1-rasm. Shamollar guli.
- M.A. Azizov
33
mavzelaridagi atmosfera havosi ifloslanishi mumkin. Turarjoy mavzelarini sanoat korxonalariga nisbatan shamol esadigan tarafda joylashtirish kerak.
Atmosfera bosimi. Yerning tortish kuchi tufayli atmosfera yerdagi predmetlarga va yer yuzasiga bosim ko‘rsatadi. Dengiz sathida har bir santimetr kvadrat yer yuzasiga 1,033 kg ga yoki balandligi 760 mm simob ustuniga (normal bosim) teng bo‘lgan vertikal havo ustuni bosib turadi.
Yer yuzasidagi atmosfera bosimining tebranishlari kecha- kunduz mobaynida va yilning turli mavsumlarida juda past bo‘lib, sog‘lom odamga sezilmaydi. Biroq, kasal odamlarda ob-havo almashinuvi oldidan og‘riqlar kuchayadi, nevralgiya paydo bo‘ladi, eski jarohatlar simillab og‘riydi. Shaharlarda atmosfera bosimi ochiq joylardagiga qaraganda past. Bosimning pasayishi kislorod parsial bosimining kamayishi bilan o‘tadi, bu esa balandlik kasalligi deb ataladigan kasallik paydo bo‘lishiga olib keladi.
Bu kasallik uchun nafas qisilishi, yurak urishi, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, burundan qon ketishi va boshqalar xosdir. Balandlik kasalligi tog‘larga chiqqanda va uchishlarda paydo bo‘lishi mumkin. Alpinistlar, uchuvchilar, tog‘lik joylardagi aholining chiniqqan organizmi kislorod kam bo‘lgan sharoitlarga eritrotsitlar va gemoglobin sonini oshishi, nafas olishning tezla- shuvi va boshqalar hisobiga moslashadi (organizmning kom- pensator reaksiyasi deb shunga aytiladi). 8—10 km balandlikda mushaklarda va bo‘g‘imlarda og‘riq paydo bo‘lishi mumkin. Bu holning oldini olish uchun uchishlar skafandrlarda yoki germetik kabinali samolyotlarda amalga oshiriladi.
Kesson va kon ishchilari, g‘avvoslar yuqori atmosfera bosimi ta’siriga uchraydilar. Suvga tushilganda har 10,3 m chuqurlikda bosim taxminan 1 atm ga ortadi.
Ma’lumki, normal atmosfera bosimida 100 sm3 qonda qariyb 1,8 sm3 azot eriydi. Atmosfera bosimi ortishi bilan qonda erigan azot miqdori oshadi, shu tufayli to‘qimalarning azot bilan to‘yin- ganligi ham ortadi. Yuqori bosimdan normal bosimga o‘tilganda azot parsial bosimning farqi tufayli to‘qimalardan qonga o‘tadi va o‘pka orqali ajralib chiqadi. Tez sodir bo‘ladigan dekomp- ressiyalarda (bosim pasayganda) tashqi muhitdagi azotning parsial bosimi bilan organizm to‘qimalarida erigan azotning parsial bosimi o‘rtasidagi farqning kattaligi tufayli to‘qimalardagi
azot jadal ravishda pufakchalar hosil qilib, qonga ajralib chiqadi, natijada turli organlarda gaz emboliyasi (kesson kasalligi) kelib chiqishi mumkin. Kasallikni profilaktika qilishning mohiyati ish vaqti davomliligini normallashtirish va dekompressiya rejimini saqlashdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |