M. A. Hamrayev d. A. Muhamedova d. X. Shodmonqulova


-§. Murakkab qo`shma gap haqida ma`lumot



Download 1,05 Mb.
bet192/274
Sana07.11.2022
Hajmi1,05 Mb.
#861701
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   274
Bog'liq
M. A. Hamrayev d. A. Muhamedova d. X. Shodmonqulova

8-§. Murakkab qo`shma gap haqida ma`lumot


Qo`shma gaplar komponentlarning soniga ko`ra, ikki xil bo`ladi: 1) ikki komponentli qo`shma gaplar (bog`langan, ergashgan, bog`lovchisiz qo`shma gaplar), 2) ko`p komponentli (murakkab) qo`shma gaplar.


Ko`p komponentli (murakkab) qo`shma gaplar uch va undan ortiq komponentlarning mazmun va grammatik jihatdan birikishidan hosil bo`ladi.
Murakkab qo`shma gap tarkibidagi qismlar (komponentlar) o`zaro turlicha munosabatda bo`ladi. Shunga ko`ra, murakkab qo`shma gaplar quyidagi turlarga bo`linadi:

  1. Bog`langan qo`shma gap toifasidagi (bog`lanish yo`li bilan tuzilgan) murakkab qo`shma gap.

  2. Ergashgan qo`shma gap toifasidagi (ergashish yo`li bilan tuzilgan) murakkab qo`shma gap.

  3. Bog`lovchisiz qo`shma gap toifasidagi (bog`lovchi vositalarsiz tuzilgan) murakkab qo`shma gap.

  4. Aralash tipdagi tuzilgan murakkab qo`shma gap.



    1. Bog`langan qo`shma gap toifasidagi (bog`lanish yo`li bilan tuzilgan) murakkab qo`shma gaplar


Bog`langan qo`shma gap toifasidagi (bog`lanish yo`li bilan tuzilgan) murakkab qo`shma gap komponentlari (qismlari) o`zaro teng bog`lovchilar yoki teng bog`lovchilar vazifasidagi yuklamalar orqali sintaktik aloqaga kirishadi.


Bunday murakkab qo`shma gap, tarkibidagi komponentlarning bog`lanish usullariga ko`ra, shuningdek, ularning semantik munosabatlariga ko`ra, bog`langan qo`shma gapdan farq qilmaydi, lekin bunda komponentlar soni uch va undan ortiq bo`ladi. Masalan: Bugundan boshlab yotoq joylarda... yigitlardan bitta navbatchi qoldirildi-yu, boshqa hamma paxtaga chiqdi va terimchilar soni to`rt kishiga ortdi. (P.Qodirov).
Keltirilgan misolda 3 ta komponent murakkab qo`shma gap tarkibida qatnashib, birinchisi ikkinchisiga teng bog`lovchi vazifasidagi –yu yuklamasi bilan, ikkinchisi uchinchisiga va
bog`lovchisi bilan bog`langan. Bog`langan qo`shma gap toifasidagi murakkab qo`shma gapni quyidagi chizgi bilan ko`rsatish mumkin:
-yu, va



Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   274




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish