M. A. Xujamberdiyev


DISSEMINATSIYALASHGAN QON TOMIRLARDA



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/113
Sana08.06.2022
Hajmi0,99 Mb.
#645356
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   113
Bog'liq
ichki kasalliklar boyicha tibbiy masalalar (2)

 
DISSEMINATSIYALASHGAN QON TOMIRLARDA
QONNING IVISHI 


109-masala.
26 yoshli bemor bo‘limda sepsis, teri osti abssessi, septik endokardit, 
O‘pkaning sepsisli yallig‘lanishi tashxisi bilan davolanyapti. Kuniga 3 g kefzol va ampitsillin 
bilan davolanmoqda. Qilingan davolash choralariga qaramasdan hansirashi kuchaygan, terida 
gemorragik toshmalar paydo bo‘lib, ajralayotgan siydik miqdori keskin kamaya boshlagan. Qon 
analizi: Nb—90 g/l, L—14x109/l, formulasi miyelotsitlargacha siljigan, trombotsitlar — 
80X109/l, kreatinin—0,6 mmol/l, kaliy — 5,2 mmol/l, fibrinogen — 2 g/l, etalonli testi ijobiy. 
1. Nima sababdan kilingan davo foyda bermayapti? 
2. Davolashga qanday o‘zgartish kiritish kerak? 
a) kefzol dozasini ko‘paytirish kerak; 
b) kefzolni gentamitsinga almashtirish kerak; 
v) geparin bilan yangi muzdan tushirilgan qon zardobini quyish kerak; 
g) kon kuyish kerak; 
d) antistafilokokkli gamma-globulin yuborish kerak. 
110-masala. 
25 yoshli ayol kriminal bola tushirishdai keyin bachadonidan qon ketishi 
to‘xtamaganligi uchuy kasalxonaga keltirilgan. Kasalxonada 1 litrga yaqin konservlangan qon 
(chunki gemoglabini 70 g/l kamaygan edi) va qon zardobi o‘rnini bosuvchi (gemodez, dekstran, 
tuzli suyuqliklar) suyukliklardan 1,5 litr quyilgan. Qo‘llanilgan chora-tadbirlar va antibiotiklar 
berilishiga qaramasdan bemorning axvoli yaxshilanmagan; hansirashi kuchaygan, hushi 
xiralashib, kunlik ajralayotgan siydik miqdori 100 ml gacha kamaygan, gemorragik belgilar 
(terida ko‘karishlar, kofe rangida qayt qilish) paydo bo‘lgan. Obyektiv tekshirilganda yuzi 
ko‘kargan, nafas olishi minutiga 30 marta, yurak qisqarishlari soni minutiga 120 marta, A/B—
110/60. Nb—80g/l, L—12,bX109/l, formulasi miyelotsitlargacha siljigan, trombotsitlar 
60X109/l, fibrinogen — 1,5 g/l, etalonli test sal ijobiy, antitrombin III— 60%. 
1. Quyidagi tashxisning qaysi biri qo‘yilsa to‘g‘ri bo‘ladi? 
a) klinik-laboratoriya kurinishi ko‘p qon yo‘qotganlikni ko‘rsatadi va bir xildagi 
o‘rnini bosuvchi dorilar berilmagan; 
b) leykoz yo‘qligini aniqlash uchun to‘liq tekshirish kerak; 
v) xansirash ko‘p suyuqlik kuyilgandan bo‘lishi mumkin; 
g) fibrinogen, trombotsitlar va antitrombin III hamda klinik kurinishi 
disseminatsiyalashgan qon tomirlardagi qon ivishining boshlanishiga uxshaydi; 
d) etalonli testning sal ijobiy bo‘lishi disseminatsiyalashgan qon tomirlardagi qon 
ivishiga o‘xshamaydi. 
2. Bemorni davolayotganda qanday xatolikka yo‘l qo‘yilgan? 
3. Bu kasallikda kanday davolash usulini qo‘llash kerak? 
111-masala. 
26 yoshli bemorni gemorragik pankreatit borligi tufayli operatsiya 
qilingandan 2 kun keyin kofe rangida kayt kilgan, burnidan kon ketgan, operasiya kilgan joydan 
qon chiqib, terida ko‘karish paydo bo‘lgan, inyeksiya kilingan joydan ham kon chikqan. A/B—
90/60 ga teng. Gemoglabin miqdori 110 g/l dan 90 g/l gacha kamaygan, trombotsitlar 70X109/l, 
trombositlar agregatsiyasi kamaygan, fibrinogen — 4 g/l (operatsiyagacha 8 g/l bo‘lgan) etalonli 
test manfiy. 
1. Bemorning axvoli yomonlashishiga nima sabab bo‘lgan? 
2. Qanday davolash usulini to‘g‘ri deb bilasiz? 
a) yo‘qotilgan qon o‘rnini qon quyish bilan to‘lg‘azish kerak; 
b) yangi muzdan tushirilgan qon zardobini quyish davolashning asosiy qismi 
hisoblanadi; 
v) bemorga antiproteaz berish kerak; 
g) bu kasallikda geparin quyish mumkin emas; 
d) plazmoforez qilish ahvolni yaxshilaydi. 

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish