Shahar qurilishining asosiy gigiyenik omillari quyidagilardan iborat:
aholi yashaydigan joylarni qurish, qayta qurish yoki kengaytirishda aholining barcha moddiy, madaniy va gigiyenik ehtiyojlarini imkoni boricha to‘laroq qondirishga harakat qilinadi. Yirik va juda yirik shaharlarning haddan tashqari o‘sib ketishini cheklash, kichikroq shaharlarni esa o‘rtacha (100—150 ming aholi yashaydigan) shaharlar darajasiga yetkazish tavsiya etiladi. Bunday shaharlarni ko‘pgina gigiyenistlar va me’mor- larning fikricha optimal deb baholash mumkin. Yirik shaharlar
atrofida, 60—80 km uzoqlikda 80—100 ming aholi yashaydigan yo‘ldosh shaharchalar barpo etish mumkin. Markaziy shaharga yaqin bo‘lishi va tezyurar transport vositalarining qatnashi kichik shaharlardagi ba’zi kamchiliklarni bartaraf etish imkonini beradi.
Turarjoy mavzelari uchun ko‘kalamzor, xushhavo va qulay maydonlar ajratiladi. Turarjoy markaziga ma’muriy, madaniy muassasalar, savdo markazlari, yirik do‘konlar joylashtiriladi. Turarjoy hududidagi gigiyenik sharoitlar ko‘p jihatdan kvartallar qurilishi va ko‘chalar ochilishiga bog‘liq. Ular kvartallarning ko‘pi bilan 20—25 % maydoniga quriladi. Qolgan maydonlar ko‘kalamzorlashtiriladi. Bolalar va sport maydonlari, yo‘lkalar, mashina yo‘llari va boshqalar quriladi.
Keyingi yillarda katta shaharlarda ayrim turarjoy mavzelari (5000—18000 aholiga) mikrotumanlar ko‘rinishida qurilmoqda. Mikrotuman maydoni ming aholiga 4—5 ga bo‘ladi. Mikrotuman loyihasi negizida aholini chang-to‘zon, avtotransportning chi- qindi gazlari, shovqin, tebranishning zararli ta’siridan va shi- kastlanish xavfidan muhofaza qilish maqsadi yotadi. Buning uchun turarjoy binolari, bolalar muassasalari va maktablar mikrotuman ichkarisiga, imkoni boricha gavjumlikdan olisroqqa joylashtiriladi. Transport harakatini ishchi va xizmatchilar ish joyiga yetib borishi uchun ketadigan vaqt 30—40 daqiqadan osh- maydigan qilib tashkil etish zarur. Asosiy e’tibor jamoat transpor- tini ko‘paytirishga qaratiladi.
Bunda piyodalarning shikastlanish xavfi kamayadi. Ko‘chalar va ulardagi inshootlar (svetoforlar, yerosti yo‘llari) va boshqa joylarda transportlarning sanitariya jihatdan xavfini kamaytirish uchun zarur bo‘lgan barcha tadbirlar ko‘zda tutiladi. Sanoat korxonalari, temiryo‘l stansiyalari, aeroport turarjoy hududidan uzoqda joylashtiriladi. Sanoat hududi turarjoy mavzelaridan ko‘kalamzorlashgan sanitariya himoya to‘siqlari bilan ajratilishi, daryo oqimi bo‘ylab quyiroqda va unga nisbatan shamolga teskari joylashtirilgani ma’qul. Shahar atrofi hududi aholini sog‘lom- lashtirishda katta ahamiyatga ega bo‘lgan o‘rmonzorlar va suv havzalarini o‘z ichiga oladi. Unda dam olish uylari, bolalar orom- gohlari, sanatoriylar va boshqalar joylashtiriladi. Daraxtzorlar mikroiqlimning yaxshilanishiga imkon beradi, shamol kuchini pasaytiradi, quyosh radiatsiyasini susaytiradi. Umuman olganda, turarjoy hududining kamida 40—50 % ko‘kalamzor qilinishi kerak. Daraxtzorlardan yetarli foydalanish uchun turarjoydan ko‘pi
bilan 0,5 km masofada xiyobon, 1 km da bolalar bog‘i, 1,5 km masofada istirohat bog‘i tashkil etilishi kerak. Ma’lumotlarga qaraganda, olamdagi barcha o‘simliklar yiliga 180—250 milliard tonna karbonat angidrid yutib, 150—200 milliard tonna kislorod ajratadi.
Ulardan chiqadigan fitonsidlar qator kasallik paydo qiluvchi viruslar va mikroblarni o‘ldiradi. Tibbiyotdagi dori-darmon- larning qariiyb 40% dan ziyodini o‘simlik mahsulotlari tashkil qiladi. Ma’lumki, tabiat ne’matlaridan tayyorlanadigan dori- darmonlar sun’iy yo‘l bilan olinadigan mahsulotlarga nisbatan afzal bo‘ladi.
«Turarjoy gigiyenasi» bo‘limiga doir
amaliy mashg‘ulotlar
Kerakli jihozlar: luksmetr, ruletka, mavzuga oid jadvallar.
Yorug‘lik koeffitsiyenti (YK) ni aniqlash. Yorug‘lik koef-
fitsiyentini aniqlash uchun xonadagi barcha derazalarning oyna
solingan yuzasi va pol maydoni o‘lchanadi; YK kasr yoki nisbat
ko‘rinishida ifodalanadi (kasr surati yoki nisbatning birinchi hadi
birlikka keltiriladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |