6. Borning to’ldirish prinstipi
Yuqorida keltirilgan tajriba natijalari zarralarning haqiqatan ham to’lqin tabiatiga ega ekanligini to’la tasdiqladi, lekin shu bilan birga bir qator yangi savollar hosil bo’ldi.
Masalan, fotonlar, elektronlar o’zlarining to’lqin va zarra tabiatini namoyon qilar ekanlar, u vaqtda demak zarralar bilan to’lqinlar orasida hech qanday farq yo’qdir. Biroq to’lqin nazariyani faqat o’ziga asoslanib, fotoeffekt, Kompton sochilishi kabi eksperiment natijalarini tushuntirib bo’lmaydi. Shu bilan birga zarralarni yorug`lik tezligidagi tezlik bilan harakat qila olmasligi ham muammoligicha qoladi. To’lqin zarra ziddiyatini bartaraf qilish maqsadida Nils Bor o’zining to’ldirish prinstipini taklif qildi.
Bitta eksperimentning o’zida bir vaqtda to’lqin xossa ham, korpuskulyar xossa ham hech qachon namoyon bo’lmasligi eksperimental fakt bo’lib, bu to’ldirish prinstipini asosini hosil qiladi. Har bir holda, u nima, nurlanish bo’ladimi yoki elektronlar dastasi bo’ladimi baribir, hodisani to’la tavsiflash uchun to’lqin modelni ham korpuskulyar modelni ham qo’llash zarur, albatta bu modellar o’zining qo’llaniladigan sohasi mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |