115-masala.
33 yoshli D. ning bir necha kundan beri nsitmasi 38°S ga ko‘tarilib, o‘ng
qovurg‘asi ostida,
panjalari, mayda bo‘g‘imlarida og‘riq bo‘lganligi uchun «qon sistemasi
kasalligi» tashxisi qo‘yilib klinikaga keltirilgan. Penitsillin
va sulfanilamidlar bilan
davolanganda foydasi bo‘lmagan. Jigari kattalashganini bir necha yil oldin bilgan,
vaqti-vaqti
bilan terisi va shilliq kavatlarida sarg‘ayish kuzatilgan. Bir necha yil oldin Birusli gepatit bilan
og‘rigan. Obyektiv tekshirilganda terisi sarg‘aygan, terisida qon tomir yulduzchalari bor. Jigari
ozroq kattalashgan (qovurg‘a ostidan 3 sm chiqib turadi), talog‘ining chekkasi qo‘lga unnaydi.
O‘pka eshitib ko‘rilganda o‘ng tomonda nafas susayganligi aniqlanadi. Berilgan ko‘chirma
qog‘ozda qon analizi quyidagicha: Nb—85 g/l, L— 1,2X109/l, P—23, S—53, L—15, M—8,
plazmatik hujayralar — 1 %, retikulotsitlar — 302, trombotsitlar — 90X 10
9
/l, bilirubin — 48
mmol/l, ALT—300 TB, ACT—360 TB.
1. Bemorda qanday kasallik bor desak to‘gri bo‘ladi?
2. Quyida ko‘rsatilgan tekshirish usullarining kay biri qo‘llansa to‘g‘ri bo‘ladi?
a) suyak ko‘migini tekshirish zarur;
b) jigarni punksiyali biopsiya qilish lozim;
v) qondagi LE hujayralarini aniqlash zarur;
g) konni
bakteriologik tekshirish kerak;
d) plevra suyuqlig‘ini tekshirish zarur.
116-masala.
45 yoshli R. o‘ng qovurgasi ostidagi og‘riqdan, qorni dam bo‘layotgani,
bo‘shashib, ozib ketayotganligidan shikoyat qilib vrachga murojaat qilgan. Bir oy ilgari
surunkali gepatit kasalligi tufayli kasalxonada davolanib chiqqan.
Kasalxonadan berilgan
ko‘chirma kog‘ozda jigarning 2 sm kattalashgani ko‘rsatilgan. Tekshirish paytida jigarning 10
sm kattalashgani (gepatomegaliya) va chekkasi notekisligi aniqlangan.
Boshqa a’zolarida kasallik yo‘q. ECHT—50 mm/soat.
1. Birinchi o‘rinda qanday kasallik haqida o‘ylash mumkin?
2. Qanaqa tekshirish usullarini qo‘llash kerak?
a) gastroskopiya qilish lozim;
b) splenoportografiya qilish kerak;
v) qonda alfafotoprotein borligini aniqlash lozim;
g) transaminaza faolligini aniqlash lozim;
d) ishqorli fosfatazaning faolligini aniqlash kerak.
117-masala.
26 yoshli bemor bir necha haftadan beri
qorni kattalashayotganligidan,
oyoqlarida shish va o‘ng kovurg‘asi ostida og‘riq paydo bo‘lganligidan shikoyat kiladi. Bir yil
ilgari sil kasalliklari dispanserida «qon orqali (disseminatsiyalangan) yukkan» sil kasalligidan
davolangan. Ftivazid, PASK, rifamitsin bilan davolangan. Obyektiv tekshirilganda bo‘yin
venalarida
dimlanish borligi, kornida assit va oyoklarida shish aniqlangan. Jigari 4 sm
kattalashgan, paypaslab ko‘rilganda kattiq va bir oz og‘riqli. Eshitib ko‘rilganda yurak tovushi
pasaygan. Vrachlar har xil tashxislar qo‘yganlar.
1. Quyidagi tashxisning qaysi biri to‘g‘ri deb bilasiz?
a) jigar raki;
b) jigar sili;
v) konstriktiv perikardit;
g) silga qarshi dorilar ta’sirida
kelib chiqqan gepatit;
d) uch tavaqali kopqoqlar teshigining torayishi;
2. Bemorni davolash uchun qanday davolash usulini tanlash kerak?
Do'stlaringiz bilan baham: