M. A. Azizov umumiy gigiyena va ekologiya tibbiyot kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma To‘rtinchi nashri


O‘quvchining ish qobiliyati, darslarni o‘zlashtirish darajasi ko‘p jihatdan dars jadvalining gigiyenik talablariga muvofiq



Download 422,93 Kb.
bet150/194
Sana19.04.2022
Hajmi422,93 Kb.
#562579
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   194
Bog'liq
GIGENA fan

O‘quvchining ish qobiliyati, darslarni o‘zlashtirish darajasi ko‘p jihatdan dars jadvalining gigiyenik talablariga muvofiq




tuzilganligiga bog‘liq. O‘zlashtirishning oson va qiyinligiga qarab, hamma fanlar shartli ravishda juda qiyin, o‘rtacha va oson fanlarga bo‘linadi. Birinchi juda qiyin fanlarga: fizika, kimyo; o‘rtacha qiyinlikdagi fanlarga: tarix, tabiatshunoslik, ona tili, adabiyot, geografiya; o‘zlashtirish oson bo‘lgan fanlarga: jismoniy tarbiya, mehnat, ashula, rasm kabi fanlar kiradi. O‘qish kunining birinchi soatida, ertalabki vaqtda endigina o‘qishga o‘rgangan o‘quvchining miya hujayralarining ish qobiliyati deyarli pastroq bo‘ladi. Shuning uchun bu soatga o‘zlashtirilishi o‘rtacha qiyin­likdagi fanlar qo‘yilishi tavsiya etiladi. 4-soatda esa o‘quvchilarda charchash belgilari paydo bo‘la boshlaydi, shuning uchun dars jadvalining 4-soatiga aqliy mehnat, chuqur fikrlash talab qilmay- digan fanlar (jismoniy tarbiya, mehnat, rasm, ashula) qo‘yilishi ish qobiliyatining yana oshishiga imkon beradi va nihoyat

  1. 6-soatlarga o‘rtacha qiyinlikdagi (tarix, tabiatshunoslik, geogr­afiya, ona tili va adabiyot) fanlari qo‘yilsa, ularni o‘zlashtirish yaxshi bo‘ladi.

O‘quvchilarning o‘zlashtirishi hafta davomida ham o‘zgarib turadi. Dam olish kunidan keyin birinchi o‘qish kunida o‘quvchi organizmi hali ishga to‘liq safarbar qilinmagan bo‘ladi. Shuning uchun ham qiyin fanlar iloji boricha birinchi o‘qish kuniga qo‘yilmasligi kerak. 2—3-o‘qish kunlari organizmning ish qobiliyati eng yuqori darajada bo‘ladi va qiyin fanlar hamda kontrol ishlar shu kunlarda o‘tkazilgani ma’qul. 4-o‘qish kunidan boshlab organizmning ish qobiliyati pasaya boshlaydi, lekin o‘qishning 6-kuni ko‘rsatkichlarning deyarli pasaygani qayd qilinmaydi. O‘tgan asrda Kamzis o‘quvchilarda chorshanba kuni darsni o‘zlashtirish qobiliyatining pasayganini aniqlagan. Lekin bizning olimlarimizning keyingi yillarda olib borgan tadqi- qotlariga ko‘ra, o‘quvchilarda darslarni o‘zlashtirish qobiliyati­ning pasayishi payshanba kuniga to‘g‘ri kelar ekan.
Bundan kelib chiqadiki, agar 4-o‘qish kuni dars jadvaliga harakatlanish bilan bog‘liq bo‘lgan yengil fanlar qo‘yilsa, tarbiya- viy soat va ekskursiyalar shu kunda o‘tkazilsa, o‘quvchilar dam oladi, natijada 5—6-o‘qish kunlarida ularning ish qobiliyati anchagina tiklanadi, natijada dars jadvaliga beshinchi va oltinchi o‘qish kunlari qiyinroq fanlar qo‘yilishiga imkon yaratiladi.
Mehnat va jismoniy tarbiya darslariga ish qobiliyati pasaya- digan paytlarni ajratgan ma’qul. Boshlang‘ich sinflarda mehnat darsini uchinchi darsda, 5—7-sinf o‘quvchilarining ustaxo-





Download 422,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish