M. A. Azizov umumiy gigiyena va ekologiya tibbiyot kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma To‘rtinchi nashri


Tabiiy yoritilishga qo‘yiladigan gigiyenik talablar



Download 422,93 Kb.
bet79/194
Sana19.04.2022
Hajmi422,93 Kb.
#562579
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   194
Bog'liq
GIGENA fan

Tabiiy yoritilishga qo‘yiladigan gigiyenik talablar
Xonaning tabiiy yorug‘ligi qator omillarga bog‘liq.

  1. Derazalarni dunyo tomonlari bo‘yicha joylashtirish. Gi­giyenik nuqtayi nazardan derazaning janubga va janubi-sharqqa ochiladigan bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. O‘rta mintaqalarda binolar shimoli-sharqdan janubi-g‘arbga tomon joylashtirilishi lozim. Bunda turarjoy xonalari janubi-sharqda, qo‘shimcha xonalar esa shimoli-g‘arbda joylashtiriladi.

Mamlakatning shimoliy va janubiy kengliklarida turarjoy xonalarining derazalarini janubga, qo‘shimcha xonalarnikini esa




shimolga qaratib, binolarning o‘zini esa g‘arbdan sharqqa (ekva- torial) joylashtirish tavsiya etiladi.

  1. Derazalarning o‘lchami va joylashtirilishi. Derazaning yuqori tomoni shiftga yaqin qo‘yilsa, xonaga yorug‘lik ko‘proq tushadi. Derazalar o‘rtasidagi oraliq deraza o‘rinlarining enidan bir yarim martadan oshmasligi kerak. Deraza ko‘zlarining kattaligi va miqdori, rom panjarasining qandayligi ham muhim ahamiyatga ega. To‘g‘ri burchakli derazalar shakli bo‘yicha eng yaxshi hisob­lanadi.

  2. Xonaning sahni yoki chuqurligi (yonboshdan bir tomonlama yoritiladigan xonada — derazalari bo‘lgan devordan qarama- qarshi devorgacha bo‘lgan masofa). Xonaning chuqurligi dera­zaning yuqori chekkasidan polgacha bo‘lgan masofadan 2 mar­tadan ko‘p oshmasligi kerak.

  3. Binolar orasidagi uzilish (masofa) qarama-qarshi tomon- dagi baland bino balandligidan ikki martadan kam bo‘lmasligi kerak.

  4. Oynalarning sifati va ularning tozalik darajasi. Oddiy oynalar yorug‘likning bir qismini, ayniqsa uning ultrabinafsha bo‘lagini yutadi. Ifloslangan oynalar yorug‘lik o‘tkazuvchanlikni 25—50% ga kamaytiradi. Derazalardagi pardalar 40% gacha yorug‘likni singdirishi mumkin.

  5. Devorlar va polning bo‘yalish xarakteri. Ochiq ranglar yorug‘likni akslantirib, yoritilishni oshiradi. Tabiiy yoritilishni ta’riflash uchun turli ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Ulardan biri tabiiy yoritilish koeffitsiyenti (TYK) bo‘lib, u xona ichidagi gorizontal yuza nuqtasi yoritilganligining shu vaqtning o‘zida ochiq osmon ostidagi gorizontal yoritilganlikka nisbatini (foiz- larda) ifodalaydigan koeffitsiyentdir. Uning qiymati xonaning vazifasiga va bajariladigan ish xarakteriga bog‘liq holda nor- malanadi. Turarjoy xonalari uchun u 0,5—0,7% dan kam bo‘l- masligi kerak.

Ikkinchi ko‘rsatkich — yorug‘lik koeffitsiyenti (YK) oyna solingan maydonning pol maydoniga nisbati bilan belgilanadi. U oddiy kasr ko‘rinishida ifodalanib, unda surat — birlik, maxraj esa son bo‘lib, derazalarning oyna solingan yuzasi pol may- donining qancha qismini egallaganini bildiradi. YK normasi xona qanday maqsadga mo‘ljallanganligiga bog‘liq. Turarjoy xonalari uchun u 0,5—0,7 % dan kam bo‘lmasligi kerak.




Sun’iy yoritishga qo‘yiladigan gigiyenik talablar. Kechki paytlarda tabiiy yoritilishning yetishmasligi lyuminessent yoki cho‘g‘lanma lampalar ko‘rinishidagi yorug‘likning sun’iy man­bayi bilan to‘ldiriladi. Cho‘g‘lanma lampalar issiqlik chiqaradigan manbalar qatoriga kiritiladi. Lyuminessent lampalar birmuncha tejamli, chunki energiya sarfi bir xil bo‘lgani holda ko‘proq yorug‘lik beradi. Ularning nurlanish spektri kunduzgi yorug‘lik spektriga yaqinlashadi. Lyuminessent lampalar mayin tarqoq yorug‘lik vujudga keltiradi, ko‘lanka hosil qilmaydi va abajurlar qo‘llanishni talab etmaydi. Lyuminessent lampalardan foyda- lanilganda past yoritilishlarda (75 lk dan past) subyektiv ravishda yetarlicha emas, deb baho beriladigan «g‘ira-shira qorong‘ilik effekti» kuzatiladi.
Shuning uchun bu lampalardan foydalanilganda yoritilishning katta normasi zarur bo‘ladi. Turarjoylarning sun’iy yoritilishi qator talablarga javob berishi kerak. U muayyan turdagi ishlarni bajarish uchun yetarli bo‘lishi, maydonda bir tekis tarqalishi, yaltiroq bo‘lmasligi va ko‘lankalar hosil qilmasligi kerak. Turarjoy xonasidagi eng past yoritilish cho‘g‘lanma lampalarda 75 lk, luminessent 1ampalarda — 100 lk, oshxonada esa shunga muvofiq holda 100 va 100 lk bo‘lishi kerak. Yorug‘likning ko‘zni qa- mashtiradigan va yaltiroqlik ta’sirini bartaraf qilish uchun tegishli abajurlardan foydalanish, lampani osish balandligini to‘g‘ri belgilash va yuzalar hamda jihozlarni yaltiramaydigan ranglarga bo‘yash lozim. Bir tekis yoritilishni vujudga keltirish uchun tarqoq yorug‘lik beradigan yoritkich — abajur qo‘llaniladi, shuningdek lampalar ratsional joylashtiriladi. Lampalarning uch turi farq qilinadi (20-rasm).
Tik yorug‘lik beradigan lampalar 90% yorug‘lik oqimini pastga yo‘naltiradi. Muayyan yuzada katta yoritilish vujudga keltiradi, biroq, uning chegarasida keskin ko‘lankalar hosil qiladi. Ular turarjoy va jamoat binolarini yoritish uchun tavsiya etil- maydi. Tarqoq yorug‘lik beradigan lampalar yorug‘lik oqimini hamma tomonga bir tekis tarqatadi.

Download 422,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish