Eramizdan avvalgi 431-yilning bahoriga kelib tomonlar tayyorgarlikni tugatishdi20. Urush harakatlari fivanliklarning Afinaga ittifoqdosh bo`lgan beotiylar shahri Plateyaga kutilmagan hujumi bilan boshlandi, lekin fivanliklar otryadi tor-mor etildi. Asirga olingan jangchilar qatl etildi. Ular orasida ko`zg ko`ringan fivanlik aristokratlar ham bor edi. Javob tariqasida katta Peloponnes qo`shinlari yoz oyi boshida Attika hududiga kirib bordi. Pelloponnesliklarga spartalik hukmdor Arxidam qo`mondonlik qildi. Shuning uchun ham Peloponnes urushlarining butun birinchi davrini,ya`ni mil.avv.421 yilgacha, Arxidam urushi deb atashadi. Dushmanlarning hujumi qishloq aholisini shaharga ko`chib, uning devorlaridan panoh topishga majbur qildi. Afinada ko`p sonli odam to`planib qoldi. Ularning bir qismi qarindoshlari va do`stlarinikidan qo`nim topishgan bo`lsa, qolgan katta qismi jamoat binolari, ibodatxonalar va baraklardan boshpana topishga majbur edi. Dehqonlar afina shaharlari devorlaridan dushman qanday qilib ularning dalalari va uylarini vayron qilayotganini ko`rib turishardi. Olomon ichida shovqin ko`tarildi – ko`pchilik dushmanga qarshi munosib javob berishni talab qilardi. Ammo Perikl dushmanning ustun qo`shinlari bilan ochiqdan-ochiq jangga kirish tavakkal ekanini anglab turardi va shuning uchun yurtdoshlarini bunday to`qnashuvdan saqlab qolishni epladi. Attikaning shimoliy qismini bo`m-bo`sh qilgach Arxidam tezda o`z qo`shinini Peloponnesga qaytarib olib ketdi, afinaliklar esa jonli kuchlarini saqlab qolishdi. Bu orada Afinaning floti Peloponnes atrofi bo`ylab tekshiruv, reyd, o`tkazib ulgurgandi. Afinaliklar qirg`oqbo`yi hududlarini bo`shatib, ularni o`zlarining Kefalleniy orollari itiifoqiga birlashtirishardi hamda ular Korinfning bir koloniyasini ham qo`lga kiritishdi. Undan tashqari, afinaliklar ikkita qashatqich operatsiyani amalga oshirishdi: Eginadan spartaliklarni qo`llab-quvvatlagani uchun mahalliy aholi quvg`in qilindi va ularda Afina koloniyalari joylashtirildi, yil oxiriga borib esa Megaridaga yurish qilindi. Eramizdan avvalgi 430-yilda peloponnesliklar Attikaga takror yurish qildi; busafar Arxidam ancha ichkariga kirib bordi va mamlakatda deyarli bir yarim oy qoldi. Dushmanlar yana ekinlarni yo`q qilib Afina dehqonlarining uylarini yoqib yuborishardi. Qishloq xo`jaligi hududlarining vayron etilishi afinalilar uchun og`ir zarba bo`ldi, ammo undan ham yomoni shundaki, Pirey bandargohi, undan keyin esa Afinaning o`zida ham qadim odamlari “chuma” deb nomlagan epidemiya, hoynahoy bu vabo, tarqaldi. Aytishardiki, uni dushman atayin olib kelgan deb, biroq ehtimol, u savdo kemalari orqali epidemiya tarqalgan Misr yoki Old Osiyodan kirib kelgan23. Uncha katta hududga ega bo`lmagan va oddiy gigiena shart-sharoitlari mavjud bo`lmagan bu shaharda 200minggacha odam to`plangan edi–epidemiya aql bovar qilmas darajada tez tarqalib borardi. Fukididning guvihlik berishicha, jang salohiyatiga ega bo`lgan armiyaning to`rtdan bir qismi halok bo`ldi. Bundan tashqari Afina xalqning ma`naviy ahvoli og`irlashib, ishonchsizlik kayfiyati avj olib borardi. To`g`ri, epidemiyaning o`z qo`shinida ham tarqalishidan qo`rqib Arxidam Attikani tozaladi. O`sha vaqtning o`zidayoq Perikl floti bilan Peloponnes atrofida yana reyd o`tkazdi, biroq shimoliy va sharqiy sohildagi bir nechta punktlarning vayron etilishidan boshqa natijaga erishilmadi. Keyin flot va qo`shin Xalkidika qirg`oqlariga yo`naltirildi, lekin bu yerda afinaliklarning harakatlari epidemiya tufayli mutlaq cheklangan edi. Kasallik yangi qo`shilgan jangchilarning uchdan birini nobud qildi va mil.avv. 432-yildan beri Potideyani qamal qilib kelayotgan Afina qo`shinlariga o`tdi. Bu hamma muvaffaqiyatsizliklar natijasida Perikl siyosiy quladi. Eramizdan avvalgi 430-yilning yozida navbatdagi mehnat yili uchun strateglar tanlash saylovida oxirgi 15 yil ichida birinchi bo`lib u Afinadagi eng muhim bu lavozimga saylanmadi. Muxolofat darhol Periklga qarshi sud jarayonini boshlab yubordi: u jamoat pullarini sovurib yuborishda ayblanib 50 talantlik katta jarimaga tortildi25. Ammo Perklning chetlatilishi Afinada siyosiy oqimning o`zgarishiga olib bormadi. Sparta bilan muzokaralar olib boorish haqidagi taklif va urunishlar tez orada qoldirildi: ikkala tomon ham yon bosishni xohlamasdi, urush davom etdi. Mil.avv.430/29-yilning qishida afinaliklar holati biroz yaxshilandi: ular nihoyat Potideyani qo`lga kiritishdi; Afina floti Korinf ko`rfaziga kirib borib, Korinfni qamal qila boshladi26. Afinada siyosiy vaziyat biroz yengilladi. Perikldan ayblari olib tashlanib, u yana strateg etib tanlandi. Lekin bu mashhur afinalik siyosatchining so`nggi zafari edi: mil.avv. 429-yilning kuzida uning o`zi shafqatsiz kasallikning qurboni bo`ldi. Periklning o`limi Afinada o`ziga xos siyosiy vakuumga olib keldi. Unga arziydigan davomchi topilmadi. Xalq yig`inida Kleon ancha ko`zga ko`ringan edi, lekin u shunchaki demagog(balandparvoz so`zlar, va`dalar bilangina cheklanadigan siyosiy arbob) edi; harbiy ishlarga esa Perikl davrasidan bo`lgan Nikiy ismli aslzoda, Perikl rejasining harbiy tomonini har holda chidasa bo`ladigan darajada olib bora oladigan, lekin unga siyosiy tus bera olmaydigan oddiy strateg boshchilik qilardi. Tashabbuskor sardorning yo`qligi darrov sezildi: mil.avv.429-yilda afinaliklar bironta ham faol operatsiya amalga oshirishmadi. Ammo dushman tomon tetik harakat qilardi: peloponnesliklar Plateyani qamal qilishni boshlab g`arb tomonga ikkita hujum uyushtirishdi: quruqlikda – Akarnaniyaga qarshi, dengizda esa – Navpaktdagi Afina flotiga qarshi. To`g`ri, ikkala harakat ham omadsizlik bilan tugadi, biroq peloponnesliklarning dengizda ancha faol ekanligi namoyon bo`ldi. Mil.avv.428-yil afinaliklar uchun og`ir sinovlar yili bo`ldi. Spartaliklar yana Attikaga hujum qilishdi va deyarli darhol shu voqeadan keyin muhim orol Lesbosda qo`zg`olon ko`tarildi. Bu orolning ajralib chiqishi Afinaning Egey dengizining shimoli-sharqiy qismida hukmronligini xavf ostida qoldirardi. U yerdagi suv havzalari o`ta muhim bo`lib ularning qo`ldan ketishi boshqa ittifoqdoshlar uchun yomon namuna bo`lishi mumkin edi. Afinaliklar bosh ko`targan asosiy shahar Mitilenani qamal qilishni boshlashdi. Eramizdan avvalgi 427-yilning bahorida Mitilenada ocharchilik boshlandi va mitilenalik hukmdurlarning afinaliklar oldida urush harakatlarini to`xtatishga majbur qilgan quyi qatlam harakatlari avj oldi28. Sparta Afinaga hujum qilish uchun qulay vazuyatni qo`ldan boy berdi. Afina xalq yig`inida bosh ko`targan lesbosliklarni qanday qilib jazolash haqida muhokamalar ketardi. Zero ularning taqdiri boshqa ittifoqchilar uchun dars bo`lishi ko`zda tutilgan edi. Savdo-hunarmandchilik vakillari va shahar demosining manfaatlarini ifodalagan holda Kleonning partiyasi urushni davom ettirishni va ittifoqchilar bilan munosabatlarni susaytirmaslikni talab qilardi. Kleon hamma katta erkaklarni qatl qilish, ayollar va bolalarni qullikka sotib yuborish hamda qolgan yerlarni afinalik kolonistlarga bo`lib berish taklifi bilan chiqdi. Bu taklifga Nikiy bosh bo`lgan boshqa guruh qarshilik bildirdi. Uning guruhi iloji boricha tez urushni tugatish va hech qanday zo`rlik ishlatmaslikning tarafdori edi. Ularning sa`yharakatlari bilan mag`lub bo`lganlar qismati biroz yumshatildi: Lesbos shaharlari (sodiq bo`lib qolgan Metimnadan tashqari) o`z avtonomiyasi (mustaqilligi) va flotidan mahrum qilindi, qatl hukmi faqatgina qo`zg`olonning eng faol ming nafar ishtirokchilariga berildi. Lesbos yerlarining sezilarli qismi esa 2700 ta afina kolonistlariga bo`lib berildi.29 Lesbosdagi qo`zg`olonni bostirish afinaliklardan katta kuch talab qildi va boshqa ishlar e`tiborsiz qoldirildi. Dushman qamalida qolgan Plateya o`z taqdiriga tashlab qo`yildi. Oxir oqibatda shaharning taslim bo`lishiga to`g`ri keldi (eramizdan avvalgi 427-yilning yozida, Mitilenaning qulashidan keyinoq); u yerda ham qatllar boshlandi. Taxminan Lesbosdagi qo`zg`olon bilan bir paytda Kerkirada ham yetarlicha og`ir ahvolga kelib qolgan Afina ittifoqidan chiqishga urunishlar bo`ldi. Mulkdor guruhlar tashabbusi bilan qilingan bu urinishlardan xalqning qahri keldi va orolda fuqarolar urushi boshlanib ketdi. Unda – asosan demokratlar tomonida turib – qullar ham ishtirok etishdi. Afina eskadralarining yetib kelishi demokratlar g`alabasini ta`minladi va Afina bilan ittifoq tasdiqlandi. Kerkira demokratlari dushmanlariga qirg`in uyushtirishdi. “7 kun davomida, – deb yozadi qadimgi tarixchi,–kerkiraliklar o`z fuqarolar qatorida dushman bo`lib ko`ringan hammani demokratiya hokimiyatdan chetlashtirishda ayblab o`ldirishardi; lekin birov shaxsiy adovat qurboni bo`lardi, boshqalar esa qarzdorlari tomonidan o`ldirilardi. O`lim har ko`rinishda hukm surardi, bunday davrlarda odatda sodir bo`ladigan hamma narsa bo`lardi, hatto undan ham ziyoda: ota o`g`lini o`ldirardi, duojo`ylar muqaddas joylardan mahrum qilinib o`sha joylarning o`zida ham o`ldirib yuborilardi; ba`zilarni Dionis ibodatxonasiga qamab ustidan g`isht terib tashlashgan, ular o`sha yerda o`lim topganlar”. Lesbos va Kerkira bo`lgan voqealar Afina himoyasining kuchsiz tomonini ko`rsatib qo`ydi–separatchilik harakatlari va davlat qulashining ehtimoli bor edi. Afinaliklar eng avvalo o`z manfaatlari yo`lida olib borgan urush ittifoqchilarning noroziligini keltirib chiqardi, xolos. Bu bilan birga Afinaga bilan munosabat ittifoqdosh shaharlarda noroziliklarni keltirib chiqardi: asosiy moliyaviy og`irlik bo`yinlariga tushgan mulkdor guruhlarda borgan sari afinaliklarga qarshi kayfiyat kuchayib ketayotgan edi; xalq esa odatdagidek Afina bilan ittifoqni saqlab qolish tarafdori edi. Natijada Peloponnes urushlari xususiy jangovar to`qnashuvdan ko`ra ko`proq butun-grek ijtimoiy-siyosiy nizosiga aylanib borar edi. Bu orada Afina uchun Kerkira ustidan nazoratni saqlash juda muhim edi. Zero, ayni shu vaqtda g`arbiy frontning ahamiyati oshdi. Shuningdek Sitsiliyada bir guruh polislar Sirakuza boshchiligidaboshqa shaharlar, asosiy tarkibi uncha katta bo`lmagan ioniy shaharlari Leontina, Katan, Naksos, Regiyga qarshi ichki urush boshladilar. Keying shaharlarga ancha qiyin bo`ldi – ulardan ikkitasi Leontin va Regiy Afina bilan ittifoqdosh edi. Agar afinaliklar g`arbda o`z ta`sirini saqlab qolishni xohlashsa, darhol jangga aralashishlari kerak edi. Shunday bo`ldi ham eramizdan avvalgi 427-yilning kuzida strateg Laxet 20ta kema bilan Sitsiliyaga suzib ketdi. U ulkan ulkan zafarlar quchdi. Shu tariqa Messapa afinaliklar tomoniga o`tdi. Eramizdan avvalgi 426-yil muvafaqqiyatdan ruhlangan afinaliklar Spartaliklarning muzokaralar boshlashga urinishini rad etganlaridan so`ng 425-yilda spartaliklar 5-marta Attikaga hujum qilishdi. Bu orada afinaliklar sitsiliyaga 40ta kemadan iborat yangi eskadrani yuborishdi.Ekspeditsiyaga bosh etib mohir strateg Demosfen bu kuchlardan Peloponnesdagi vaziyatni izdan chiqarishda foydalanish topshirig`i bilan tayinlangan edi32. Dushmanga sezdirmasdan u Messeniyaning g`arbiy sohilidagi Pilos bandargohiga tushdi va u yerda uncha katta bo`lmagan otryad bilan qolib himoya qo`rg`oni qura boshladi. Afinaliklarning Messeniyaga –doimo ilotlarning bosh ko`tarishiga tayyor bo`lgan mamalakatga– o`rnashib olishi xabari saprtaliklarni Attikaga yurishini darrov to`xtatishg majbur etdi. Pilosga ancha piyoda va dengiz kuchlari yo`naltirildi. Demosfenni tashqi dunyodan uzib qo`yish maqsadida spartaliklar Pilos bandargohiga yo`lni to`sib qo`yadigan Sfakteriya orollarini garnizon bilan egallashadi. Ammo keyin Sitsiliyaga yuborilgan Afina floti yetib keldi, Peloponnes eskadrasini yakson qildi va spartaliklarning Sfakteriyadagi garnizonini qamalga oldi. Spartaliklar tinchlik muzokaralarini olib borishni taklif qilishdi. Nikiyning guruhi, aftidan, bu taklifni qabil qilishga moyil edi, lekin Kleonning partiyasi rozilik berish haqida hatto o`ylamasdi. Bahslar avjga chiqqan paytda Kleon shuni bildirdiki, Pilosdagi jang dadil olib borilganda edi, Sfakteriyani 20 kundayoq olsa bo`lardi. Nikiy istehzo aralash to`laqonli fuqaro bo`lgan raqibiga opertsiyani u holda uning o`zi olib borishini taklif qildi. Gapidan tutilgan Kleon buni rad etishni o`ylab ham o`tirmadi. Kleonning jasoratini ham tan olish kerak: Pilosga madad kuchlari bilan borib u Demosfen bilan Sfakteriya ustiga qo`shin tortdi hamda spartaliklarni taslim bo`lishga majbur etdi. Afina Pilosdagi g`alabasining natijasi ulkan edi. Afinaliklar qo`liga ko`pgina nomdor spartaliklar tushib qolishdi va ular Spartaga agar ular Attikaga qayta hujum qilishsa asirlarni qatl qilishlarini aytishdi. Afinaliklar endilikda Messeniyada mustahkam o`rnashib olishgandi va ularning u yerdaligi Spartaliklar harakatlarini cheklab qo`ydi. Afinaning o`z davlatida vazni yuqori darajada oshdi va bundan foydalanib Kleon muhim moliyaviy islohot o`tkazish kerak deb turib oldi: eramizdan avvalgi 425/24-yilning qishida ittifoq to`lovi hisobi qattiq ko`rib chiqildi; alohida shaharlar uchun to`lovlar salkam ikki barobar oshirildi. Afinaliklar shafqatsiz urush olib borish uchun qo`shimcha manbalarni qo`lga kiritishdi. Kampaniya eramizdan avvalgi 424-yili afinaliklarning yangi hujumi bilan boshlandi: Nikiy Lakon sohillari yaqinida joylashgan Kifer orollarini qo`lga kiritdi, boshqa strateglar esa Megaralik demokratlar bilan til biriktirib Megaraning bandargohi Piseyani qo`lga kiritishadi35. 3. Sitsiliya ekspeditsiyasi va Dekeley urushi. Eramizdan avvalgi 416-yilda Sitsiliyaning kichik bir shahri Egesta o`z qo`shnisi, qudratli Sirakuza qo`llab-quvvatlab turgan, doriylarning Selinuntiga qarshi kurashda Afinadan yordam so`raydi. Afina savdogarlarini Sitsiliyaning hosildor yerlaridan joy olish o`ziga jalb qilgan bo`lsa, dengizchi va eshkakchilarni uzoq sayohat o`ziga tortardi. Xalq yig`ini katta flot va qo`shin yuborishga qaror qildi. Tashqaridan qaraganda bu Egestaga ko`rsatiladigan yordam edi, aslida esa ular Sirakuzaga qarshi kurashib, butun Sitsiliyani egallab olishmoqchi edi. Bu ekspeditsiya(harbiy harakat, yurish) uchta strategga bo`lib berilgan edi–Alkiviadga, Nikiyga va Lamaxga. Eramizdan avvalgi 415-yilning bahoriga kelib hammasi tayyor bo`ldi va 6mingda ortiqroq jangchi joylashtirilgan ulkan armada urushga shay holatda Pireyga e`tiborini jamladi. Ammo suzib ketish oldidan boshlangan barcha harakatlarga soya solgan noxushlik sodir bo`ldi. Bir kechada Afinada qandaydir bezorilar hamma germlarni – savdo va sayohat xudosi Germes tasvirlangan tosh ustunlarni-buzib ketishibdi. Ammo bu voqea ko`pchilik tomonidan shunchaki bir necha ichib olgan yoshlarning bezoriligi emas, balki fitnachilarning demokratiyaga qilgan tahdid da`vati sifatida qabul qildi. Darhol tergov ishlari boshlandi. Bu ish bo`yicha hech narsa topilmadi, lekin boshqa narsa aniqlandi: Alkviad Elevsin misteriyalari(dininy marosim) parodiya qilganlikda ayblandi. Qudratli strateg darhol sud qilib hammasini aniqlashtirib olishini talab qildi. Biroq ish qoldirildi va Alkiviad uzoq yo`lga shubha ostida chiqishiga to`g`ri keldi. Sitsiliyada ularni yaxshi kutib olishmadi: Naksos darvozalarini ochdi, lekin Katanga kuch bilan kirishga to`g`ri keldi. Bu ikki shaharda o`rnashib olgach afinaliklar Sitsiliya qirg`oqlarining ichkarirog`iga suzishdi. Afinaliklarning asl maqsadi ko`pgina sitsiliyaliklarga ayon bo`lib bo`lgan edi, Sirakuzada yaqinlashib kelayotgan noxushlikka tayyorgarlik ko`ra boshlashdi. Bu orada Afinada “muqaddas marosim” tergov ishlari davom etardi. Alkiviadni xush ko`rmaydiganlar bu vaziyatdan foydalanib qolmoqchi edilar. Alkiviadga qarshi ish ochildi va uni Afinaga sud uchun olib kelish uchun Sitsiliyaga maxsus kema yuborildi. Alkiviad kelganlar bilan tinch yo`lga tushdi ammo yo`lda kemadan qochib, qirg`oqqa yashirinishga muvaffaq bo`ldi. U suddan qochganligi bilan o`z aybini isbotladi. Afinada uni o`limga hukm qilishdi, ismini lan`atlab, mulkini musodara qilishdi. Ekspeditsiya poydevori bo`lgan Alkiviadning yo`qligi voqealar rivojiga o`z ta`sirini o`tkazmay qolmadi. Bosh qo`mondonga aylanga Nikiy eng yaxshi yo`llar bilan harakat qilmayotgan edi. Eramizdan avvalgi 414-yilning bahoridagina afinaliklar Sirakuzaga yaqin kelib uni qamal qila boshlashdi. Qish bo`yi sirakuzaliklar shahar atrofida yangi himoya chizig`ini yaratishdi, kuchli qo`shin to`plab Peloponnes davlatlarining qo`llabquvvatlashi va yordamidan bahramand bo`layotgan edilar. Ular afinaliklarning qamal harakatlarini yo`qqa chiqarishni uddalashdi. Eramizdan avvalgi 413-yilning bahorida sirakuzaliklar dengizda ham ancha jonli harakat qilishga o`tishdi. Sirakuza yonidagi Afina qo`shinlari xavf ostida qolgandi. Bu orada Gretsiyaning o`zada ham urush qaytalandi. Eramizdan avvalgi 414-yildayoq spartaliklar armiyasi Afinaning ittifoqdoshi Argos yerlariga bostirib kirdi. Javob shu bo`ldiki, afinaliklar floti Lakonika qirg`og`iga hujum qildi. Afinani tinchlik sulhini buzganlikda ayblab (afinaliklar bunda eramizdan avvalgi 419/18-yilda spartaliklarni ayblashgan edi) spartaliklar qo`shini shoh Agis qo`mondonligida keyingi bahorda Attikaga bostirib kirishdi. U paytga kelib Spartaga o`tishga muvaffaq bo`lgan Alkiviadning maslahatiga ko`ra ular Afina shimolidan 20 km uzoqlikdagina joylashgan Dekeleyani egallashdi va Attikaning yarmini doimiy kuzatuv ostiga olishdi. Spartaliklar Afinaga qarshi hamma operatsiyalarini Dekeleyadagi bazalariga tayanib olib borganliklari uchun Peloponnes urushlarining bu so`nggi bosqichini Dekeleya urushi deb ham ataladi.
Spartaliklarning Afinaga bu qadar yaqinda ekanligi dahshatli tahdid uyg`otardi. Shunga qaramay afinaliklar Sitsiliyadagi kampaniyani davom ettirishardi. Eramizdan avvalgi 413-yilning yozida ular u yerga yangi, avvalgisidek katta flot va qo`shinlarni mashhur Demosfen boshchiligida yuborishdi. Bunday yordam kuchlarining yetib kelganligi afinaliklar g`alaba qozonish imkoniyatlarini oshirishi kerak edi. Biroq Sitsiliya va Peloponnesdagi ittifoqdoshlaridan yordam yetib kelgan sirakuzaliklar ham chekinishni hayollariga ham keltirishmadi. Ikkita jangda Afina floti mag`lub bo`ldi. Harakatlana olmaydigan yarador va kasallarni qoldirib ruhi cho`kkan afinaliklar Sitsiliya janubiga yo`l olishdi. Biroq yo`lda Nikiy va Demosfen guruhlari bir-birlaridan ajralib alohida-alohida sirakuzaliklar qurshoviga tushib qolishdi. Asirga tushgan afinaliklarni sirakuzaliklar tosh konlariga ko`mib tashalashdi. Nikiy va Demosfenni esa tinch holatdagi davlatga asossiz hujum qilgan qo`mondonlar sifatida qatl qilishdi. Afinaning Sitsiliyadagi mag`lubiyati ulkan talofotli bo`ldi. Shunchalik ko`p odam va kemalar yo`qotilgan ediki, ularni yaqin yillar ichida tiklab olishning iloji yo`q edi. Spartaliklar esa Dekeleyaga yaxshi o`rnashib olishdi. Ular qancha uzoq muddat qolishsa, Attika shuncha zarar ko`rardi: qishloq xo`jaligi hududlari xonavayron bo`lgandi, Lavr konlaridan kumush qazib olish qiyinlashib borardi va bu ham yetmagandek dushman boshiga hunarmandchilikda band bo`lgan 20 ming qul yopirilib kelgan edi. Afinaning eng muhim ittifoqdosh shaharlari – Evbey, Lesbos va Xios – yashirincha peloponnesliklar bilan aloqaga kirishishdi. Tez orada bu harakat butun Ioniya va Eliodani egalladi. Separatistlarni qo`llab-quvvatlash uchun spartaliklarga katta flot kerak edi. Biroq uni qurish kattapulni talab qilardi, spartaliklarda esa u yo`q edi. Bunday sharoitlarda Spartaning Eron bilan yaqinlashuvi sezildi. Sparta kerakli ko`makni oldi, ammo ular fors hukmdorining butun Kichik Osiyoda, bir necha sohilbo`yi grek shaharlarini ham hisoblagan holda, hukmronligi va hokimiyatini tan oldilar. Eron Sparta yordamida o`zining eski dushmani Afina bilan hisobni tenglashtirib olish imkoniyatiga ega bo`ldi. Eramizdan avvalgi 412-yilning butun ikkinchi yarmini afinaliklar bor kuchlari bilan ketgan ittifoqdoshlarini qaytarishga urinishdi51. Afina floti Lesbosni qayta bo`ysundira oldi, ammo Xiosga qarshi harakatlar natija bermadi, Milet yaqinidagi operatsiyani esa kuchli Peloponnes floti kelib qolganligi uchun to`xtatishga to`g`ri keldi. Eramizdan avvalgi 411-yilning boshiga kelib Afina qo`li ostida Lesbos, Samos, Kos va ikki-uchta Kichik Osiyo sohillaridagi shaharlar qoldi. Bu barcha omadsizliklar natijasida eramizdan avvalgi 411-yilda Afinada siyosiy inqiroz yuzaga keldi. Antidemokratik harakatlarga Samos yaqinidagai Afina floti komandirlarining bir qismi qo`shildi. Spartaliklar bilan janjallashib, fors satrapi Tissafern huzurida qo`nim topishga ulgurgan Alkiviad Samosdagi Afina qo`mondoni bilan aloqa o`rnatib, ularni uni haydab yuborgan demokratiyani hokimiyatdan ag`darishga undardi. Buning evaziga forslar bilan Afina foydasiga kelishuvga erishishga yordam berishni taklif qiladi. To`ntarish ideologi(g`oyaviy rahnamosi) sofist Antifont, asosiy ijrochilari esa harbiylar Pisandr va Frinix bo`ldilar. Eramizdan avvalgi 411-yilning bahorida Pisandr o`z tarafdorlarining guruhi bailan Samosdan Afinaga yetib keldi. Bu vaqtga kelib shaharni allaqochon antidemokratik harakat egallab olgandi: oligarxlar jamoasi aholini terrorlashtirar edi. Xalq sardorlari – ular ichida Androkl ham bor edi–kuch bilan chetlashtirilgandi. Dahshatga tushgan fuqarolarni yig`inga chaqirishdi va u yerda Pisandrning taklifi bilan davlat boshqaruv usuli o`zgartirildi: to`laqonli fuqarolar soni 5 ming badavlat afinaliklar bilan cheklangan edi, butun hokimiyat oligarxlarning 400 lar Sovetiga topshirildi. Ommaviy to`lovlar va bo`lib berishlar bekor qilindi. Oligarxiya g`olib bo`ldi, ammo ularning g`alabasi uzoqqa cho`zilmadi. Aholining katta qismi demokratik an`analar davomchisi bo`lgan Afinada oligarxik tuzumning mustahkam va uzoq davom etishi uchun poydevor yo`q edi. Oligarxlarning Samosdagi flot va qo`shinni o`z nazoratiga olish harakatlari samarasiz bo`ldi. Demokratiyaga moslashgan jangchilar dengizchilar, eshkakchilar oligarxiya haqida eshitishni ham xohlashmasdi. To`ntarish tarafdorlari bo`lgan komandirlar vazifasidan ozod etildilar, ularning o`rniga yangilari tanlandi. Hokimiyatga kelgan oligarxlar hatto eslamagan Alkiviad o`sha vaqtdayoq Samosdagi demokratlarga o`z xizmatini talkif qiladi va ular uning qo`mondonlik qobiliyatlariga muhtojlik sezgan holda uni komandirlar qatoriga qo`shishadi. Afinaning o`zida esa 400 lar hukumati yaxshi holatda emasdi. Shuning uchun oligarxlarning bir qismi Antifont boshchiligida kapitulyatsiya(qo`shinlarni olib chiqib ketish) yo`li biln bo`lsa-da Sparta bilan kelishuvga kirishni talab qilardi. Bu bilan ular yetishmayotgan quvvatni spartaliklardan olmoqchi edilar. Bunga boshqa guruh Feramen boshchiligida qarshilik qilardi. Afinadagi ichki inqirozdan foydalangan spartaliklar kanallarda (suv yo`llarida) operatsiyalarni boshlab yuborishdi. Ularning u yerda paydo bo`lishlarining o`ziyoq Afina ittifoqchilarining ajralib ketishi uchun yetarli edi va tez orada afinaliklar qo`lida Xersones Frakiyskiy va Osiyo qirg`oqlaridagi Lampsakgina qoldi. Afinaliklar uchun yana bir dahshatli zarba Evbeyaning boy berilishi bo`ldi–u yerga ular o`z domenlari sifatida qarashga o`rganib qolishgandi, u yer Attikadan kam bo`lmagan non berib turardi. Evbeyaning boy berilishi Afinaninyangi inqirozga olib keldi: 400lar hukumati quladi va boshqaruvga Feramenning konservativ ruhdagi guruhi keldi (eramizdan avvalgi 411-yil kuz). Endi yangi yo`nalish ishlab chiqildi(unga ko`ra hokimiyat o`sha 5mingtalar yig`iniga uzatilgandi). Bunga konservativ siyosat tarafdorlari bo`lgan Fukidid va Aristotel katta baho berishdi. Yangi hukumat Alkiviadga amnistiya haqida qaror qabul qildi va shu bilan flot bilan hamkorlikka yo`l ochdi. Uchta ketma-ket jangda Alkiviad va afinaliklar Peloponnes flotini yer tishlatishdi hamda kanallar(suv yo`llari) ustidan deyarli mutlaq nazoratni qo`lga olishdi. Afinada bu g`alabalardan ruhlangan xalq boshini ko`tardi va eramizdan avvalgi 410-yil bahorda demokratik tuzum to`laligicha tiklandi54. Ularning muvaffaqiyati sezilarli darajada Alkiviadning dadilligi va mahorati tufayli edi. Bu sarkardaning obro`si qaytadan orta boshladi. O`sh og`ir damlarda ko`plar an`anaviy yo`lda harakat qilayotgan siyostachilarga nisbatan ishonchlarini yo`qotgan edilar va xodolar suygan omadli sarkardagina Vatanni halokatdan saqlab qolishi mumkin degan fikrga kelishgan edi. Eramizdan avvalgi 407-yilda Alkiviad o`z yurtiga qaytdi va Afina xalqi tomonidan yuksak kutib olindi. U oltin chambarak bilan mukofotlandi va quruqlik va dengizdagi yakka qo`mondon etib tayinlandi. O`sha yilning so`ngidayoq 100ta trierdan iborat eskadraga bosh bo`lib Alkiviad Afinadan Ioniyani zabt etish uchunyo`lga chiqdi. Bu urada spartaliklar o`z flotlarini tiklab olishdi va Efesda afinaliklarni ham deyarli o`shanday eskadra kuttib turardi. Sparta flotining qo`mondoni mag`rurlik va shon-shuhratga intilishda Alkiviaddan qolishmaydigan mohir sardor Lisandr bo`ldi. U Kichik Osiyodagi yangi fors hukmdori–Sparta flotining ta`minotini o`z bo`yniga olgan – Kir Kichkina bilan yaxshi aloqalar o`rnatgan edi. Eramizdan avvalgi 406-yilning bahorida Alkiviadning vaqtinchalik yo`qligidan foydalangan Lisandr Afina flotini qisman talofot yetkazdi. Afinliklarga yetkazilgan zarar sezilarli darajada emasdi, biroq kayfiyati o`zgaruvchan demos Alkiviadga sovidi va u strateglikka qayta saylanmadi. Xafa bo`lgan Alkiviad Afinadan ketdi. Bu orada Sparta floti 140 ta trierga yetdi. Afina floti Lesbosdagi Mitelena bandargohida yakson qilindi. Afinada Akropoldagi ibodatxonalarda saqlangan qimmatbaho buyumlar pulga aylantirildi; bu pullar 110 ta trierdan iborat yangi flotni shakllantirishga sarflandi. Fuqarolar yetishmaganligi sababli unga meteklar va ozod qilingan qullar ham olindi. Bu flot Lesbosga yo`l oldi va Lesbos va materik orasodagi dahshatli to`qnashuvdan keyin peloponnesliklarni yakson qiladi. Ular kemalarining yarmidan ayrilishdi. G`alaba hal qiluvchi edi, biroq tushkunlikka tushgan Afina xalqi strateglarni zararlangan yoki cho`kayotgan o`z kemalaridagi dengizchilarni qutqarib olmaganlikda aybladi. Sudga kelgan hamma strateglar Afinada o`limga hukm qilindi. Boshqaruvdagi bu demosning bunday harakatlari qo`shin ruhiyatiga yomon ta`sir o`tkazdi: strateglar muhim va mas`uliyat talab etadigan qarorlarni qabul qilishga qo`rqib qolishdi. Eramizdan avvalgi 405-yilning bahorida Lisandr boshchiligidagi Sparta floti Gellespontda urush harakatlarini boshlab yubordi56. Afina strateglari Egospotama daryosining quyilish joyi yaqinidagi Xersones Frakiyskiy sohilida uncha omadli bo`lmagan pozitsiyani egallashdi. Lisandr qulay fursatni poylab kutilmagan da afinaliklarga hujum qildi. Afina kemalari qirg`oqda ekipajsiz turar edilar va spartaliklar ularni osongina egallashdi. Spartaliklar qo`liga ko`plab afinaliklar va mahalliy aholidan asir tushdi. Lisandr ular ichidan aynan Afina fuqarolarini ajratib olib(ular 3mingga yaqin edi) ularni qatl ettirdi. Egospotama yaqinidagi mag`lubiyat afinaliklar uchun katta falokat edi. Endi ularda yo`qotilganlarni tiklab olishning haech qanday imkoniyati qolmagan edi. Afina davlatining taqdiri hal bo`lgan edi. Afina mulklari bo`ylab Lisandr o`z reydini boshladi. Hamma shahrlarda haydab chiqarilayotgan Afina garnizonlarining o`rniga o`zinikilarni joylashtirdi hamda oligarxik hukumat –dekarxiya(10lar komiteti)ni o`rnatdi. Eramizdan avvalgi 405-yilning kuzida Lisandr 150ta kema bilan Afina yaqinida paydo bo`ldi. Bir vaqtning o`zida shahrga ikki tomondan spartalik piyoda qo`shinlar yaqin kela boshlashdi. Afina tor blokada halqasi bilan o`rab olingandi. Qish boshlarida shaharda ochlik boshlandi. Uning ta`siri bilan afinaliklar muzokaralar olib borishdi. Ammo spartaliklarning Afinani Pireya bilan bog`lab turgan Uzun devorlarni buzib tashlash talabi afinaliklarga oshib tushdi va muzokaralar to`xtib qo`yildi. Biroq eramizdan avvalgi 404-yilning bahorida qamaldagilarning ahvoli chidab bo`lmas darajaga keldinchlik tarafdorlari ustun kelishdi; Afina uchunjuda og`ir sharoitlarda tinchlik sulhigab kirildi. Ular barcha tashqi mulklaridan ayrilishdi, Uzun devorlarni buzishga va spartaliklarga barcha kemalarini, o`z bandargohlarini qaroqchilardan himoya qilishga yetarli 12 ta kemadan tashqari, topshirishga majbur bo`ldilar. Ularni barcha quvg`in qilinganlarni(demokratiya dushmanlarini!) qaytarib olishga majbur qilishdi; Afinaning tashqi siyosati butunlay Spartaga qaram bo`lib qoldi. Eramizdan avvalgi 404-yilning aprelida lisandr Afinaga kirib bordi va darhol g`oliblar xursandchiligida Uzun devorlar buzilishi boshlandi. Keyin Lisandr Samosga yo`l oldi. U yerda mahalliy demokratiya Afinaga chindan sodiq qolgan edi. Uzoq muddatli qamaldan so`ng samosliklar ham kapitulyatsiya qilishga majbur bo`ldilar va shu bilan Peloponnes urushi haqiqatdan o`z nihoyasiga yetadi.