Hindistonda Moliyaviy mablag’lar ustidan Qonuniy Nazorat organi tomonidan olib boriladi.
Hindistonda qonuniy nazorat instrumentlari bo’lib.
Budjetni tasdiqlash orqali nazorat qilish
Audit orqali nazorat qilish
Parlament qo’mitalari orqali nazorat qilish
Demokratiya amal qiladigan mamlakatlarda qonun chiqaruvchi hokimiyat soliqlarni to’plashda hukumatga huquq beradigan qonuniy vakil hisoblanadi.
Bizga ma'lumki, moliyaviy nazoratning dastlabki, joriy va so'nggi nazorat kabi shakllari mavjud. Budjet nazoratini tashkil etish jarayoni ham nazoratning ana shu shakllari orqali amalga oshiriladi.
Dastlabki moliyaviy nazoratturli darajadagi budjetlar loyhalarini tuzish, ko'rib chiqish, tasdiqlash; daromad va xarajatlar smetasi, budjet bilan bog'1iq qonun loyihalarini ishlab chiqish va qabul qilish jarayonida amalga oshiriladigan nazorat shaklidir. U moddiy va moliyaviy resurslarni noratsional ishlatilishining oldini olishga xizmat qiladi. Dastlabki nazorat chog'ida qo’shimcha mablag'larni jalb qilish imkoniyatlari, ko'zda tutilgan xarajatlarning asoslanmaganligi
4Makarand A.Paithankar. Public Budgeting theory and practice, CreateSpace USA, 2 01 6 . p . 2 5
aniqlanishi mumkin. Nazoratning bu shakli xo’jalik operatsiyalarining budjet yilining boshlanishidan oldinoq qonunlar va me'yoriy xujjatlar talablari buzilishining oldini oladi. Masalan, moliya organlari har budjet yilining birinchi choragida barcha budjet tashkilotlarining xarajatlar smetalarining to’g’ri tuzilishi, tasdiqlanishi va o'z vaqtida molyalashtiruvchi organga etkazilishi ustidan dastlabki nazoratni o'tkazadilar 1. Umuman, amaldagi qonunchilikka asosan, budjet mablag'larini ishlatish yuzasidan olib boriladigan operatsiyalar ustidan dastlabki va joriy nazorat bugungi kunda O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, uning joylardagi hududiy bo’linmalari, Moliya vazirligi G'aznachiligi (davlat budjetining g'azna ijrosini amalga oshirish chog'ida) organlariga yuklatilgan.
Joriy budjet nazoratioperatsiyalarni amalga oshirish chog'ida, ssudalar va budjet subsidiyalarini ajratish paytida, ajratilayotgan moliyaviy mab1ag'larning rejaviy ko’rsatkichlarga muvofiqligini aniqlashda amalga oshiriladi. Nazoratning bu shakli moliyalashtiruvchi organlar tomonidan ajratilgan va sarflanayotgan mablag'larning o'zlashtirib olinishini, su’iste’mol qilish holatlarining oldini oladi, moliyaviy intizomga rioya qilishni, pullik hisob-kitoblarning o'z vaqtida amalga oshirilishini ta'minlaydi. Bunda buxgalteriya hizmatlari faoliyati alohida ahamiyatga ega. Yaxshi yo'1ga qo’yilgan joriy nazorat budjet resurslarini iqtisod qilish imkonini beradi.
So'nggi nazorathisobot davri va budjet yili tugagandan so'ng amalga oshiriladi. So’nggi nazorat hisobot yilida budjet mablag'larining ishlatilishi, rejaviy ko’rsatkichlarning bajarilishi, xarajatlar smetasining bajarilishi, budjet limitlari va normativlariga rioya qilinganligi, buxgalteriya hisobi va yakuniy moliyaviy natijalarni tahlil va taftish qilish asosida o'tkazi1adi. Ko'p hollarda so'nggi nazorat natijalari keyingi moliyaviy davr uchun dastlabki nazoratga zamin yaratadi.
Davlat moliyaviy nazorati taftish, tekshirish (shu jumladan budjet to’g’risidagi qonun hujjatlarining avvalgi taftishda yoki tekshirishda aniqlangan buzilishi hollarini bartaraf etish yuzasidan nazorat tartibidagi tekshirish) va o’rganish shaklida amalga oshiriladi.
Davlat moliyaviy nazoratining turlari quyidagi
dastlabki nazorat — moliyaviy operatsiyalar bajarilguniga qadar g'aznachilik bo’linmalari va moliya organlari tomonidan amalga oshiriladigan;
joriy nazorat — moliyaviy operatsiyalar bajarilishi jarayonida g'aznachilik bo'linmalari, moliya organlari va davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladigan;
yakuniy nazorat — moliyaviy operatsiyalar bajarilganidan so’ng davlat moliyaviy nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladigan nazoratlardir.
Davlat moliyaviy nazoratining usullari quyidagilardir : hujjatlarni tekshirish hajmiga qarab:
yoppasiga nazorat — tekshirilayotgan davr uchun barcha buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlari va boshqa hujjatlarni nazorat qilish;
tanlov asosidagi nazorat — muayyan davr uchun buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlari va boshqa hujjatlarning ayrim qismlarini nazorat qilish;
nazoratning maqsadga yo’naltirilganligi va predmetiga qarab:
kompleks nazorat — moliyaviy nazorat ob'ektining muayyan davr uchun moliyaviy-xo’jalik faoliyatining barcha yo'nalishlarini nazorat qilish;
mavzuli nazorat — moliyaviy nazorat ob'ektining muayyan davr uchun ayrim masalalar bo'yicha faoliyatini nazorat qilish;
muqobil nazorat — operatsiyalar yagonaligi bilan o'zaro bog'liq bo’lgan va turli moliyaviy nazorat ob’ektlarida turgan hujjatlarni solishtirishni o'z ichiga olgan tekshirish.
Shtatning shaharlar ustidan boshqaruvi chegaralanmagan. 1996 yil Dekabrida Florida Shtati Mayami shahri budjeti va moliyasi ustidan 5 yillik Shtat Nazorati Doskasini tuzdi chunki shahar o'z budjet tizimini boshqara olmadi. Undan tashqari shahar bir necha siyosiy muamolarga duch keldi masalam hokimni saylash, hokim o'z joyini egallagandan keyin ham bir necha oy davomida muammolarga duch keldi. 2002 yilda shahar odatiy moliyaviy asosni qo’yishda hato qilib $32 millionlik obligatsiyalarni qaytadan sotuvga qo’yib ular ustidan foyda olish maqsadida sotishga erishdi. Ular oldin katta foydaga sotilgandi.
2011 yilda Pensilvaniyadagi Garrisburg shahri kerak bo'lmagan chiqindilarni yoq qiluvchi apparatlarini sotib olish uchun 65 million ishlatib o'zi bankrot bo'lganini e’1on qildi. Shtat hokimiyati shahar oldingi ishlarini davom ettirishi uchun uning nazoratini qo'lga oldi. Alabamadagi Jefferson okurugi 2011 yilda amerika tarixidagi eng katta kasodga uchragan shahar sifatida shubhali farqlarni o’shirib yubordi. Muammoda $3 milliard ega bo’lgan majburiy qarzlarni to'lashda omadsizlikka duch kelindi. Detroyid ham 2011 yilda shtatning qaramo’gida qoldi. Michigan shaharning moliyaviy va hizmatlar nazoratini amalga oshirish va boshqarish uchun uning boshqaruvini qo’lga oldi.
15
Do'stlaringiz bilan baham: |