M. A. Yusupova San’atshunoslik iti direktori, Arxitektura doktori



Download 6,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/102
Sana07.07.2022
Hajmi6,07 Mb.
#753657
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   102
Bog'liq
ME\'MORCHILIK ASOSLARI

te x n ik
xususiyatlari va badiiy jihatlari bilan temuriylarnikidan yuqori emas. 
Mozaika ranglarida yashil va sariq ranglar ustunlik qilib, qandaydir 
jarangdorlik olib kiradi. Ayrim namoyonlarda ranglar uncha uyg'unlashma- 
gan. Sherdor madrasasining asosiy peshtoqida original mozaika xususiyat- 
laridan b o ‘lgan, ohularga tashlanayotgan Sher tasvirlangan. Sherlar ortida 
zar yuzli odam quyosh siymosi nurlarini taratmoqda.
Tilla-kori madrasasi bir vaqtning o ‘ zida jo m ’ e masjidi sifatida ham 
xizmat qilgan. Tarzi Buxoro m e’ morchiligi an’ analarida yechilgan, ya’ ni, 
peshtoqdan ikki tomonda joylashgan ikki qavatli nayzasimon ravoqlar bilan 
bezalgan. Bu uslub Samarqand m e’ morchiligiga singdirilgan boisada, lekin 
majmuaning yaxlitligi va ulugiigini hech ham buzmagan, aksincha hozirgi 
kunda jahon m e’ moriy yodgorligi hisoblanadi (113-rasmga qarang).
X V II—XVIII asrlar mobaynida asta-sekin 0 ‘ rta Osiyoning iqtisodiy va 
siyosiy kuchsizlanishi kuzatilmoqda. Qurilish ishlari davom etmoqda, lekin 
u o'tgan davr m e’ morchiligini ifodalovchi yuqori badiiy va texnik sifatini 
bir hisobdan y o ‘qotib bormoqda.
X V I II—X IX asr O ‘ zbekiston badiiy-m e’ m orchilik maktablari
X V III—X IX asrlarda iqtisodiy talofot va o'zaro urushlar natijasida ulkan 
bir davlat alohida mustaqil uchta xonlikka, ya’ni Buxoro, Xiva va Q o ‘ qon 
xonliklariga b o ‘ linib ketdi. Bu esa yangi davlatlaming o ‘ziga xos m e’ moriy- 
badiiy maktablarining shakllanishiga olib keldi. Har bir davlat ichida o'zining 
an’ analari, urf-odatlari, hunarmandchilik, san’ at rivojlanib borgan. Shu 
o ‘ rinda an’ anaviy m e’ morchilik turlari, hajmiy tarxlari, qiyofalari, kons­
truksiyalari ham o'zgarib bordi.
Har bir shahar o ‘ zining qiyofasiga e£a bo'lganliklari singari, ular o ‘ziga 
xos, bir-biridan farqli, beqiyos m e’ moriy obidalarga ega. Ular saroy, 
madrasa, maschitlar, karvonsaroylar va an’ anaviy turar-joy m e’ morchiligi 
bilan ajralib turadi. Tarx jihatidan saroy qurilishi yakka tizimni o ‘ z ichiga 
olgan. Farqli tomonini faqat binolarning tarz qismlarida va badiiy bezagida 
ko'rish mumkin. Madrasa, karvon-saroy qurilishida asosiy tarx qismlari 
o ‘ sha imoratning qanday funksiyaga qaratilganligi: jam oa va turar-joy 
xonalari uchun mo'ljallanganligi hisobga olinadi. Bunday inshootlar o ‘zining 
muhim ahamiyat kasb etganliklari bois, shaharning jamoa gavjum joylarida, 
ya’ni markazlarida o'rnatilar edi. Saroylar, madrasalar, karvon-saroylari 
ulkan mahobatli imoratlar katta ahamiyatga ega bo'lganliklari uchun 
ularning tarzlari alohida bezatilar edi. Asosiy m e’ moriy qismlardan 
hisoblangan imoratning tarzi — 
peshtoq 
hisoblangan. U atrofida minoralar 
bilan mahobatliligini bundanda yuksaltirgan. Peshtoq mahobatli inshoot- 
ning cheksiz rang-barang ijodiy jarayonga asos hisoblangan. M e’moriy 
obidalarning bezaklari mustaqil, mahalliy, kompozitsion yechimga, naqsh- 
larning tuzilishiga, ranglar jilolarining o ‘ziga xosligi bilan ajrala boshlagan,
155


115-rasm.
Xiva, Ichan-qal’ a 
qo'riqxonasi.
o ‘ ziga yarasha tusga ega b o ‘la bosh- 
lagan. Ularning har birini alohida 
k o ‘ rib chiqamiz.
Xiva maktabi. Xiva shahri 2500 
yillik tarixga ega qadimgi shaharlar- 
dan biri hisoblanadi. Xiva shahri 
hududiga «Ichan-qaPa» shahristoni 
joylashgan b o ‘lib (115-rasm), uning 
asosiy ko‘ chalaridan shahar tashqi 
darvozalari orqali «D ishan-qal’ a» 
rabotiga chiqiladi. XVIII asr oxiri —
X IX asr boshlarida Xiva xonligi poy- 
taxti — faqat Xiva m e’morchiligi- 
dagina qandaydir ko‘tarinkilik sezilib 
turibdi. Shaharni ko‘pgina madrasa- 
lar, masjidlar va minoralar bezab 
turibdi (116-rasm ). X on saroylari 
m a’lum qiziqish uyg'otadi, ayniqsa 
T osh -h ovli (1832— 1841-yil) xalq m e’ m orchiligi bilan chambarchas 
b o g ‘liqligi tomoshabinni jalb etadi. Saroy bir necha ayvonli hovlilarga ega 
bo'lib, o ‘ziga xos ajoyib bezalgan jimjimador mayolika va betakror yog‘ och 
ustunlar, naqshinkor shiftni tirab turibdi (117-rasm). Ichan qa’ la o'zining 
rivojlanishi jarayonida Xiva maktabi o ‘ ziga xos m e’ m oriy-badiiy bezak 
turlari: mayolika-koshinkorlik bilan bezatilgan. Mayolika uchun zamin oq 
loydan tayyorlanadi. Bunday loy faqat Xorazmda ishlatilgan. Shu bilan 
birga mayolika oq va ultramarin, feruza rangli glazurda bajariladi. Asos 
sifatida ishlatilgan oq loy o ‘ziga xos gammaga ega, bu faqat Xorazm makta- 
biga xos. Naqshlarning kompozitsion yechimi o'zgacha. X orazm
n a q s h l a r i 
uslubiylashtirilgan — o ‘simliksimon, bir-biri bilan chambarchas 
b o g i a n i b ,
chirmashib ketgan naqshlarni tashkil etadi.
Y og ‘ och o ‘ymakorligi: eshik va darvozalar bezagi ikki hamda uch ta- 
baqali o ‘yma pardoz bilan bezatilgan. 
0
‘ simliksimon bezaklari turunj

Download 6,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish