109-masala.
26 yoshli bemor bo‘limda sepsis, teri osti abssessi, septik endokardit,
O‘pkaning sepsisli yallig‘lanishi tashxisi bilan davolanyapti. Kuniga 3 g kefzol va ampitsillin
bilan davolanmoqda. Qilingan davolash choralariga qaramasdan
hansirashi kuchaygan, terida
gemorragik toshmalar paydo bo‘lib, ajralayotgan siydik miqdori keskin kamaya boshlagan. Qon
analizi: Nb—90 g/l, L—14x109/l, formulasi miyelotsitlargacha siljigan, trombotsitlar —
80X109/l, kreatinin—0,6 mmol/l, kaliy — 5,2 mmol/l, fibrinogen — 2 g/l, etalonli testi ijobiy.
1. Nima sababdan kilingan davo foyda bermayapti?
2. Davolashga qanday o‘zgartish kiritish kerak?
a) kefzol dozasini ko‘paytirish kerak;
b) kefzolni gentamitsinga almashtirish kerak;
v) geparin bilan yangi muzdan tushirilgan
qon zardobini quyish kerak;
g) kon kuyish kerak;
d) antistafilokokkli gamma-globulin yuborish kerak.
110-masala.
25 yoshli ayol kriminal bola tushirishdai keyin bachadonidan qon ketishi
to‘xtamaganligi uchuy kasalxonaga keltirilgan. Kasalxonada 1 litrga
yaqin konservlangan qon
(chunki gemoglabini 70 g/l kamaygan edi) va qon zardobi o‘rnini bosuvchi (gemodez, dekstran,
tuzli suyuqliklar) suyukliklardan 1,5 litr quyilgan. Qo‘llanilgan chora-tadbirlar va antibiotiklar
berilishiga qaramasdan bemorning axvoli yaxshilanmagan; hansirashi kuchaygan,
hushi
xiralashib, kunlik ajralayotgan siydik miqdori 100 ml gacha kamaygan, gemorragik belgilar
(terida ko‘karishlar, kofe rangida qayt qilish) paydo bo‘lgan. Obyektiv
tekshirilganda yuzi
ko‘kargan, nafas olishi minutiga 30 marta, yurak qisqarishlari soni minutiga 120 marta, A/B—
110/60. Nb—80g/l, L—12,bX109/l, formulasi miyelotsitlargacha siljigan, trombotsitlar
60X109/l, fibrinogen — 1,5 g/l, etalonli test
sal ijobiy, antitrombin III— 60%.
1. Quyidagi tashxisning qaysi biri qo‘yilsa to‘g‘ri bo‘ladi?
a) klinik-laboratoriya kurinishi ko‘p qon yo‘qotganlikni ko‘rsatadi va bir xildagi
o‘rnini bosuvchi dorilar berilmagan;
b) leykoz yo‘qligini aniqlash uchun to‘liq
tekshirish kerak;
v) xansirash ko‘p suyuqlik kuyilgandan bo‘lishi mumkin;
g) fibrinogen, trombotsitlar va antitrombin III hamda klinik kurinishi
disseminatsiyalashgan qon tomirlardagi qon ivishining boshlanishiga uxshaydi;
d) etalonli testning sal ijobiy bo‘lishi disseminatsiyalashgan qon tomirlardagi qon
ivishiga o‘xshamaydi.
2. Bemorni davolayotganda qanday xatolikka yo‘l qo‘yilgan?
3. Bu kasallikda kanday davolash usulini qo‘llash kerak?
111-masala.
26 yoshli bemorni gemorragik pankreatit
borligi tufayli operatsiya
qilingandan 2 kun keyin kofe rangida kayt kilgan, burnidan kon ketgan, operasiya kilgan joydan
qon chiqib, terida ko‘karish paydo bo‘lgan, inyeksiya kilingan joydan ham kon chikqan. A/B—
90/60 ga teng. Gemoglabin miqdori 110 g/l dan 90 g/l gacha kamaygan, trombotsitlar 70X109/l,
trombositlar agregatsiyasi kamaygan, fibrinogen — 4 g/l (operatsiyagacha 8 g/l bo‘lgan) etalonli
test manfiy.
1. Bemorning axvoli yomonlashishiga nima sabab bo‘lgan?
2. Qanday davolash usulini to‘g‘ri deb bilasiz?
a) yo‘qotilgan qon o‘rnini qon quyish bilan to‘lg‘azish kerak;
b) yangi muzdan tushirilgan qon zardobini quyish davolashning asosiy qismi
hisoblanadi;
v) bemorga antiproteaz berish kerak;
g) bu kasallikda geparin quyish mumkin emas;
d) plazmoforez qilish ahvolni yaxshilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: