M. A. Azizov umumiy gigiyena va ekologiya tibbiyot kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma To‘rtinchi nashri


Bolalar va o‘smirlar kuniga 4 marta, ish qobiliyatiga ega bo‘lgan kattalar 3 marta ovqatlanishlari kerak



Download 422,93 Kb.
bet89/194
Sana19.04.2022
Hajmi422,93 Kb.
#562579
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   194
Bog'liq
GIGENA fan

Bolalar va o‘smirlar kuniga 4 marta, ish qobiliyatiga ega bo‘lgan kattalar 3 marta ovqatlanishlari kerak.




Nonushtada go‘sht, sut, non, sariyog‘, pishloq kabilarni iste’­mol qilgan ma’qul. Bu mahsulotlar bolalar va o‘smirlar bir kunlik ovqat ratsionining 25 foizini (yozda 450 kkalni, qishda 550 kkalni) tashkil etishi lozim.
Tushlik to‘yimli hamda uch xil: suyuq ovqat (bunday ovqat bolalar ishtahasini ochib, ovqat hazmini yaxshilaydi), quyuq ovqat (go‘sht, sabzavot, qaylalar), salatlar (yozda yaxshisi ho‘l meva, qishda meva sharbatlari)dan iborat bo‘lishi kerak. Tush­lik ovqat bir kunlik ovqatning 35—40% ini (qishda 700—750 kkal, yozda 850 kkal) tashkil etishi lozim. Kech tushlikka (tolma choyi) oson hazm bo‘ladigan taomlar — pecheniylar, konfet, sut yoki kefir, kisel va boshqalar tavsiya etiladi. Bular sutkalik ratsionning 10—15% ini, kechki ovqat esa kundalik ratsionning 20—25% ini tashkil etishi kerak.
Masalliqlarga qarab, haftalik ovqat xili tanlanadi, lekin hafta oxiriga borib masalliqlarning xilini to‘g‘rilab olish kerak. Shuning uchun ham menyu 7—10 kunga tuziladi.
Tibbiyot xodimlari ovqatning hajmi va qiymati bolalarning yoshiga to‘g‘ri kelishini kuzatib borishlari lozim. Yozda osh- ko‘katlar, sabzavotlar, har xil mevalar, juda issiq kunlarda qatiqli taomlar ko‘proq iste’mol qilish lozim. Shunda organizm vita- minlar va mineral tuzlar bilan ta’minlanib turadi.
Kattalar bir kunda uch mahal ovqatlanishlari shart. Bir kunlik ovqat ratsioni taqsimoti quyidagicha: nonushtada 25—30%, tush- likda 45—50% va kechki ovqatda 20—25%. Keksalar 4—5 mahal ovqatlanishlari, shundan ikkitasi issiq ovqat bo‘lishi lozim.

  1. §. UMUMIY OVQATLANISH KORXONALARIGA NISBATAN QO‘YILADIGAN GIGIYENIK TALABLAR

Umumiy ovqatlanish korxonalaridagi gigiyena qoidalari sa- nitariya nazorati muassasalari tomonidan tekshirib turiladi. Kasallik kelib chiqishining oldini olish maqsadida sanitariya nazorati olib boriladi. Sanitariya nazoratini umumiy ovqatla- nish korxonalari qurilishidan boshlash kerak. Sanitariya nazorati noziri yangi qurilish yoki qayta qurishga mo‘ljallangan binoning hamma loyihalari va unga berilgan izohlar bilan tanishib chiqishi va ish yuzasidan mulohazalarni bildirishi, qurilish yoki ta’mirlash ishlarining borishini (loyiha bo‘yicha) nazorat qilishi lozim.




Yangi yoki qayta qurilgan bino sanitariya vrachi ruxsati bilan ishga tushiriladi. Sanitariya nazorati xodimi o‘z zimmasiga juda muhim va javobgarlik vazifalarini oladi, chunki qurilish yoki binoni ta’mirlash davrida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni keyin- chalik tuzatish ham moddiy, ham tibbiy qiyinchiliklar tug‘diradi.

Download 422,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish