M. A. Azizov umumiy gigiyena va ekologiya tibbiyot kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma To‘rtinchi nashri


Atmosfera havosi ifloslanishiga qarshi kurash chora-tadbirlari shartli ravishda texnologik, rejalashtiruvchi va sanitariya-texnik guruhlarga bo‘linishi mumkin



Download 422,93 Kb.
bet25/194
Sana19.04.2022
Hajmi422,93 Kb.
#562579
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   194
Bog'liq
GIGENA fan

Atmosfera havosi ifloslanishiga qarshi kurash chora-tadbirlari shartli ravishda texnologik, rejalashtiruvchi va sanitariya-texnik guruhlarga bo‘linishi mumkin.
Texnologik chora-tadbirlar texnologik jarayonni almashtirish yo‘li bilan zararli moddalarni atmosferaga chiqarib tashlashni kamaytirish yoki yo‘q qilishni nazarda tutadi. Bu chora- tadbirlarga zararli moddalarni kamroq zararlilariga almashtirish, xomashyoni zararli aralashmalardan tozalash, quruq qayta




ishlashni ho‘l qayta ishlash bilan almashtirish, ishlab chiqarish jarayonlarini germetizatsiyalash va avtomatlashtirish, chiqindisiz ishlab chiqarishni joriy qilish va boshqalar ham kiradi. Yuqorida ko‘rsatilgan chora-tadbirlar majmuyidan foydalanish ko‘proq samaralidir.
Rejalashtiruvchi chora-tadbirlar, asosan, shahar hududini shamollar yo‘nalishini hisobga olgan holda (odatda, sanoat zonalari yashash massivlariga nisbatan shamol yo‘nalishida joylashtiriladi), ishlab chiqarish va yashash zonalariga to‘g‘ri taqsimlashni, ishlab chiqarish korxonalarini yashash binolaridan ajratib turadigan sanitariya-himoya zonalarini yaratishni o‘z ichiga oladi. Sanitariya-himoya zonalari uchun quyidagi o‘l- chamlar belgilangan:

  1. klass sanitariya-himoya zonasining kengligi 1000 m.

  2. klass sanitariya-himoya zonasining kengligi 500 m.

  3. klass sanitariya-himoya zonasining kengligi 300 m.

  4. klass sanitariya-himoya zonasining kengligi 100 m.

  5. klass sanitariya-himoya zonasining kengligi 50 m.

Sanitariya-himoya zonalari gazlar ta’siriga chidamli o‘sim-
liklar bilan ko‘kalamzorlashtirilishi lozim.
Sanitariya-texnik chora-tadbirlar sanoat chiqindilarini ishlash prinsipi hamda chang va gazlarni ushlab qolish xususiyatlari bilan farq qiluvchi tozalash inshootlari yordamida tozalashni ko‘zda tutadi.
Ularga quruq mexanik chang ushlagichlar, filtrlar, elektrostatik filtrlar va ho‘l usulda tozalash apparatlari kiradi. Oddiy chang ushlovchi qurilma siklon bo‘lib, unda havo aylanma harakat qiladi va markazdan qochma kuch ta’siri tufayli chang zarrachalari kamera devorlariga uriladi va cho‘kadi. Havoni tozalash uchun turli filtrlardan foydalaniladi. Ulardagi filtrlovchi yuza esa turli gazlamalar va gaz bilan ho‘l tozalash hisoblanadi.
Bu turdagi juda oddiy qurilmalarda havo kameraga beriladi va u ho‘l shag‘alli to‘rdan o‘tayotganda tozalanadi. Sanoat chiqindilarini gazsimon moddalardan tozalashning maxsus usullari bor.
Atmosfera havosining transport vositalaridan ifloslanishiga qarshi kurash chora-tadbirlari shaharlarni to‘g‘ri rejalashtirishni va obodonlashtirishni, temiryo‘llarni elektrlashtirishni va shu kabilarni ko‘zda tutadi.





  1. Download 422,93 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish