M. A. Xujamberdiyev


JIGAR KATTALASHGANINI DIFFERENSIATSIYA



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/113
Sana08.06.2022
Hajmi0,99 Mb.
#645356
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   113
Bog'liq
ichki kasalliklar boyicha tibbiy masalalar (2)

 
JIGAR KATTALASHGANINI DIFFERENSIATSIYA
QILISH


 
115-masala. 
33 yoshli D. ning bir necha kundan beri nsitmasi 38°S ga ko‘tarilib, o‘ng 
qovurg‘asi ostida, panjalari, mayda bo‘g‘imlarida og‘riq bo‘lganligi uchun «qon sistemasi 
kasalligi» tashxisi qo‘yilib klinikaga keltirilgan. Penitsillin va sulfanilamidlar bilan 
davolanganda foydasi bo‘lmagan. Jigari kattalashganini bir necha yil oldin bilgan, vaqti-vaqti 
bilan terisi va shilliq kavatlarida sarg‘ayish kuzatilgan. Bir necha yil oldin Birusli gepatit bilan 
og‘rigan. Obyektiv tekshirilganda terisi sarg‘aygan, terisida qon tomir yulduzchalari bor. Jigari 
ozroq kattalashgan (qovurg‘a ostidan 3 sm chiqib turadi), talog‘ining chekkasi qo‘lga unnaydi. 
O‘pka eshitib ko‘rilganda o‘ng tomonda nafas susayganligi aniqlanadi. Berilgan ko‘chirma 
qog‘ozda qon analizi quyidagicha: Nb—85 g/l, L— 1,2X109/l, P—23, S—53, L—15, M—8, 
plazmatik hujayralar — 1 %, retikulotsitlar — 302, trombotsitlar — 90X 10
9
/l, bilirubin — 48 
mmol/l, ALT—300 TB, ACT—360 TB. 
1. Bemorda qanday kasallik bor desak to‘gri bo‘ladi? 
2. Quyida ko‘rsatilgan tekshirish usullarining kay biri qo‘llansa to‘g‘ri bo‘ladi? 
a) suyak ko‘migini tekshirish zarur; 
b) jigarni punksiyali biopsiya qilish lozim; 
v) qondagi LE hujayralarini aniqlash zarur; 
g) konni bakteriologik tekshirish kerak; 
d) plevra suyuqlig‘ini tekshirish zarur.
116-masala.
45 yoshli R. o‘ng qovurgasi ostidagi og‘riqdan, qorni dam bo‘layotgani, 
bo‘shashib, ozib ketayotganligidan shikoyat qilib vrachga murojaat qilgan. Bir oy ilgari 
surunkali gepatit kasalligi tufayli kasalxonada davolanib chiqqan. Kasalxonadan berilgan 
ko‘chirma kog‘ozda jigarning 2 sm kattalashgani ko‘rsatilgan. Tekshirish paytida jigarning 10 
sm kattalashgani (gepatomegaliya) va chekkasi notekisligi aniqlangan. 
Boshqa a’zolarida kasallik yo‘q. ECHT—50 mm/soat. 
1. Birinchi o‘rinda qanday kasallik haqida o‘ylash mumkin? 
2. Qanaqa tekshirish usullarini qo‘llash kerak? 
a) gastroskopiya qilish lozim; 
b) splenoportografiya qilish kerak; 
v) qonda alfafotoprotein borligini aniqlash lozim; 
g) transaminaza faolligini aniqlash lozim; 
d) ishqorli fosfatazaning faolligini aniqlash kerak. 
117-masala.
26 yoshli bemor bir necha haftadan beri qorni kattalashayotganligidan, 
oyoqlarida shish va o‘ng kovurg‘asi ostida og‘riq paydo bo‘lganligidan shikoyat kiladi. Bir yil 
ilgari sil kasalliklari dispanserida «qon orqali (disseminatsiyalangan) yukkan» sil kasalligidan 
davolangan. Ftivazid, PASK, rifamitsin bilan davolangan. Obyektiv tekshirilganda bo‘yin 
venalarida dimlanish borligi, kornida assit va oyoklarida shish aniqlangan. Jigari 4 sm 
kattalashgan, paypaslab ko‘rilganda kattiq va bir oz og‘riqli. Eshitib ko‘rilganda yurak tovushi 
pasaygan. Vrachlar har xil tashxislar qo‘yganlar. 
1. Quyidagi tashxisning qaysi biri to‘g‘ri deb bilasiz? 
a) jigar raki; 
b) jigar sili; 
v) konstriktiv perikardit; 
g) silga qarshi dorilar ta’sirida kelib chiqqan gepatit; 
d) uch tavaqali kopqoqlar teshigining torayishi;
2. Bemorni davolash uchun qanday davolash usulini tanlash kerak? 

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish