M. A. Azizov umumiy gigiyena va ekologiya tibbiyot kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma To‘rtinchi nashri


Dunyo dengizi yer kurrasi sirtining 71% ini tashkil etadi



Download 422,93 Kb.
bet72/194
Sana19.04.2022
Hajmi422,93 Kb.
#562579
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   194
Bog'liq
GIGENA fan

Dunyo dengizi yer kurrasi sirtining 71% ini tashkil etadi.
Dengiz suvi turli mineral moddalarga boy chuchuk suv olish manbayi sifatida xizmat qiladi. Bugungi kunda inson oziq- ovqatidagi oqsillarning 10% iga yaqini dengizlardan olinadi. Ko‘pgina mamlakat aholisi uchun dengiz mahsulotlari asosiy taom hisoblanadi.
Insoniyatning bu «go‘sha»si jahon «axlatxona»siga aylanib bormoqda. Chunki ularga inson faoliyati oqibatida to‘planadigan chiqindilar tashlanmoqda. Kimyoviy sintez sanoati paydo bo‘l- gunga qadar bu «tabiiy axlatxona»ga nima tashlansa, ularning barchasi biologik siklga qo‘shilib, tarqab ketardi. Biroq insonning turli kimyoviy moddalar ishlatishi tufayli, dengiz tabiiy mu- hitining buzilishi jarayoni, ifloslanishi va zaharlanishi tobora ortib bormoqda.
Dunyodagi dengizlarning ifloslanishi ko‘plab mamlakatlar- ning neft mahsulotlarini dengiz orqali tashishni keng yo‘lga qo‘yishi bilan bog‘liqdir. Suvning neft va uning mahsulotlari bilan ifloslanishi, hayvonot va o‘simliklar olami uchun juda xatarlidir. Neft, mazut bilan qoplangan Atlantika okeani, O‘rta Yer dengizi, Fors ko‘rfazi va boshqa dengizlarda o‘n va hatto yuz minglab qushlar halok bo‘ladi.
Dengizni ifloslantirayotgan asosiy manba nimalardan iborat? Birinchidan, dengizga daryo suvlari orqali sanoat va qishloq xo‘jaligi chiqindilari tashlanadi va shahar oqova suvlari quyiladi. Bu taxminan ifloslantiruvchilarning 40% ni tashkil etadi. 30% ifloslantiruvchilar dengiz transport vositalari ulushiga to‘g‘ri keladi. Ayniqsa, neft va neft mahsulotlari yuklangan tankerlarning halokati, dengiz tubiga o‘rnatilgan neft quvurlari, suvosti atom kemasining ishdan chiqishi, dengizdan neft qazib olish katta zarar keltiradi. Hozirgi vaqtda Orol, Boltiq, Qora, Yapon, Oq va boshqa dengizlarda juda murakkab ekologik holat yuzaga kelgan. Bugungi kunda dengizlardagi ekologik holatlarni yaxshi- lashning bir necha yo‘llari ma’lum: dengiz qirg‘oqlarida chiqin-




disiz ishlab chiqarishni tashkil etish, zaruriy miqdorda tozalash inshootlarini qurish, antropogen ta’sirlarni kamaytirish va bosh- qalar.

    1. §. OROL FOJIASI

Orol dengizi cho‘l zonasida joylashganligi tufayli undan bug‘lanadigan suv hajmi dengizga quyiladigan daryo, yog‘in va yerosti suvlari miqdoridan ortiqdir. Buning ustiga sug‘oriladigan maydonlar sathi keskin ortganligi tufayli Orolga kelib tushadigan suv miqdori keskin kamayib ketdi.
Hozirgi kunda dengizning 2906 kvadrat km maydoni qurib bitdi. Tabiatning qonun tarziga nisbatan xo‘jasizlarcha munosabat o‘zining salbiy natijasini berdi. Kimyoviy dorilardan ko‘r-ko‘rona foydalanish sababli drenaj suvlari zaharlandi. Daryodan sug‘orish uchun olinayotgan butun suv hajmining yarmi keraksiz chi- qindiga aylanib ketayotgani sababli bir qator foydasiz ko‘lchalar yuzaga keldi. Endilikda Amudaryo va Sirdaryodan kelayotgan suvning miqdori kamaygan sari dengiz qirg‘og‘idan uzoqlashib, sohillari qumloq va sho‘rxokka aylanmoqda. Orolga suv kelib tushmasligi oqibatida uning sathi 14,5 metrga pasayib ketgan. Undagi umumiy suv hajmi 400 km3 ni tashkil etib, maydoni 36 ming km2 ga tushib qolgan. Baliqchilik va suv transporti o‘z ahamiyatini butunlay yo‘qotib bo‘ldi.
Orolbo‘yi ob-havosida jiddiy o‘zgarishlar yuz bergan, qish sovuqligi yana 1,5 — 2,5 darajaga, yoz jaziramasi ham o‘rtacha me’yordan shuncha daraja oshgan. Vegitatsiya davri 10—15 kunga qisqargan. Har yili suv qurigan joylardan 75—100 million tonna zaharli tuz kristallari 300—500 km gacha chor atrofga tarqal- moqda. Dengiz qurishi bilan bog‘liq bu raqamlar kelajakda yanada dahshatli tus olishi mumkin.
Orolni asrash qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 1913-yilda Amudaryo va Sirdaryo suv resurslaridan butun Turkiston o‘lkasi bo‘yicha 2978 ming gektar yer sug‘orilgan, har bir gektar yerga o‘rtacha 6775 m3 suv sarflangan. 1955-yili O‘rta Osiyo va Qozo- g‘iston bo‘yicha sug‘oriladigan yerlar 7255 ming gektarga yetka- zilib, bir gektar yerga ishlatiladigan suv miqdori 5550 m3 ni tashkil etgan. Orolga bu paytda 60 emas, 32 kilometr kub suv tusha boshladi. 1989-yilda bu hol quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ldi: sug‘orilgan yerlar — 8 million gektar, bir gektar yerga o‘rtacha


suv sarflash miqdori — 12500 m3. Dengizga suv kelish butunlay to‘xtadi. Bundan tashqari, O‘sha davrlarda Suv xo‘jaligi vazir- ligining yana bir nojo‘ya harakatidan biri kollektor-drenaj suv- laridan 10 km3 ni Sirdaryoga va 8 km3 ni Amudaryoga oqizishi bo‘ldi. Bu suvlar tarkibida zaharli kimyoviy moddalar (pestitsidlar va boshqalar) bor bo‘lgan. Uni Orolbo‘yi aholisi iste’mol qilyapti. Bu 4 milliondan oshiq yerli aholi uchun yagona ichimlik suv manbayi. Hozirgi kunda yuqumli kasalliklar bilan kasallanish 10 baravar ko‘payib ketgan. Qotillik maydoniga aylangan Orol- bo‘yi fojiasi mustabid tuzumning haqiqiy qiyofasini ochish uchun yetarli asosdir.


Hozirgi kunda Orol dengizining falokati va uning atrofidagi ekologik vaziyat butun dunyo muhitiga ta’siri jihatidan jahon miqyosidagi dolzarb masalalar qatorida o‘rganilyapti. Shuning uchun ham Birlashgan Millatlar Tashkilotlarida 2 yil davomida Orolbo‘yi ahvolini o‘rganib chiqib va zarur choralar ko‘rish ha- qida qaror qabul qilingan.
Orol dengizini falokatdan qutqarish va dengiz atrofidagi ekologik muvozanatni yaxshilash maqsadida jahon miqyosida «Orol yo‘nalishi» deb nomlangan tashkilot tuzilgan. Bu tashkilot- ning maqsadlaridan biri u yerdagi vaziyat bilan tanishish va olingan ma’lumotlarni jahon hamjamiyati e’tiboriga havola qilishdir.
Orol dengizi va uning atrofidagi ekologik vaziyatni tiklash davrida «Orol yo‘nalishi» jamiyati shu yerda yashovchilarni gigiyenik talablarga javob beradigan oziq-ovqat, suv bilan ta’- minlash hamda yuqori malakali tibbiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirilishini ko‘zda tutdi.

Download 422,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish