M. A. Azizov umumiy gigiyena va ekologiya tibbiyot kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma To‘rtinchi nashri


Biroz yozgandan so‘ng ko‘z, qo‘l, bel mushaklari, ayniqsa kichik yoshdagi o‘quvchilarda tez charchaydi. Shuning uchun



Download 422,93 Kb.
bet149/194
Sana19.04.2022
Hajmi422,93 Kb.
#562579
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   194
Bog'liq
GIGENA fan

Biroz yozgandan so‘ng ko‘z, qo‘l, bel mushaklari, ayniqsa kichik yoshdagi o‘quvchilarda tez charchaydi. Shuning uchun

  1. 6 yashar bola 5 minutgacha, 7—10 yoshda 10 minutgacha, 10—12 yoshda 15 minutgacha, 12—15 yoshda 20 minutgacha, 15—18 yoshda 25—30 minutgacha yozishi kerak. Bu rasm va chizma ishlari uchun taalluqli.

Ko‘zga yaqin tutib o‘qish tufayli ko‘zdagi akkomodatsiya mushaklari hamda harakatlantiruvchi mushaklar zo‘riqadi.
O‘qish paytida ko‘z bilan kitob orasidagi masofa 30 sm dan kam bo‘lmasligi kerak. Ko‘z charchab qolmasligi uchun har 20—30 minutlik o‘qishdan so‘ng 1—2 minut tanaffus qilib, uzoq- uzoqlarga, yashil daraxtlarga qaralsa, ko‘z ichi bosimi pasayib, ko‘z dam oladi.
Birinchi sinf o‘quvchilarining darsga moslashishi uchun bi- rinchi yarim yillikda darslar muddatini kamaytirish maqsadga muvofiqdir. 5—6 yashar bolalarning funksional imkoniyatlariga ko‘ra o‘quv yilining ikkinchi yarmida darslar muddati asta-sekin




qo‘shilib borishi kerak, sentabr, oktabr oylarida 30 minutli 3 ta darsdan, noyabr, dekabrda 4 ta darsga, ikkinchi 2 yarim yillikda 35 minutlik 4 ta darsga o‘tiladi. Shunda bolaning fiziologik faoliyati va o‘zlashtiruvchanligi butun o‘quv yili davomida bir maromda saqlanib turadi.
O‘quv mashg‘ulotlari maktab o‘quvchilarining organizmiga (o‘qishning boshlang‘ich davrlarida) ma’lum talablar qo‘yadi. Shuning uchun o‘quv muddati bolalar yoshi imkoniyatlariga mos kelishi zarur. Kichik yoshda ish qobiliyatli darslar boshlangan vaqtdan hisoblaganda 1,5 soatdan keyin, o‘rta va katta maktab yoshida esa 2—3 soatdan so‘ng qobiliyati pasaya boshlaydi, ayniq­sa, 6-darsga kelib keskin pasayib ketadi.
Shu munosabat bilan darslarni qancha davom etishi o‘quv jarayonini gigiyenik jihatdan tashkil etishning muhim omili hisoblanadi. Jahonning turli mamlakatlarida, shu jumladan, bizning mamlakatimizda o‘qitish yuzasidan to‘plangan ko‘p yillik tajriba 45 minutlik darsni eng qulay muddat deb e’tirof etadi. Biroq, dars to‘g‘ri tashkil etilgan taqdirdagina bu muddat samarali natija berishi mumkin. Psixologlarning ma’lumotlariga qara- ganda, 6—10 yashar bola 20 minut atrofida, 10—12 yashar bola 25 minut atrofida diqqatini bir joyga to‘plab o‘tirishi mumkin. Mana shu tadqiqotlar darslarning ish turlarini almashinib tura- digan qilib, alohida tuzish zarurligini tasdiqlaydi. Bir turdagi faoliyatdan boshqa bir turdagi faoliyatga o‘tilganida ishda biroz to‘xtalish, go‘yo kichik bir tanaffuslar bo‘ladi. Ba’zi darslarda bu kichik tanaffuslar birmuncha uzoqroq bo‘lishi va jismoniy hordiq lahzalari ko‘rinishida o‘tkazilishi kerak. Mana shunday tanaffuslardan keyin bolalarning mashg‘ulotlarga yana bajonidil kirishib ketishlari ko‘pdan-ko‘p kuzatuvlardan ma’lum.
Maktab ta’limini gigiyenik jihatdan tashkil etishda darslarning soni katta ahamiyatga ega. Amaldagi o‘quv rejasiga muvofiq 1—3, sinflarda kuniga 4 tadan, 4-sinfda 4—5 tadan, 5—9-sinflarda kuniga 5—6 tadan, 10—11-sinflarda 6 tadan dars o‘tish ko‘zda tutiladi.
Ta’limni to‘g‘ri tashkil etish uchun kun va hafta davomida darslarni taqsimlash, boshqacha aytganda, dars jadvalini to‘g‘ri tuzish juda muhim ahamiyatga ega. Xo‘sh, maktabda darslarni tuzishda qanday gigiyena asoslari hisobga olinishi kerak?

Download 422,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish