturini quyidagi jadvalda keltirib o‘tganmiz:
Do'stlaringiz bilan baham: