Moddalar
|
Pantotsid
|
Akvatsit
|
Puritabs
|
Neoak-
vatsent
|
Tabletkaning diametri, mm
|
6
|
6
|
5
|
6
|
Og‘irligi, g
|
0,12
|
0,10
|
0,05
|
0,05
|
Faol Cl miqdori
|
2,5
|
3,4
|
11-12
|
10-11
|
Eruvchanligi, min
|
|
|
|
|
10° C
|
25
|
16
|
4
|
2
|
20° C
|
23
|
10-12
|
2
|
1
|
30° C
|
15
|
4
|
-
|
-
|
Bisulfatpantotsidli tabletkalar. Asosiy ta’sir etuvchi kuch — xlor (3,2 mg/1 ta tabletka). Uning kamchiliklaridan biri, zarar- sizlantirilgan suvga nordon maza berishidir. Nordonlik suvga ichimlik sodasi qo‘shish bilan yo‘qotiladi.
Yodli tabletkalar. Asosiy ta’sir kuchi — organik birikma holatidagi yod hisoblanadi. Uning yaxshi xususiyatlari — yuqori darajada bakteriotsidligi, uzoq vaqt saqlanishidir. U qo‘shilganda suvning organoleptik xossalari kam o‘zgaradi, lekin uni tayyorlash ancha murakkab hisoblanadi.
Suvni zararsizlantiruvchi tabletkalar o‘z tarkibida 4 mg faol xlor va natriy dixlorizatsionur nordon tuzini tutib, 1 litr suvga mo‘ljallangan.
Suvni zararsizlantiruvchi tabletkalar bo‘lmaganda suvga oz miqdorda yod, vodorod peroksid, KMnO4 solib, suvni mik- roblardan xoli qilish mumkin. Vodorod peroksidning suvdagi miqdori 3 ml/1 bo‘lganda, uni bakteriotsidlik ta’siri 30 daqiqada yuzaga keladi.
Suvni markazlashgan holda tarqatishning imkoni yo‘q joy- larda maxsus tabletkalardan foydalanish mumkin. Tabletkalardan
tashqari maxsus shaxsiy moslamalar — suv tozalagichlar mavjud bo‘lib, ular yordamida suv faqatgina oddiy ifloslanishdan emas, balki hatto sariq kasalligini chaqiruvchi viruslardan ham toza- lanadi. «Rodnik», «Ovod», «Turist» moslamalari ana shunday moslamalar namunasidir. Ularning ishlashi va suvni tozalash asoslari, shu moslamalar ichidagi suzgichlar va yod moddasining ta’siriga asoslangan.
§. OQOVA SUVLAR VA SUV HAVZALARINI SANITARIYA JIHATDAN MUHOFAZA QILISH
Oqova suvlar uch turga bo‘linadi:
Xo‘jalik yoki uy-ro‘zg‘ordan chiqadigan oqova.
Ishlab chiqarishdan (korxonalardan) chiqadigan oqova.
Qor-yomg‘ir suvlari.
Oqova suvlar bevosita hosil bo‘lgan joydan quvurlar orqali maxsus ajratilgan yerga tashlanadi. Bu usul qo‘llanganda havo va yerosti suvlari ifloslanishdan saqlanadi, natijada aholi yashay- digan joylarning sanitariya holati yaxshilanadi va aholini ichak infeksiyalari bilan kasallanishining oldi olinadi.
Ishlab chiqarishdan chiqadigan oqova suvlar tozalanganidan keyin kanalizatsiyaga (agar kanalizatsiya ishiga putur yetkaz- masa) tashlanadi.
Kanalizatsiyaning asosiy elementlari quyidagilardan iborat:
Uylardan chiqindi suvlar chiqarib yuboriladigan asboblar.
Quvurlar orqali yo‘naltiruvchi tarmoqlar.
Oqovani zararsizlantirish uchun inshoot.
Uylardan chiqadigan oqovani chiqarib yuboradigan as- boblarga yuvilib turiladigan hojatxona chig‘anog‘i, yuvinish va oshxona chig‘anoqlari, vanna, pissuar va boshqalar kiradi. Turar- joy binolari havosini kanalizatsiya tarmoqlaridan chiqadigan sassiq gazlar kirishidan muhofaza qilish uchun chig‘anoq va boshqa joylardagi suyuqliklar chiqib ketadigan quvur yoyga o‘xshatib egiladi.
Quvurning bukilgan joyida doimo toza yuvindi suvning bir qismi qoladi va bu suv qulfi deb ataladi. U binolar havosini kanalizatsiya tarmoqlari havosidan ajratib turadi.
Uy-ro‘zg‘or, sanoatdan chiqadigan oqavani tozalamasdan turib, suv havzasiga tashlansa, suvning zararlanishiga hamda
organoleptik xossasining yomonlashishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun suv havzalarini sanitariya jihatdan muhofaza qilish maqsadida oqova oldindan tozalangan va gigiyenik talablarga javob beradigan bo‘lsagina, suv havzalariga tashlanadi.
Oqovani tozalashning zamonaviy usullari «Yuzadagi suvlarni oqova bilan ifloslanishidan muhofaza qilish qoidalari»da bayon etilgan.
Oqovani tozalash va zararsizlantirish. Oqovani tozalash va zararsizlantirish ikki bosqichda olib boriladi:
Mexanik tozalash — suv tarkibidagi muallaq ifloslarni tozalash.
Biologik usulda tozalash — kolloid va erigan holdagi organik birikmalarni minerallashtirish.
Mexanik tozalashda oqova dastavval to‘r va qumtutkichdan o‘tkaziladi. Suzib yurgan yirik aralashmalar to‘rda tutilib qola- di. Qishloq sharoitida ko‘pgina septik (chiritadigan rezervuar) — chuqur (2—3 m) gorizontal tinitkich quriladi (15-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |