M. A. Azizov umumiy gigiyena va ekologiya tibbiyot kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma To‘rtinchi nashri


Septik-tenk orqali tozalanishi kerak bo‘lgan suv undan



Download 422,93 Kb.
bet69/194
Sana19.04.2022
Hajmi422,93 Kb.
#562579
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   194
Bog'liq
GIGENA fan

Septik-tenk orqali tozalanishi kerak bo‘lgan suv undan

  1. 3 sutkada o‘ta sekin oqib o‘tadigan kattalikda quriladi. Oqova shu xilda oqib o‘tganda septik-tenk tubiga organik moddalarning hatto juda mayda va muallaq yengil zarrachalari hamda gijja tuxumlari cho‘kib qoladi. Agar oqova suyuqlik septikda 3 sutkaga yaqin tursa, undagi ichak kasalliklari qo‘zg‘atuvchilari ham no­bud bo‘ladi. Septik orqali oqib o‘tadigan oqova suyuqlik va septik


15-rasm. Septik:
1 — oqova suv kelib quyiladigan truba; 2 — tingan suv chiqib ketadigan truba; 3 — to‘siqlardan suv oqib o‘tishi uchun teshiklar; 4 — trubalarni tozalash uchun teshik; 5 — havo almashinish trubasi; 6 — septikni bo‘shatish uchun tuynuk;
7 — suv chiqib ketadigan trubaning yarimbotirilgan to‘sini.




tubiga o‘tirib qolgan cho‘kma anaerob mikroorganizmlar ta’sirida metanlar chirishga uchraydi. Katta septik-tenklar xonalarga bo‘linib, 1—2 to‘siq qilinadi. Birinchi xonada cho‘kmaning asosiy qismi cho‘kadi va chiriydi, boshqa xonalarda esa suyuqlik tiniq holga keladi. Har 6—12 oyda septik-tenk unda to‘planib qolgan loyqadan tozalab turiladi. Loyqa kompost qilinadi, juda ko‘p bo‘lganda esa loyqa tashlanadigan maydonlarda quritib, o‘g‘it o‘rnida ishlatiladi. Issiqlikni saqlash uchun septik-tenk, odatda, yer ostiga quriladi. Septik-tenk tomi qishda torf qatlami, poxol yoki yarimqalinlikda tuproq bilan yopiladi. Bu xil tinitkichning afzalligi shundaki, uning tuzilishi va ishlatilishi juda oddiy. Shu boisdan septik-tenkdan qishloq sharoitida kichikroq kanalizatsiya qurishda alohida binolar, kasalxonalar, bolalar oromgohlari va boshqa joylardan chiqadigan kamroq oqovani tozalashda foyda- laniladi.
Oqova erigan organik moddalardan maxsus inshootlarda — biologik oksidlovchilardan tozalanadi. Suv tozalaydigan kichikroq stansiyalarda ko‘pincha biologik suzgichlar ishlatiladi. Bu rezer- vuarlar bo‘lib, uning ilmateshik, drenaj tubiga o‘txona toshqoli, shag‘al yoki yirik donli boshqa material (donning diametri 30 dan 50 mm gacha) solinadi. Tinitkichda tinilgan oqova suv sochqichlar yordamida suzgich yuzasiga bir tekisda sochiladi va toshqol donalari ustidan oqib o‘tadi, toshqol allaqachon yetilib bo‘lgan biosuzgichlarda aerob mikrofloralari bor shilimshiq biologik parda bilan qoplangan bo‘ladi. Oqova suvda erigan organik moddalar biologik pardaga adsorbsiyalanadi va tuproq o‘z-o‘zidan tozalanganidagi kabi bu yerda mikroorganizmlar bilan minerallashadi.
Oqova biologik suzgich va ikkilamchi tinitkichlardan o‘tgan- dan keyin tiniqlashib, hidi deyarli qolmaydi, erigan kislorod va ozgina miqdorda organik moddalar bo‘lsa-da, chirimaydi. Biroq bu suvlarda patogen mikroorganizmlar bo‘lishi tufayli uni suv havzalariga tashlashdan oldin xlorlash yo‘li bilan zararsizlan- tiriladi. Bunda xlor miqdori 10 dan 50 mg/1 orasida 1 soat davomida aralashishi kerak.
Katta tozalash stansiyalarida aerotenklar qo‘llaniladi — to‘rt- burchak hovuzlarda (chuqurligi 5 m, kengligi 3 m), undan iflos suv o‘tib turadi, suv o‘tish vaqtida tarkibida ko‘p miqdorda aerob mikroorganizm (10—20%) tutgan aktiv loyqa aralashtiriladi. Aerotenkga kislorod berib turiladi. 6—10 soat ichida mine-




rallashish jarayoni davom etadi, suvning tozalanishi ikki bos- qichda o‘tadi. Birinchi bosqichda organik birikmalar faollash- gan loyqaga adsorbsiyalanadi (bir soatda adsorbsiyalanish tugay- di), so‘ngra adsorbsiyalangan moddalar oksidlanadi va loyqani adsorblash xususiyati tiklanadi.
Aerotenkdan suv o‘tgandan keyin uni ikkinchi tinitkichga o‘tkaziladi. Tiniganidan keyin suv havzalariga tashlashdan oldin zararsizlantirish maqsadida xlorlanadi. Bunda xlorning miqdori 10 dan 50 mg/1 atrofida, 1 soat davomida aralashishi kerak.
Tozalanish ishlarida suv miqdoriga hamda ifloslanish da- rajasiga qarab, yuqorida keltirilgan usullarning birortasi tanlanadi va ishlatiladi.

    1. §. AHOLI YASHAYDIGAN JOYLARNI SUV BILAN TA’MINLASH USTIDAN SANITARIYA NAZORATI OLIB BORISH

Aholini suv bilan ta’minlash mahalliy va markazlashtiril- gan — vodoprovod tarmog‘i orqali amalga oshiriladi. Mahalliy ta’minlashda aholi suvni bevosita manbadan, masalan, quduq- lardan oladi. Vodoprovod suvi quvurlar orqali yetkaziladi. Ma­halliy suv ta’minotining sanitariya nazoratiga mahalliy davo- lash-profilaktika muassasasining xodimi jalb etiladi. Sanitariya nazorati barcha mahalliy suv bilan ta’minlash manbalarini hisobga olish va pasportlashtirishdan boshlanadi. Sanitariya pasportini tuzish uchun suv bilan ta’minlash manbalari sanitariya- epidemiologiya, sanitariya-topografik va sanitariya-texnikaviy tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Sanitariya-epidemiologik tekshiruvda manbadan foydala- niladigan yoki unga yaqin joyda yashaydigan aholining salo- matligi aniqlanadi. Suv manbayi atrofidagi maydon va joylar sanitariya-topografik jihatdan (tuproqni ifloslantiradigan va bosh- qa manbalar) o‘rganiladi. Sanitariya-texnikaviy tekshirishlarda suv manbayining xili, oqish manzili, chuqurligi, debiti, suv manbayini qurish va jihozlashda sanitariya qoidalari amaliyoti hamda suv olish usuli aniqlanadi. Bu ishlar amalga oshirilgandan so‘ng, sterillangan idishda bakteriologik jihatdan tekshirish uchun suv namunasi olinadi. Olinayotgan suvga qo‘ldan yoki havodan mikroblar tushmasligi kerak. Kimyoviy analiz uchun suv oli- nadigan shisha idish o‘sha suv bilan 3—4 marta chayiladi. Tek-




shirish natijalari suv manbayi pasportiga ko‘chiriladi va oldingilari bilan solishtiriladi, zarurat tug‘ilsa, ma’lum sog‘lomlashtirish choralari ko‘riladi. Quduq suvidan foydalanuvchi aholi orasida ichak kasalliklari paydo bo‘lganda, quduqqa tashqaridan iflos- liklar tushganida, quduq suvining organoleptik hamda bakte- riologik ko‘rsatkichlari yomonlashganda quduqni tozalash va uning suvini xlorli ohak bilan zararsizlantirish chorasi ko‘riladi. Shu maqsadda quduq suvi butunlay chiqarilib, ustki loy qatlami olib tashlanadi, tubi yirik qum yoki shag‘al chiqqunicha toza- lanadi.
Quduq devorlari 3—5% li xlorli ohak eritmasi bilan yuvib chiqiladi. Quduq suv bilan to‘lgandan keyin unga har bir kub metr suv uchun bir chelakdan 2 % li xlorli ohak eritmasi qo‘shib, 15 daqiqa davomida yaxshilab aralashtiriladi va 6—10 soat, yax- shisi, tuni bilan qoldiriladi. Quduq suvi xlor hidi yo‘qolguncha chiqarib tashlanaveradi. Dezinfeksiyadan keyin suvda xlor hidi qolmasa, suvga oldingi miqdorning uchdan bir ulushi hisobida yana xlorli ohak qo‘shish va 3—4 soat kutish kerak. Quduq suvi laboratoriya tekshiruvidan o‘tgandan keyin foydalanishga ruxsat etiladi. Yoz kunlari quduq suvidan foydalanuvchilar orasida yuqumli ichak kasalliklari ko‘paysa, quduq suvini vaqtincha xlor- lash mumkin. Buning uchun 1 m3 quduq suviga 1,5—2 1% li xlorli ohak eritmasi qo‘shiladi. 2 soatdan keyin quduqdan suv olish mumkin. Suv ko‘p-oz olinishiga qarab, bunday xlorlash kuniga 1—2 marta o‘tkaziladi. Keyingi vaqtda quduqdagi suvni qadoqlaydigan patron yordamida muntazam ravishda xlorlab turish usuli ishlab chiqilgan. Bu moslama sopoldan tayyorlangan, hajmi 0,25 1 dan 1 1 gacha bo‘lgan teshik-teshik silindr shaklidagi idishdir. Patronga 150 dan 600 g gacha xlorli ohak solib 100—300 ml suv qo‘shiladi va u bir xil massa hosil bo‘lguncha aralashtiriladi. Og‘zi tiqin bilan berkitilgan patronga chizimcha bog‘lanadi va u quduq tubiga 20—50 sm qoladigan joygacha tushiriladi; tizimchaning ikkinchi uchi quduq chig‘irig‘iga bog‘- lab qo‘yiladi. Xlorli ohak eritmasi patron teshiklari orqali muntazam ravishda suvga qo‘shilib, uni zararsizlantirib turadi.
Patron 20—30 kun davomida o‘z ta’sirini ko‘rsatadi; xlorli eritma tamom bo‘lganidan so‘ng patronni tortib olib, yuviladi va uni yana to‘ldirib suvga tushiriladi.

Download 422,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish