Fonologiya so`z va so`zshakllar ma`nosini farqlash uchun xizmat qiladigan tovush turi – fonemalar o`rganiladigan bo`lim.
Orfoepiya bo`limida talaffuz me`yorlari o`rganiladi.
Grafika bo`limida har bir tilning yozuv va harflar tizimi o`rganiladi.
Orfografiya bo`limida to`g`ri yozishning qonun-qoidalari o`rganiladi.
Morfеmika bo`limida so`zlarning morfologik tarkibi, ya`ni o`zak va qo`shimchalar, ularning turlari o`rganiladi.
So`z yasalishida so`z yasash usullari o`rganiladi.
Grammatikada tilning grammatik qurilishi o`rganiladi. U ikki qismdan iborat:
morfologiyada so`z turkumlari o`rganiladi;
sintaksisda so`z birikmasi va gap turlari o`rganiladi.
Punktuatsiya bo`limida tinish bеlgilarini ishlatish qoidalari o`rganiladi.
Uslubiyat (stilistika) bo`limida nutq uslublari o`rganiladi.
LEKSIKOLOGIYA
1-§. Leksikologiya, uning o`rganish obyekti, vazifalari
Oldingi bo`limlarda ta`kidlanganidek, tilda mavjud bo`lgan so`zlar yig`indisi lug`at tarkibi yoki leksika deb yuritiladi. Lug`at tarkibni o`rganadigan bo`lim esa leksikologiya (yun. lexikos – lug`atga oid, logos – ta`limot) deb ataladi.
Lug`at tarkibiga mansub bo`lmish birlik so`z tilshunoslik fanining asosiy birligi bo`lib, u tilning boshqa bo`limlarida, jumladan, morfologiya, so`z yasalish va uslubiyat bo`limlarida ham o`rganiladi.
Morfologiyada so`zning qaysi leksik-grammatik guruhga mansubligi o`rganilsa, so`z yasalishi bo`limida u yasalgan yoki yasalmagan birlik sifatida tekshiriladi. Uslubiyat bo`limida esa so`z qo`llanish ma`qulligi yoki ma`qul emasligi jihatidan tekshiriladi.
Leksikologiya bo`limida so`zning ifodalagan ma`nosi, lug`at tizimida tutgan o`rni, kelib chiqishi, qo`llanish darajasi o`rganiladi. Bu bo`limda so`z lug`aviy birlik sifatida o`rganiladi. So`z muayyan tilning lug`at tarkibiga mansub bo`lganligi uchun leksikologiya mazkur tilning lug`at tarkibini tizim sifatida tekshiradi.
Yuqorida aytilgan fikrlarni inson so`zi misolida isbotlashga harakat qilamiz:
Morfologik nuqtai nazardan bu so`z quyidagi xususiyatlarga ega: 1) ot turkumiga tegishli;
turdosh ot, aniq ot, yakka ot; 3) bosh kelishikda; 4) birlikda.
So`z yasalish nuqtai nazaridan bu so`z quyidagi xususiyatlarga ega: 1) tub so`z; 2) sifat yasalishi uchun asos bo`la oladi: insoniy, insonparvar;
Uslubiyat nuqtai nazaridan bu so`z quyidagi xususiyatlarga ega: 1) kitobiy uslubda qo`llanadi; 2) hissiy-ta`siriy bo`yoqqa ega.
Leksikologiya nuqtai nazaridan bu so`z quyidagi xususiyatlarga ega: 1) lug`aviy manoga ega; ongli mavjudot; 2) bu so`z odam, kishi, bashar so`zlariga ma`nodosh hisoblanadi; 3) o`zbek tiliga arab tilidan kirib kelgan; 4) nisbatan faol so`z hisoblanadi;
Demak, tilnshunosliking har bir bo`limida so`zning turli qirralari tadqiq qilinar ekan. Ilmiy adabiyotlarda leksikologiya bir qancha turlarga bo`linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |