Begona o‘tdan zaharlanishning chora-tadbiri quyidagilardan iborat:
Ekin maydonlarida begona o‘tlarni yo‘qotish (ayniqsa, qo‘riq va bo‘z yerlarda) tadbirlarini o‘tkazish.
Ayrim begona o‘tlar (masalan, tuyaqorin) urug‘larining pishishidan oldinroq hosilni o‘z vaqtida yig‘ishtirib olish lozim.
Ovqatga ishlatiladigan g‘allani begona o‘tlar urug‘idan sinchiklab tozalash.
Amaldagi davlat standartlari bo‘yicha un tarkibidagi randak miqdori 0,1% dan, g‘allada — 0,5 % dan oshmasligi, g‘alla tarkibida esa tuyaqorin mutlaqo bo‘lmasligi kerak.
Aholining sanitariya madaniyatini oshirishga ahamiyat berish lozim.
Sassiq alaf, mingdevona, belladonna, bodiyona rumi keng tarqalgan zaharli o‘simliklardan hisoblanadi. Zaharlanish, asosan, bolalarda uchraydi.
Sassiq alaf. Daryo bo‘ylarida va botqoqliklarda o‘sadi. O‘sim- likning hamma qismi zaharli. Ildizi shirin, xushbo‘y. Tarkibida silutoksin degan zaharli modda saqlaydi. Kasallik boshlanishida bosh og‘riydi, bemor qusgisi keladi, shilliq qavatlarda ko‘karish, tonik talvasalar kuzatiladi. Uzunchoq miya markazlariga ta’sir ko‘rsatadi. Zaharlanish ko‘pincha o‘lim bilan tugaydi.
Mingdevona. Tarkibida giossialin va skopolamin tutadi. Urug‘i lolaqizg‘aldoq urug‘iga o‘xshaydi. Iste’mol qilingandan keyin dastlabki soatdayoq zaharlanish alomati: es-hush xiralashuvi, asab qo‘zg‘alishi, gallutsinatsiya holatlari paydo bo‘ladi.
Belladonna — bo‘sh yotgan joylarda, dala chekkalarida o‘sadi. Mevasi mayda olchaga o‘xshaydi, tarkibida atropin bor. 3—4 dona mevasidan yeyilgandan keyin ko‘ngil aynish, alahlash, ko‘rish qobiliyatining susayishi, qorachiqlarning kengayishi kabi alomatlar paydo bo‘ladi.
Bodiyona rumi yo‘l yoqalarida, qarovsiz joylarda, axlatxonalar yaqinida o‘sadi. Barglari petrushka barglariga o‘xshaydi. Poyasi va barglari konin zaharini saqlaydi. Kasallikda asab sistemasi zaharlanadi, talvasa tutadi, nafas markazi falajlanadi.
Zaharli o‘simliklardan zaharlanishlarning oldini olish maqsa- dida sanitariya maorifi muassasalari xodimlari bahor, yoz va kuz fasllarida aholi orasida keng tushuntirish ishlari olib borishlari zarur. Bu tadbirlarni bolalar va maktab o‘quvchilari yozgi sog‘- lomlashtirish lagerlariga, dalalarga ekskursiyalarga borishlaridan oldin o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.
§. HAYVON MAHSULOTLARIDAN ZAHARLANISH
Ayrim baliqlar va hayvonlarning a’zolari, masalan qoziqbosh balig‘i, usach, ignaqorin baliq uvuldirig‘i, qoramolning buyrak- usti va me’daosti bezlari zaharli hisoblanadi. Qoziqbosh balig‘i O‘rta Osiyoning ba’zi havzalarida — Balxash ko‘li, Issiqko‘l, Amudaryo, Sirdaryo va Orol dengizida tarqalgan. Ichki a’zo-
laridan tozalangan baliq bezarar bo‘ladi. Usach Rossiyaning ko‘pgina daryolarida: Volga, Dnepr, Kuban; Kavkaz va O‘rta Osiyo daryolarida yashaydi. Ignaqorin baliq Tinch okeanida, kochak - Armaniston daryolarida tarqalgan. Aytib o‘tilgan baliqlarning uvuldirig‘idan zaharlanish manzarasi o‘tkir gastroen- terit belgilari bilan ajralib turadi, qorinda og‘riq paydo bo‘ladi, bemor qusadi, axlatiga aksari qon aralashgan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |