yashar bolaning jismoniy va asab-ruhiy jihatdan zo‘r berib rivojlanishi, tayanch-harakat apparatining, ayni vaqtda, hayotiy
muhim a’zolarini idora etib turadigan asab sistemasining rivojlanishi tufayli takomillashishi organizmning tashqi muhit bilan aloqasini mustahkamlab, maktabgacha tarbiya yoshidan boshlab bolalarni mehnatga o‘rgatishga imkon beradi.
Maktabgacha tarbiya va kichik yoshdagi bolalar juda serharakat bo‘ladilar, biroq harakatlari hali yaxshi uyg‘un- lashmagan bo‘ladi va shu sababdan ortiqcha kuch sarflaydilar. Mehnat faoliyati yoki jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini tashkil etishda asosiy harakatlarning uyg‘unlashuvini mukammal- lashtirishga yordam beradigan mashqlarni tavsiya etish o‘rinli bo‘ladi.
Bolaning anatomik-fiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda gigiyena tadbirlarini qo‘llash bolaning o‘sishiga hamda rivojlanishiga yordam beradi.
§. BOLALAR MUASSASALARI YER UCHASTKASIGA NISBATAN QO‘YILADIGAN GIGIYENIK TALABLAR
Maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalari bolalarning yashash joyi yoki qaramog‘ida bo‘lgan sanoat korxonalariga yaqinroq joyda bo‘lgani ma’qul. Shuningdek, yer uchastkasi shovqin, chang, bozor, kinoteatr hamda odamlar to‘planadigan joylardan, zavod-fabrikalardan uzoqroq, yashil, ko‘kalamzor, ozoda joyda joylashishi kerak.
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun hamda qurilish bir- biridan ajratilgan guruhlar shaklida bo‘lishi kerak. Bunda har bir guruh bir-biridan mutlaqo ajratilgan bo‘lishi ta’minlanadi. Bu xilda o‘ziga xos loyihalashtirish bolaning davriy rivojlanishini, ya’ni yuqumli kasalliklarga nisbatan aktivligini hisobga olingan- ligini bildiradi.
Bolalarni, ayniqsa, maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy rivojlanishi uchun havo toza bo‘lishi kerak. Shuning uchun bolalar muassasalarining atrofiga daraxtlar ekilgan, sanoat korxonalaridan yiroq bo‘lishi zarur. Maydonni shunday loyiha- lash kerak-ki, unda tarbiya-sog‘lomlashtirish ishlari ochiq havoda olib boriladigan bo‘lsin. Shuning uchun maydon har bir guruh uchun atrofi butazor daraxtchalar bilan ajratilgan, sathi 130 m2 dan kam bo‘lmagan yer maydonini tashkil qilib, bunda shu guruh bolalari jismoniy tarbiya, o‘yin bilan shug‘ullanadilar. Bu yerda
qumli yashiklar (1,5x1,5 yoki 2x2 m) bo‘lishi kerak. Bu yashiklar ichida kichkina stol va stullar hamda kichik tumbochka bo‘lishi kerak. Qumli yashiklar salqin joyga qo‘yiladi va har oyda qum yangilanib turiladi. Iflos narsalar tushmasligi uchun kechqurun ustini berkitib qo‘yiladi. Maydonda jismoniy tarbiya ishlarini olib borish uchun har xil moslamalar — narvonchalar, pog‘onalar, arg‘imchoqlar va boshqalar bo‘lishi lozim.
Maydon markazida (chuqurligi 25 sm) oqar suvli hovuzcha bo‘lishi tavsiya etiladi. Bunday hovuzchalarni qurish imkoni bo‘lmaganda polietilen (puflanadigan) sun’iy chuqurchalardan foydalanish mumkin. Xo‘jalik bo‘limi bolalar maydonidan alohida, yo‘lagi ham alohida joylashtiriladi. Maydon asfaltlanadi yoki shibbalab shag‘al solinadi. Bo‘lim asbob-uskunalar, oziq- ovqatlarni saqlashga moslab quriladi.
§. BOLALAR MUASSASALARINI JIHOZLASH GIGIYENASIGA NISBATAN QO‘YILADIGAN TALABLAR
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga mo‘ljallangan mebellar bolalar organizmining anatomik-fiziologik ehtiyojlariga, tarbiyaviy-sog‘lomlashtirish jarayonlarining tabiatiga mos kelishi, yengil, mustahkam, pishiq, arzon, tozalash qulay bo‘lishi lozim. Usti tekis, toza, suvga chidamli, loklangan va emulsiya qoplangan bo‘lishi lozim. Mebellar (stullar, stollar, karavotlar, shkaflar) bola gavda tuzilishining asosiy ko‘rsatkichlariga va «Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar mebel o‘lchovlari» talablariga mos kelishi zarur.
Bolalar o‘z shkafchalarini, stullarini, stol va krovatlarini adash- may topishlari uchun mebellarga turli hayvonlar yoki o‘sim- liklarning rasmi yopishtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |