M. A. Azizov umumiy gigiyena va ekologiya tibbiyot kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma To‘rtinchi nashri



Download 422,93 Kb.
bet141/194
Sana19.04.2022
Hajmi422,93 Kb.
#562579
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   194
Bog'liq
GIGENA fan

Bolalarning taraqqiyot davri N.P. Gundobin tomonidan tavsiya qilingan bo‘lib, N.P. Krasnogorskiy ba’zi bir o‘zgarish- larni kiritgan.
Taraqqiyot davrini tuzishda, bir tomondan, bolaning asosiy rivojlanish qonuniyatlari, ikkinchi tomondan, bolalik va o‘smirlik davrida tarbiyalashni tashkil qilish masalalari hisobga olingan.


Bolalik davrining bosqichlari quyidagicha:



  1. Yangi tug‘ilgan davr (go‘daklik) — 1—10 kungacha.

  2. Emizikli davri (chaqaloqlik) — 11 kundan 1 yoshgacha.

  3. Dastlabki bolalik davri — 1—3 yoshgacha.

  4. Birlamchi bolalik davri — 3—7 yoshgacha.

  5. Ikkilamchi bolalik davri — 7—11 yoshgacha (qiz bola), 7—12 yoshgacha (o‘g‘il bola).

  6. O‘smirlik davri — 12—15 yoshgacha (qiz bola), 13—16 yosh­gacha (o‘g‘il bola).

  7. O‘spirinlik davri — 16—20 yoshgacha (qiz bola), 16—20 yoshgacha (o‘g‘il bola).

Mazkur davrlar ichida organizm ichki va tashqi omillar ta’sirida bir qancha o‘zgarishlarga uchraydi. Shuning uchun ham bolaning shaxsiy rivojlanishiga, uning kamol topishida ta’lim va tarbiyaning ahamiyati katta. Bolalikni turli davrlarga shartli ravishda bo‘lish bolalar bilan munosabatni yengillash- tiradi, ularning rivojlanishini to‘g‘ri baholashga imkon beradi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bola organizmi takomillashishda davom etadi, garchi bola bu davrda ancha sekin rivojlansa-da, skelet va mushaklari yaxshi rivojlanadi va baquvvat bo‘la boradi.
Maktabgacha tarbiya. Bola kattalar turmushiga tobora ko‘proq aralasha boshlaydi va oila ta’sirida bo‘ladi. Bola o‘zining intellektual rivojlanish darajasiga ko‘ra, bu davr oxirida maktabga borishga tayyor bo‘lishi kerak. Shu yoshda bolalar chizish, yasash, yodlash, ayrim harflarni va so‘zlarni, hatto qisqa jumlalarni yozishni va o‘qishni biladilar.
Shu yoshdagi bolalar orasida yuqumli kasalliklar ancha ko‘p uchraydi, biroq dard yengilroq kechadi va asoratlar kam bo‘ladi. Limfa to‘qimasining zo‘r berib o‘sishi bolalarda yuqori nafas yo‘llarida shamollash kasalliklarining paydo bo‘lishiga imkon beradi, ularning ko‘pchiligi o‘tkir respirator virusli infeksiya- larning asorati yoki qattiq sovqotish oqibati hisoblanadi.
Kichik maktab yoshidagi bolalarda (7—12) skelet zo‘r berib o‘sadi va mushak kuchi ortadi. Sut tishlar tushib, o‘rniga doimiylari chiqadi. Bola uy muhiti yoki bolalar kombinati hamda maktab hayoti sharoitiga o‘tadi, mehnat malakasi shakllana boradi. Bolalar bu yoshda kattalarga ko‘proq aralashadi.
O‘tkir infeksiyalar endi kamroq kuzatiladi va ularning o‘tishi yengil kechadi. Bu yoshdagi bolalarda ko‘pincha o‘t yo‘llari kasalliklari uchraydi, yurak-tomir kasalliklari (revmatizm, giper-



Download 422,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish