Bolalar bilan mashg‘ulot o‘tkazish uchun stollarni qo‘yishda quyidagi talablarga rioya qilish zarur:
stollar chapdan yorug‘lik tushadigan, oynali tomonga qo‘yilishi;
ikki o‘rinli stollar 3 qatordan oshmasligi;
stollar orasidagi oraliq masofa 0,5 metrdan kam bo‘l- masligi;
devorlarga osilgan taxtaning sathi 0,71—1,5 metr bo‘lishi kerak.
15 — M.A. Azizov
225
Jihozlar va mebellar xonalarda shunday joylashtiriladiki, bolalarning bexavotir o‘ynashlari uchun xonadan ortiqcha va qo‘pol buyumlarni chiqarib tashlash kerak.
Hojatxonalardagi unitazlarning balandligi 3—5 yoshli bolalar uchun 55 sm va kattaroq bolalar uchun 65 sm, jo‘mragining balandligi tegishlicha 65—75 sm bo‘lishi kerak.
Sochiqlar uchun ilgaklar yerdan 90 sm balandlikka o‘rnatiladi. Tuvaklarni qo‘yish uchun maxsus xonachalari bor javonlar 3 yoshgacha bo‘lgan har bir bola uchun alohida mo‘ljallangan bo‘ladi.
Hojatxona unitazining yerdan balandligi 3—5 yoshli bolalar uchun 25 sm va yoshi birmuncha kattaroq bolalar uchun 30 sm qilib o‘rnatilgani ma’qul.
Bundan tashqari, bolalar vannalari va dush tagligi, kattalar uchun unitaz, tuvaklar yuvish uchun jo‘mrak, artib-tozalashda ishlatiladigan buyumlarni saqlash uchun shkaf bo‘lishi kerak.
O‘yinchoqlar, ularga qo‘yiladigan gigiyenik talablar. O‘yin- choqlar kichkintoylarning to‘g‘ri rivojlanishi uchun juda muhim. O‘yinchoqlar bolaning tashqi dunyo tasavvurini, nafosat olamini boyitadi. O‘rtoqlik hissini tarbiyalashga, kayfiyatining yaxshi bo‘lishiga, hayotiy tonusning ko‘tarilishiga yordam beradi. Bolalar bo‘sh vaqtlarida qiziqarli o‘yinlar va foydali mashg‘ulotlar bilan band bo‘lishlari kerak.
Bolaning birinchi o‘yinchog‘i o‘zining qo‘llari hisoblanadi. Bola qo‘llariga tikilib, uni o‘ynatadi. 6—8 haftalik bola uchun hech qanday o‘yinchoqning hojati yo‘q, chunki qo‘llarining o‘zi uning uchun o‘yinchoq. Hayotining birinchi yillarida, ayniqsa, dastlabki oylarida bolaga ko‘ruv va eshituv analizatorlarini rivojlantirishga yordam beradigan o‘yinchoqlar o‘ynash tavsiya etiladi. Shu maqsadda bolaning krovati tepasiga ko‘kragidan 60—70 sm balandga ochiq rangli shiqildoqlar, halqa, puflangan sharlarni osib qo‘yish, u bilan gaplashib turish, turli o‘yin- choqlarga diqqatini tortish kerak.
Bola 7 oylik bo‘lib, emaklay boshlaganda, o‘yinchoqlar uning harakatini rag‘batlantiradi. Shu maqsadda katta ayiqchalar, qichqiradigan xo‘roz, yaltiroq katta koptoklardan foydalanish mumkin. Bu o‘yinchoqlarni ma’lum masofaga qo‘yib qo‘yiladi. Bola o‘yinchoqlarni olish uchun o‘sha tomonga emaklaydi, unga yetib olgach quvonadi. Bola 8 oyligida bemalol o‘tiradi, o‘yinchoqlari bilan uzoq vaqt davomida mustaqil ishlaydi,
Do'stlaringiz bilan baham: |