M. A. Azizov umumiy gigiyena va ekologiya tibbiyot kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma To‘rtinchi nashri



Download 422,93 Kb.
bet85/194
Sana19.04.2022
Hajmi422,93 Kb.
#562579
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   194
Bog'liq
GIGENA fan

guruh — mehnatining og‘ir-yengilligi o‘rtacha xodimlar (chilangarlar, sozlovchilar, dastgohlarda ishlovchilar, xirurglar va b.);

  • guruh — og‘ir jismoniy mehnat xodimlari (quruvchilar, qishloq xo‘jaligi ishchilari va mexanizatorlar, metallurglar va quyuvchilar, duradgorlar va b.);

  • guruh — ayniqsa og‘ir mehnat bilan band xodimlar (yer ostida ishlaydigan kon ishchilari, daraxt kesuvchilar, g‘isht teruvchilar, betonchilar, yer qazuvchilar va b.).

    Ovqatlanishning fiziologik me’yorlari ayrim aholi guruh- larining asosiy oziq-ovqat moddalariga va energiyaga bo‘lgan optimal ehtiyojini aks ettiradigan o‘rtacha qiymatlar hisoblanadi. Yakka tartibdagi ehtiyojlarni aniqlashda avvalo bo‘y, tana mas- sasi, yosh, shuningdek mehnat va turmushning konkret xusu- siyatlari haqidagi ma’lumotlarni hisobga olish kerak. Kecha- kunduzlik energiya sarflari o‘rnini to‘ldirish uchun organizm ma’lum tarkibdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan yetarli miq­dorda ta’minlanishini nazarda tutish kerak.

    1. §. OVQATLANISH REJIMI

    Ovqatlanish rejimiga to‘g‘ri rioya qilinsa, ovqat yaxshi hazm bo‘ladi. Ovqatni hamisha ma’lum soatlarda yeyish kerak, chunki bunday hollarda vaqtga doir shartli refleks ishlanadi. Ovqat tanovul qilish paytiga kelib sekretsiya kuchayadi va me’da ovqatni qabul qilishga tayyor bo‘lganida oshqozonga tushadi. Aks holda hazm apparatining bir maromda ishlashi buziladi, natijada vaqt o‘tgan sayin uning a’zolari funksiyasi buzilishi va butun organizmning faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
    Ovqat ratsionini kun mobaynida taqsimlashning ahamiyati katta, chunki bir yoki ikki galda tanovul qilingan mo‘l miqdordagi ovqat bir necha marta yeyish uchun taqsimlangan xuddi shu miqdordagi ovqatga qaraganda birmuncha yomon hazm bo‘ladi. Bu hazm apparati kasallangan shaxslar uchun ayniqsa muhimdir. Bu hol me’dasining hajmi kichkina va me’da shirasining hazm qilish qobiliyati kuchsiz bolalar uchun ham taalluqlidir.
    Sutkalik ratsion yoshga, odat bo‘lib qolgan kundalik rejimga, mehnat faoliyatining xususiyatlari va boshqalarga asoslanib taqsimlanadi. Yasli yoshidagi bolalar ovqatni har 3—3,5 soatda, maktabgacha yoshdagi bolalar har 3,5—4 soatda qabul qilishlari




    kerak. O‘smirlar odatdagi sharoitlarda 4 marta ovqatlanishlari zarur. Katta yoshdagi odamlar uchun odatdagi hayot sharoit- larida 3—4 marta ovqatlanish rejalashtiriladi. 4 mahal ovqat- lanishda nonushtaga sutkalik ratsionning 25%, tushlikka — 35%, tushlikdan keyingi ovqatga —15% va kechki ovqatga — 25% tavsiya qilinadi.
    Ovqat yaxshi singishi (hazm bo‘lishi) uchun ayrim taomlar va mahsulotlarni navbati bilan berish, ovqat tanovul qilinadigan sharoit ham muhim ahamiyatga ega.
    Asosiy oziq-ovqat moddalarining ahamiyati. Ovqat asosiy oziq- ovqat moddalari (oqsillar, yog‘lar, uglevodlar), shuningdek, vitaminlar, mineral elementlar, suv va organizm uchun zarur bo‘lgan boshqa moddalarning tabiiy manbayi hisoblanadi.

    1. §. OQSILLARNING OZUQALIK VA BIOLOGIK QIYMATI

    Oqsillar hayot uchun zarur modda hisoblanadi, ularsiz or- ganizm yashashi, o‘sishi va rivojlanishi mumkin emas. Hayot faoliyati jarayonida hujayralar tarkibidagi oqsillar doimiy ra­vishda parchalanib, yangilanib turadi. Shu jarayonni quvvatlab turish uchun organizmga oqsil tushib turishi zarur. Oqsil hujayralar yadrosi va sitoplazmasi tarkibiga kiradi. Oqsillar, asosan, plastik funksiyani bajaradi. To‘qima va a’zolarning barcha hujayralari shu oqsillardan tuzilgan. Oqsillar qon, limfa, mushak tolalari, suyaklar, gormonlar tarkibiga, shuningdek, fermentlar hamda mikroblar va ularning zaharlariga qarshi kurash jarayonida organizmda ishlanib chiqadigan antitelalar tarkibiga kiradi. Oqsil muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, jumladan, immunitet asosini tashkil qilishda, spetsifik gammaglobulinning tashkil bo‘lishida, tabiiy immunitet rivojlanishi, qon oqsili properdinning hosil bo‘lishida, mushaklarning qisqarishida ishtirok etuvchi miozin va aktinan bo‘lishida, gemoglobin hosil bo‘lishida, ko‘z to‘r qavatidagi ko‘rish purpuri faoliyatida qatnashuvchi radoptsin hosil bo‘lishida, to‘qimaning membranalik sistemasiga kiruvchi birikmalar sifatida qatnashadi. Shuningdek, oqsillar, moddalar almashinuvi jarayonini boshqaruvchilar bo‘lib xizmat qiladi, qalqonsimon bez, gipofiz, me’daosti bezi gormonlari tarkibiga kiradi. Oqsil yetishmaganda, vitaminlar yaxshi o‘zlashtirilmaydi. 1985-yilda Pavi va 1904-yilda Lyute aminokislotalar yordamida




    oqsillardan qand hosil bo‘lishini isbotladilar. Bunda alanin pirouzum kislotaga o‘tib, undan glukoza, aminokislotadan jigarda ham glukoza hosil bo‘ladi.
    Shunday qilib, surunkasiga og‘ir jismoniy ish bajarilganida energiya faqat uglevodlar va yog‘lar hisobiga sarflanmay, ami- nokislotalardan hosil bo‘lgan glukoza hisobiga ham qoplanadi. Oqsil yetishmaganda organizmda jiddiy o‘zgarishlar ro‘y beradi, bolalar yaxshi o‘smaydi va rivojlanmaydi, kattalar jigarida chuqur o‘zgarishlar (yog‘ infiltratsiyasi) ro‘y beradi, jigar sirroziga xos o‘zgarishlar boshlanadi, qalqonsimon bez, jinsiy bezlar, me’daosti bezi ishi buziladi, qonning oqsil tarkibi o‘zgaradi, organizmning yuqumli kasalliklarga chidami susayib ketadi, xotira pasayib, ish qobiliyati buziladi. Organizmga ortiqcha miqdorda oqsil tushib turishi esa talaygina a’zolar va sistemalar faoliyatiga ham yomon ta’sir ko‘rsatadi.

    1. §. OVQATDAGI OQSILLAR TARKIBINING AHAMIYATI

    Ovqat bilan tushgan oqsillar me’da-ichak yo‘li fermentlari ta’sirida aminokislotalarga parchalanadi, bular qon bilan hujay- raga o‘tib, oqsillar sinteziga sarflanadi. Odamning o‘ziga xos, ya’ni spetsifik oqsillarning miqdoridan tashqari, tarkibidagi aminokislotalar nisbatining ahamiyati ham katta.
    Organizmda aminokislotalar doim ma’lum bir darajada saqlab turiladi. Biroq, ba’zi hollarda (homiladorlik, keksalikda, xavfli o‘smalar paydo bo‘lganda) to‘qimalardagi aminokislotalar nisbati o‘zgaradi. Shuning uchun ham, oqsillar organizmga doim tushib turishi shart. Buning uchun odam xilma-xil oziq-ovqat mahsu- lotlari iste’mol qilib turishi lozim. Oqsillar organizmda amino- kislotalarga parchalanadi. Organizmda sintezlanadigan va sintez- lanmaydigan aminokislotalar bo‘ladi. Organizm uchun zarur aminokislotalarning ko‘pi organizmda sintezlanadi. Organizm- ning sintezlanadigan aminokislotalarga ehtiyoji endogen sintez hisobiga qoplanadi. Sintezlanmaydigan yoki yetarlicha sin- tezlanmaydigan aminokislotalar organizmda sintezlanmaydi. Shuning uchun ularni almashtirib bo‘lmaydigan yoki hayotiy muhim aminokislotalar, deb ataladi.

    Download 422,93 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   194




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish