Muallif o`z nutqida boshqalar ifodalagan fikrlardan ham foydalanishi mumkin. Bunday fikrlar
ko`chirma gap, o`zlashtirma gap shaklida beriladi.
1-§. Ko`chirma gap
O`zgalarning hech o`zgarishsiz berilgan gapi ko`chirma gap deyiladi. Ko`chirma gapda ikki xil gap bo`ladi: ko`chirilgan gap va muallif gapi. Ikkalasi birgalikda ko`chirma gapli qo`shma gapni hosil qiladi. Muallif gapining kesimi dedi, deb so`radi, deb javob berdi, gapirdi, so`zladi, aytdi kabi fe`llar bilan ifodalandi. Ko`chirma gaplar so`zlashuv va badiiy uslublarda ko`p ishlatiladi. Ko`chirilgan gap muallif gapidan avval, undan keyin, uning ichida, uning ikki tomonida kelishi mumkin: "Mehnat ishtaha ochar", - deydi bobom. Cho`pondan so`radik: "Bu qo`ylar kimning qo`yi?" ―Men, - dedi u, - ertaga kelaman‖. Bosh injener nihoyatda bosiqlik bilan:
Bu gapga Xudoyqulovning aloqasi yo`q, - dedi.(J.Abd.)
§. Ko`chirma gapda tinish belgilarining ishlatilishi
Ko`chirilgan gap qo`shtirnoq ichiga olinadi, badiiy asarlarda tire bilan ajratib beriladi.
Ko`chirma gapda, ko`chirilgan gapning o`rniga qarab, tinish belgilarining ishlatilishi quyidagicha bo`ladi:
Ko`chirilgan gap darak gap bo`lib, muallif gapidan oldin kelsa, undan keyin vergul va tire qo`yiladi: "YUring, men o`sha tomonga boraman", - dedi Komila (badiiy asarlarda tire ishlatiladi). So`roq va undov belgilari qo`shtirnoq yopilmasdan oldin qo`yiladi.
Ko`chirilgan gap muallif gapidan keyin kelsa, muallif gapidan keyin ikki nuqta qo`yiladi: Bir kun Husayn Mirzo shipga qarab yotib, vazirlariga shunday debdi: - Olib keling! (―El desa Navoiyni‖)
Muallif gapi ko`chirilgan gap ichida kelsa, tinish belgilari quyidagicha qo`yiladi:
ko`chirilgan gapning uzilib qolgan qismida hech qanday tinish belgisi bo`lmasa yoki vergul yoxud ikki nuqta bo`lsa, bu belgilar tushirilib, muallif gapi har ikki tomondan vergul va tire bilan ajratiladi: "Hazrat, - debdi Xudoyberdi unga qarab, - tandirni qurolmadim". (―El desa Navoiyni‖)
ko`chirilgan gapning uzilib qolgan qismidan so`ng nuqta qo`yish lozim bo`lsa, muallif gapidan oldin vergul va tire, muallif gapidan so`ng esa nuqta qo`yiladi: "Noyib to`raning gaplaridan bilinadi o`zi, dedi Miryoqub. – Siz bo`lgan gaplarni aytib bering". (CH.)
ko`chirilgan gapning uzilib qolgan qismidan so`ng so`roq yoki undov belgisi qo`yish lozim bo`lsa, muallif gapidan avval o`sha belgi va tire qo`yiladi, muallif gapidan so`ng nuqta va tire qo`yilib, ko`chirma gapning davomi bosh harf bilan boshlanadi: "Xadichaxon ko`zlarini ayyorlik bilan o`ynatib turib, kundoshiga qaradi: - Gapni eshitayotirsizmi? – dedi. – Ertaga biznikiga shaharlik mehmonlar kelishar ekan!".(CH.)
Ko`chirilgan gap muallif gapining o`rtasida kelsa, tinish belgilari quyidagicha qo`yiladi:
muallif gapining uzilib qolgan qismining oxiriga ikki nuqta qo`yilib, ko`chirilgan gap qo`shtirnoq ichiga olinadi; ko`chirilgan gapdan keyin vergul va tire qo`yilib, keyin muallif gapining davomi yoziladi: Saodat: "Biz ham astoydil mehnat qildik", - dedi.
ko`chirilgan gap so`roq yoki his-hayajon gap bo`lsa, ularning belgilari qo`shtirnoq ichida bo`ladi: O`qituvchimiz : "Sen qaysi badiiy kitoblarni o`qib chiqqansan?" - deb so`radilar.
Ko`chirma gaplar hamsuhbatlarning luqmasi tarzida ifodalanganida yozma nutqda har bir luqmadan avval tire qo`yiladi. Bu luqmalarda muallif gapi bo`lmaydi: - Shaharda qarindoshingiz bormi? - Yo`q.
Do'stlaringiz bilan baham: |