M. A. Azizov umumiy gigiyena va ekologiya tibbiyot kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma To‘rtinchi nashri


Infraqizil radiatsiya biologik ta’siriga ko‘ra uzun to‘lqinli (to‘lqin uzunligi 1500—25000 nm) va qisqa to‘lqinli (to‘lqin uzunligi 760—1400 nm) bo‘ladi



Download 422,93 Kb.
bet30/194
Sana19.04.2022
Hajmi422,93 Kb.
#562579
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   194
Bog'liq
GIGENA fan

Infraqizil radiatsiya biologik ta’siriga ko‘ra uzun to‘lqinli (to‘lqin uzunligi 1500—25000 nm) va qisqa to‘lqinli (to‘lqin uzunligi 760—1400 nm) bo‘ladi.
Uzun to‘lqinli nurlar terining yuza qavati tomonidan yutiladi va bu to‘qimalarning qizishiga, terida achishish holatlari bo‘lishiga olib keladi. Qisqa to‘lqinli infraqizil nurlar terining chuqur qavatlariga singib, subyektiv sezgilar kamroq ifodalangan to‘qimalarning bir tekisda qizishini yuzaga keltiradi. Ko‘rin- maydigan infraqizil nurlar uzoq vaqt mobaynida ta’sir qilganda badanning kuyishi va umumiy qizib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin. Qisqa to‘lqinli infraqizil radiatsiya ishlab chiqarish sharoitlarida ko‘z shox pardasining kataraktalar ko‘rinishidagi o‘zgarishlarini keltirib chiqarishi mumkin. Infraqizil radiatsiya- ning issiqlik va og‘riqni qoldiruvchi ta’siridan tibbiyot amaliyotida yallig‘lanish jarayonlarida keng foydalaniladi.
Ultrabinafsha radiatsiya ta’siri ostida kalsiferol (D vitaminni) sintez qilinadi. Bu spektr ultrabinafsha nurlarining ta’siri yetarli bo‘lmasa, fosfor, kalsiy almashinuvi, qon yaratilishi, kapillar mustahkamligi buziladi. Bolalarda raxit kasalligi rivojlanadi. Katta yoshli odamlarda suyaklarning mo‘rtligi kuzatiladi, singan suyaklar yomon va sekin bitadi, tishlar oson yemiriladi. Bunday holat «Yorug‘lik yetishmasligi» deb ataladi. Bu hodisalar konchilarda, shamolda yashovchi odamlarda kuzatiladi. Bunday holatlarni profilaktika maqsadida aytib o‘tilgan shaxslarni mun- tazam ravishda maxsus fotariylarda ultrabinafsha radiatsiyasining




sun’iy manbalari bilan nurlantirish va ularga kalsiferol ichirish tavsiya etiladi.
Ultrabinafsha radiatsiya mikroorganizmlarga halokatli ta’sir ko‘rsatadi, mikroblar bir necha minutdan bir necha soatgacha bo‘lgan vaqt mobaynida nobud bo‘ladi. Sun’iy ultrabinafsha nurlarning bakteritsid (bakteriyalar o‘ldiruvchi) ta’siridan havo, suv, sut va boshqalarni zararsizlantirishda foydalaniladi. Deraza oynalari va ularda yig‘iladigan chang xonalarda ultrabinafsha radiatsiyasining susayishiga olib keladi, shuning uchun ham ularni yuvib turish kerak. Hozir ultrabinafsha nurlarni o‘tka- zadigan uviol oynalar ishlab chiqarilmoqda. Aytib o‘tish kerakki, intensiv ultrabinafsha radiatsiyasi ruhiy holatning yomonlashuvi, gavda temperaturasining ko‘tarilishi, shish va ekssudatsiya bilan o‘tadigan dermatitlarni keltirib chiqarishi mumkin. Ko‘zga ultrabinafsha nurlar ta’sir qilganda fotooftalmiya (konyunktiva giperemiyasi va shishishi, blefarospazm, ko‘zdan yosh oqishi, yorug‘likka qaray olmaslik) rivojlanadi. Bunday zararlanishlar arktik va baland tog‘li tumanlarda va elektr payvandlash paytida kuzatiladi.

Download 422,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish