§. HAVONING FIZIK XOSSALARI VA ULARNING GIGIYENIK XARAKTERISTIKASI
Tashqi muhitning odamga doimiy ta’sir ko‘rsatadigan omillariga havoning temperaturasi, namligi, harakati, atmosfera bosimi va havo ionizatsiyasi kiradi. Shuni ta’kidlash kerakki, bu omillar atmosfera havosi kimyoviy tarkibining barqarorligidan farqli ravishda dinamik (o‘zgaruvchan) bo‘ladi va ularning ko‘pchiligi organizmga kompleks holda ta’sir ko‘rsatadi.
Temperatura. Quyosh nuri atmosferadan o‘tayotganda uni amalda qizdirmaydi. Havoning isishi quyosh radiatsiyasini yutuvchi va bir shakldan ikkinchisiga aylantiruvchi (transfor- matsiya qiluvchi) tuproqning issiqlikni qaytarishi hisobiga yuz beradi. Iligan havo sovuqroq havo qatlamlariga o‘rnini bo‘shatib, yuqoriga ko‘tariladi. Bu havo massalarining aralashishi (konvek- siyasi)ni keltirib chiqaradi va yer yuzasidagi atmosfera qatla- mining bir tekis qizishiga imkon yaratadi. Atmosfera sharoitida havoning temperaturasi iqlim zonasi, mavsum, kun vaqti, quyosh radiatsiyasining intensivligi va boshqalarga bog‘liq holda o‘zga- radi. Havo temperaturasining gigiyenik ahamiyati uning orga- nizmdagi issiqlik almashinuviga ta’siri bilan belgilanadi. Tashqi muhitga issiqlik berilishining uch asosiy yo‘li bor: teri yuzasidan ter bug‘lanishi (l g ter bug‘langanda organizm 2,5 kJ atrofida yo‘qotadi); issiqlikning nurlanish yo‘li bilan sovuqroq pred- metlar tomoniga uzatilishi; teriga yondashib turadigan havo qatlamlarining bevosita qizishi hisobiga bo‘ladigan konveksiya. Oz miqdordagi issiqlik nafas olishda (nafas chiqarilganda havo deyarli gavda temperaturasiga qadar qizigan bo‘ladi) va ajratuv a’zolari orqali beriladi.
Uy temperaturasida organizm tinch holatdagi sharoitda nurlanish hisobiga 45%, konveksiya hisobiga 30% va ter bug‘lanishi hisobiga 25% issiqlik yo‘qotadi.
Havo, devorlar va tevarak-atrofdagi predmetlar temperaturasi oshganda konveksiya va nurlanish yo‘li bilan issiqlik berish kamayib, bug‘lanish yo‘li bilan issiqlik berish ortadi. Yuqori temperaturada og‘ir jismoniy ish qilinganda ajratiladigan ter miqdori kuniga 6—10 1 ga yetishi mumkin. Havoning juda past temperaturasi ta’sir qilganda nurlanish va konveksiya yo‘li bilan issiqlik berish ancha ortib, bug‘lanish yo‘li bilan issiqlik yo‘qotish kamayadi.
Temperatura keskin va uzoq vaqt o‘zgaraveradigan bo‘lsa, qizib ketish (havo temperaturasi yuqori bo‘lganda) yoki sovib ketish (havo temperaturasi past bo‘lganda) hollarini keltirib chiqaradi.
Namlik. Suv bug‘lari atmosferaga dengiz, okean, ko‘l va daryolardan suvning bug‘lanishi natijasida tushadi. Yashash joylarida namlikning o‘pka va teri yuzasidan ovqat tayyor- langanda, kir yuvganda, quritganda va boshqalarda bug‘lanishi qo‘shimcha namlik manbayi bo‘lib xizmat qiladi. Namlik deganda havoda mavjud suv bug‘lari miqdori tushuniladi. Havo temperaturasiga o‘xshab namlik ham iqlim zonasi va mavsumga qarab o‘zgaradi.
Havoda suv bug‘larining miqdori ularning elastikligi bilan o‘lchanadi (simob ustuni hisobidagi millimetrlarda) yoki l m3 havodagi suv bug‘larining gramm miqdorida ifodalanadi. Havo- ning namlik darajasi absolut, maksimal va nisbiy namlik tushun- chalari bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |