Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


-MAVZU. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLIK



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/205
Sana01.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#280239
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   205
 
2-MAVZU. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLIK 
HUQUQINING MANBALARI 
 
Fuqarolik  huquqi  manbalari  tushunchasi  va  turlari.  Fuqarolik 
qonunlarining  vaqt,  hudud  va  shaxslar  bo‘yicha  amalda  bo‘lishi.  Qonun 
analogiyasi va huquq analogiyasi. Fuqarolik-huquqiy normalarni sharhlash 
va ularning turlari. 
 
Fuqarolik huquqi manbalari tushunchasi va turlari 
 
Har  bir  huquq  tarmog‘i  muayyan  ijtimoiy  munosabatlar  guruhini 
tartibga  solar  ekan  bunda  qo‘llaniladigan  qoidalar,  me’yorlar  muayyan 
shaklda  ifodalanadi.  Ushbu  manbalar  o‘zining  turli  xususiyatlari  bilan 
ya’ni rasmiylashtirish shakli bo‘yicha (qonun, qonun osti hujjati), yuridik 
kuchi bo‘yicha (Konstitutsiya, qonun, qonun osti hujjatlari), ta’sir doirasi 
bo‘yicha (qonun osti hujjati, lokal normativ hujjat) farq qiladi. 
Fuqarolik  huquqiy  munosabatni  tartibga  soluvchi  manbalar  boshqa 
huquq  tarmoqlaridan  farqli  ravishda  huquqiy  va  nohuquqiy  manbalar 
tizimiga  bo‘linadi.  Huquqiy  manbalar  davlat  tomonidan  yoxud  muayyan 
korporativ  tuzilma  tomonidan  qabul  qilinib,  belgilangan  tartibda  amal 
qiladi.  Huquqiy  manbalarning  keng  doirasini  qonunlar,  qonun  osti 
hujjatlari tashkil etadi. Har qanday huquqiy hujjatlar fuqarolik huquqining 
manbasi  bo‘lib  hisoblanavermaydi.  Fuqarolik  huquqiy  munosabatlarni 
tartibga soluvchi manba sifatida e’tirof etilish uchun u muayyan talablarga 
javob berishi lozim.  
Birinchidan,  huquq  manbasi  huquqni  qo‘llovchi  akt  emas  balki, 
normativ  huquqiy  hujjat  xususiyatiga  ega  bo‘lishi  shart.  Ikkinchidan, 
ushbu normativ-huquqiy hujjat muayyan vakolatli davlat organi tomonidan 
yoxud vakolatli tuzilma tomonidan qabul qilingan yoki chiqarilgan bo‘lishi 
shart.  Ushbu  normativ  huquqiy  hujjat  muayyan  shaklda  yuridik  texnika 
qoidalariga  asoslanib  ishlab  chiqilgan  bo‘lishi  shart.  Ushbu  normativ 
huquqiy  hujjatning  asosiy  qismi  adliya  idoralarida  tegishli  ravishda 
ro‘yxatga olingan bo‘lishi va e’lon qilingan yoxud ijrochilarga yetkazilishi 
shart. 
Demak,  fuqarolik  huquqi  manbalari  deganda,  fuqarolik  huquqiy 
munosabatlarni tartibga soladigan huquqiy harakterdagi normativ huquqiy 
hujjatlar  yoxud  nohuquqiy  harakterdagi  ijtimoiy  normalar  tizimi 


34 
 
tushuniladi. Ish muomalasi odatlari, mahalla urf-odat va an’analar odatda, 
ijtimoiy normalar hisoblanadi.  
Fuqarolik  kodeksining  3-moddasida  fuqarolik  qonun  hujjatlari 
ko‘rsatilgan  bo‘lib,  unga  ko‘ra  fuqarolik  qonun  hujjatlari  fuqarolik 
muomalasi  ishtirokchilarining  huquqiy  holatini,  mulk  huquqi  va  boshqa 
ashyoviy  huquqlarning,  intellektual  faoliyat  natijalariga  bo‘lgan 
huquqlarning  vujudga  kelish  asoslarini  hamda  ularni  amalga  oshirish 
tartibini  belgilaydi,  shartnoma  majburiyatlari  va  o‘zga  majburiyatlarni, 
shuningdek,  boshqa  mulkiy  hamda  u  bilan  bog‘liq  shaxsiy  nomulkiy 
munosabatlarni tartibga soladi. Shaxsiy nomulkiy munosabatlar va mulkiy 
munosabatlar  bilan  bog‘liq  bo‘lmagan  shaxsiy  munosabatlar,  agar 
qonunlarda  boshqacha  tartib  nazarda  tutilgan  bo‘lmasa  yoki  bu 
munosabatlarning  mohiyatidan  o‘zgacha  hol  anglashilmasa,  fuqarolik 
qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. 
Shuni  ham  qayd  etish  kerakki,  FK  2-modda  birinchi  qismida 
ko‘rsatilgan  belgilarga  javob  beradigan  oilaviy  munosabatlarga,  mehnat 
munosabatlariga  va  tabiiy  resurslardan  foydalanish  hamda  atrof  muhitni 
muhofaza  qilish  munosabatlariga  nisbatan  fuqarolik  qonun  hujjatlari  bu 
munosabatlar  maxsus  qonunlar  bilan  tartibga  solinmaydigan  hollarda 
qo‘llaniladi. 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
“Normativ-huquqiy 
hujjatlar 
to‘g‘risida”gi 
qonunining 
5-moddasiga 
ko‘ra 
normativ-huquqiy 
hujjatlarning quyidagi turlari mavjud: 
- O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi;  
- O‘zbekiston Respublikasining qonunlari;  
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari;  
-  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  farmonlari,  qarorlari  va 
farmoyishlari;  
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari;  
-  vazirliklar,  davlat  qo‘mitalari  va  idoralarning  buyruqlari  hamda 
qarorlari;  
- mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari. 
1)  Fuqarolik  huquqi  manbalari  tizimida  O‘zbekiston  Respublikasi 
Konstitutsiyasi  alohida  o‘rin  egallaydi.  Konstitutsiyaning  ahamiyati 
birinchi  galda  uni  bevosita  fuqarolik  huquqiy  munosabatlarni  tartibga 
soluvchi  ta’sir  kuchida  namoyon  bo‘lsa,  boshqa  jihatdan  olganda  asosiy 
qonunimiz  boshqa  fuqarolik  qonunlari  va  qonun  hujjatlarini  ishlab 
chiqilishi  va  mohiyatini  belgilashda  o‘ziga  xos  qo‘llanma,  o‘ziga  xos 
doira,  metodologik  negiz  vazifasini  o‘taydi.  Ya’ni,  boshqa  qonunlar  va 


35 
 
qonun  osti  hujjatlari  Konstitutsiya  asosida  qabul  qilinishi,  unga  zid 
bo‘lmasligi  shart.  Masalan,  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining 
13-moddasi  shaxsiy  huquqlarni  va  erkinliklarni  tartibga    soluvchi  o‘zak, 
g‘oya  vazifasini  o‘taydi  va  unda  belgilanishicha,  O‘zbekiston 
Respublikasida  demokratiya  umuminsoniy  prinsiplarga  asoslanadi,  ularga 
ko‘ra  inson,  uning  hayoti,  erkinligi,  sha’ni,  qadr-qimmati  va  boshqa 
daxlsiz  huquqlari  oliy  qadriyat  hisoblanadi.  Demokratik  huquq  va 
erkinliklar  Konstitutsiya  va  qonunlar  bilan  himoya  qilinadi.  Shuningdek, 
Konstitutsiyaning 18-moddasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida barcha 
fuqarolar  bir  xil  huquq  va  erkinliklarga  ega  bo‘lib,  jinsi,  irqi,  millati,  tili, 
dini,  ijtimoiy  kelib  chiqishi,  e’tiqodi,  shaxsi  va  ijtimoiy  mavqeidan  qat’i 
nazar,  qonun  oldida  tengdirlar.  Imtiyozlar  faqat  qonun  bilan  belgilanib 
qo‘yiladi hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi shart. 
Konstitutsiyaning  27-moddasiga  ko‘ra  har  kim  o‘z  sha’ni  va 
obro‘siga  qilingan  tajovuzlardan,  shaxsiy  hayotiga  aralashishdan 
himoyalanish  va  turar  joyi  daxlsizligi  huquqiga  ega.  Hech  kim  qonun 
nazarda  tutgan  hollardan  va  tartibdan  tashqari  birovning  turar  joyiga 
kirishi,  tintuv  o‘tkazishi  yoki  uni  ko‘zdan  kechirishi,  yozishmalar  va 
telefonda  so‘zlashuvlar  sirini  oshkor  qilishi  mumkin  emas.  O‘zbekiston 
Respublikasi  Fuqarosi  Respublika  hududida  bir  joydan  ikkinchi  joyga 
ko‘chish,  O‘zbekiston  Respublikasiga  kelish  va  undan  chiqib  ketish 
huquqiga ega. Qonunda belgilangan cheklashlar bundan mustasnodir.  
Konstitutsiyaning  36-moddasida  har  bir  shaxs  mulkdor  bo‘lishga 
haqliligi, bankka qo‘yilgan omonatlar sir tutilishi va meros huquqi qonun 
bilan 
kafolatlanishi 
belgilangan. 
Konstitutsiyaning 
54-moddasida 
mulkdorning  vakolatlari  va  mulk  huquqini  amalga  oshirish  shartlari 
belgilab  qo‘yilgan.  Konstitutsiyaning  42-moddasi,  ijod  erkinligiga 
bag‘ishlangan.  Konstitutsiyaning  53-moddasi  esa,  barcha  mulk 
shakllarining  tengligi  va  iste’molchilar  huquqlarining  ustuvorligi  belgilab 
qo‘yilgan.  Konstitutsiyaning  ushbu  normalar  juda  ko‘plab  qonunlar  va 
qonun  osti  hujjatlarida  batafsil,  chuqurlashtirilgan  holda  belgilab 
qo‘yilgan.  
2)  O‘zbekiston  Respublikasining  Fuqarolik  kodeksi  fuqarolik 
huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlar tizimida yetakchi o‘rin 
egallaydi.  Fuqarolik  kodeksining  1-qismi  1995  yil  21  dekabrda,  2-qismi 
esa  1996  yil  29  avgustida  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi 
tomonidan  qabul  qilingan  va  har  ikkala  qismi  ham  1997  yil  1  martdan 
boshlab amalga kiritilgan. FK 6 bo‘lim, 71 bob, 1199-moddadan iborat. U 


36 
 
hajmi  bo‘yicha  beqiyos  bo‘lib,  hech  qaysi  boshqa  qonun  unga  tenglasha 
olmaydi.  
Albatta  mamlakatimizdagi  ijtimoiy-iqtisodiy  islohotlar  Fuqarolik 
kodeksini  muayyan  darajada  takomillashtirish  zaruriyatini  qo‘yishi  tabiiy 
va  bundan  kelib  chiqqan  holda  Fuqarolik  kodeksining  amal  qilish 
jarayonida  unga  o‘nlab  o‘zgarish  va  qo‘shimchalar,  yangi  normalar 
kiritilgan. Ayrim normalar esa chiqarib tashlangan. 
O‘zbekiston Respublikasining ko‘plab joriy qonunlari ham fuqarolik 
huquqiy  munosabatlarni  tartibga  soluvchi  manba  hisoblanadi.  Bunday 
qonunlar jumlasiga tijorat va  notijorat tashkilotlarining huquqiy maqomini 
belgilovchi “Xususiy korxona to‘g‘risida”gi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va 
aksiyadorlarning  huquqlarini  himoya  qilish  to‘g‘risida”gi,  “Mas’uliyati 
cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi, “Xo‘jalik 
shirkatlari  to‘g‘risida”gi  qonun,  “Nodavlat  notijorat  tashkilotlari 
to‘g‘risida”gi,  “Jamoat  birlashmalari  to‘g‘risida”gi,  “Siyosiy  partiyalar 
to‘g‘risida”gi  qonun  va  boshqalar  kiradi.  Bir  guruh  qonunlar  intellektual 
faoliyat  natijalariga  bo‘lgan  huquqlarni  tartibga  soladi.  Masalan, 
“Mualliflik va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi, “Ixtirolar, foydali modellar 
va  sanoat  namunalari  to‘g‘risida”gi,  “Seleksiya  yutuqlari  to‘g‘risida”gi 
“Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar 
bazalarining huquqiy himoyasi to‘g‘risida”gi qonunlar. 
Bir  guruh  qonunlar  muayyan  faoliyatlar  sohasini  tartibga  solishga 
qaratilgan.  Masalan,  “Qimmatbaho  qog‘ozlar  to‘g‘risida”gi,  “Rieltorlik 
faoliyati  to‘g‘risida”gi,  “Auditorlik  faoliyati  to‘g‘risida”gi,  “Reklama 
faoliyati to‘g‘risida”gi, “Advokatlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlar.  
Shuningdek,  muayyan  qonunlar  fuqarolik  huquqlarini  amalga 
oshirish  uchun  qo‘shimcha  kafolatlar  belgilashga  xizmat  qiladi.  Masalan, 
“Xususiy  mulkni  himoya  qilish  va  mulkdor  huquqlarining  kafolatlari 
to‘g‘risida”gi, 
“Tadbirkorlik 
faoliyati 
erkinligining 
kafolatlari 
to‘g‘risida”gi,  “Axborot  olish  erkinligining  kafolatlari  to‘g‘risida”gi  va 
boshqa qonunlar. 
3) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari O‘zbekiston 
Respublikasining  Konstitutsiyasi  va  qonunlari  asosida  hamda  ularni  ijro 
etish  uchun  qarorlar  tarzida  normativ-huquqiy  hujjatlar  qabul  qiladi. 
Ushbu  normativ-huquqiy  hujjatlar  fuqarolik  huquqiy  munosabatlarni 
tartibga solsa, fuqarolik huquqining manbasi hisoblanadi.  
4)  Fuqarlik  huquqi  manbalari  tizimi  ierarxiyasida  O‘zbekiston 
Respublikasining  Prezidenti  tomonidan  qabul  qilinadigan  normativ-
huquqiy  hujjatlar  ya’ni,  farmonlar,  qarorlar  va  farmoyishlar  muhim 


37 
 
ahamiyatga  ega.  Prezident  tomonidan  chiqariladigan  mazkur  normativ-
huquqiy  hujjatlar  iqtisodiyotda,  ijtimoiy  turmushda  vujudga  kelgan 
normativ-huquqiy ta’sir ko‘rsatish talab etiladigan masalalarni tezlik bilan 
maqsadli  tartibga  solishni  eng  qulay  va  ta’sirchan  yuridik  vositasi 
hisoblanadi. Ko‘p hollarda Prezident tomonidan qabul qilinadigan hujjatlar 
qonunlarni amalga oshirish ijro mexanizmini belgilab beradi.  
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  turli  hokimiyat  tarmoqlari 
faoliyatini  muvofiqlashtirish  vakolatiga  ega.  Shu  munosabat  bilan  ba’zi 
holatlarda Prezident farmonlari va qarorlari kelgusi qonunlar uchun, qonun 
osti  hujjatlar  uchun  o‘ziga  xos  konseptual  negiz  vazifani  bajaradi. 
Masalan,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2015  yil  15  maydagi 
“Xususiy  mulk, kichik biznes  va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya 
qilishni ta’minlash, ularni jadal  rivojlantirish yo‘lidagi  to‘siqlarni bartaraf 
etish 
chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi 
PF-4725-son, 
O‘zbekiston 
Respublikasi  Prezidentining  2015  yil  24  apreldagi  PF-4720-sonli 
“Aksiyadorlik  jamiyatlarida  zamonaviy  korporativ  boshqaruv  uslublarini 
joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonlari va h.k. 
O‘zbekiston Respublikasida Vazirlar Mahkamasi ijro hokimiyatining 
asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
98-moddasiga  ko‘ra  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  ijro 
etuvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Vazirlar Mahkamasi konstitutsiyaviy 
normalar  doirasida  va  amaldagi  qonun  hujjatlariga  muvofiq  O‘zbekiston 
Respublikasining  butun  hududidagi  barcha  organlar,  korxonalar, 
muassasalar,  tashkilotlar,  mansabdor  shaxslar  va  fuqarolar  tomonidan 
bajarilishi  majburiy  bo‘lgan  qarorlar  va  farmoyishlar  chiqaradi.  Masalan, 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 13 fevraldagi 
75-son  qaroriga  ilova  bilan  tasdiqlangan  O‘zbekiston  Respublikasida 
chakana 
savdo 
qoidalari, 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasining   2014  yil  7  yanvardagi  1-son  Qarori  bilan  tasdiqlangan 
Ko‘chmas  mulkka  bo‘lgan  huquqlarni  va  u  haqda  tuzilgan  bitimlarni 
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom va h.k. 
Vazirliklar,  davlat  qo‘mitalari  va  idoralarning  buyruqlari  hamda 
qarorlari  fuqarolik  huquqining  manbai  sifatida  alohida  o‘rin  egallaydi. 
Masalan,  O‘zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  va  Markaziy  banki 
Boshqaruvining  2007  yil  13  martdagi  30,  288-V-son  qarori  (2007  yil          
14  aprel,  ro‘yxat  raqami  1675)  bilan  tasdiqlangan  Qishloq  xo‘jaligi 
korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun harid qilinadigan paxta va g‘alla 
yetishtirish  xarajatlarini  tijorat  banklari  tomonidan  kreditlash  tartibi 
to‘g‘risidagi Nizom, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh 
direktorining  2009  yil  4  yanvardagi  2-son  buyrug‘i  bilan  tasdiqlangan 


38 
 
Mobil  aloqa  xizmatlarini  ko‘rsatish  Qoidalari  (2009  yil  6  fevral,  ro‘yxat 
raqami 1900) qabul qilingan.  
Mazkur  normativ-huquqiy  hujjatlar  amalga  kiritilishining  asosiy 
sharti ushbu hujjatlar qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida ularni 
davlat  ro‘yxatidan  o‘tkazish  uchun  O‘zbekiston  Respublikasi  Adliya 
vazirligiga  taqdim  etilishi  hisoblanadi.  Vazirliklar,  davlat  qo‘mitalari  va 
idoralarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan normativ-huquqiy hujjatlari 
tegishli  ijtimoiy  munosabatlarni  huquqiy  jihatdan  tartibga  solish  uchun 
asos  bo‘lib  xizmat  qilishi  mumkin  emas  va  huquqiy  oqibatlarga  olib 
kelmaydi. 
Viloyat, tuman, shahar hokimlari o‘zlariga berilgan vakolat doirasida 
O‘zbekiston  Respublikasining  1993  yil  2  sentyabrda  qabul  qilingan  
“Mahalliy davlat hokimiyati  to‘g‘risida”gi  Qonuniga  muvofiq  qarorlar  va 
farmoyishlar  qabul  qiladi.  Xalq  deputatlari  Kengashi  va  hokim  o‘z 
vakolatlari doirasida qabul qilgan hujjatlar viloyat, tuman, shahar hududida 
joylashgan  barcha  korxonalar,  muassasalar,  tashkilotlar,  mansabdor 
shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiydir.  
Masalan,  Toshkent  shahar  hokimining  2015  yil  18  avgustdagi 
“Toshkent  shahri  dehqon bozorlarida  yoz  mavsumida  tez  buziladigan 
go‘sht va go‘sht mahsulotlarining savdosini tartibga solish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi  752-son qarori, Surxondaryo viloyati hokimining 2014 yil 1 
fevraldagi  “Viloyatdagi bozorlar va  savdo  komplekslarining  ma’muriyati 
tomonidan  undirib  olinadigan  bir  martalik  yig‘imlar,  ijara  to‘lovi  va 
ko‘rsatiladigan  xizmatlar  qiymatining  minimal  miqdorlarini  belgilash 
to‘g‘risida” 22-son qarori va h.k. 
Lokal  (korporativ)  normativ  hujjatlar  keyingi  paytlarda  ko‘p 
qo‘llanilmoqda.  Bunday  hujjatlar  ko‘proq  tijorat  yoki  notijorat  yuridik 
shaxslar  tomonidan  qabul  qilinadi  va  o‘zaro  ichki  munosabatlari,  uning 
a’zolari, ishtirokchilari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga solishga 
qaratilgan  bo‘ladi.  Masalan,  “Korporativ  boshqaruv  kodeksi”, 
“Aksiyadorlik jamiyati umumiy yig‘ilishini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi 
Nizom, “Mas’uliyati cheklangan jamiyati kuzatuv kengashi to‘g‘risida”gi 
Nizom kabilar. 
Bozor munosabatlar tizimida nohuquqiy manbalar qo‘llanish doirasi 
kengayib bormoqda. Fuqarolik kodeksining 6-moddasida ushbu nohuquqiy 
manbalar belgilab qo‘yilgan. Tadbirkorlik faoliyatining biron-bir sohasida 
vujudga  kelgan  va  keng  qo‘llaniladigan,  qonun  hujjatlarida  nazarda 
tutilmagan  xulq-atvor  qoidasi,  biron-bir  hujjatda  yozilganligi  yoki 
yozilmaganligidan  qat’i  nazar,  ish  muomalasi  odati  deb  hisoblanadi. 


39 
 
Masalan,  Korporativ  boshqaruv  kodeksi  qabul  qilingan  bo‘lib,  ushbu 
kodeksni  ish muomalasi odatlarini o‘ziga xos tizimlashtirilgan namunasi 
deb  hisoblash  mumkin.  Ko‘plab  kasb-korlarning  o‘zining  qoidalari, 
odatlari mavjud. Masalan, tadbirkorlikda, dehqonchilikda, avtotransportda 
qo‘llaniladigan  ish  muomalasi  odatlari.  Ish  muomalasi  odatlarida  shuni 
unutmaslik kerakki, bular texnik qoidalar emas, balki u kishilar o‘rtasidagi 
ijtimoiy  munosabatlarda  qo‘llaniladigan  qoidalar  hisoblanadi.  Butun 
dunyo  bo‘yicha  Inkoterms  qoidalari  e’tirof  etilgan  va  savdo 
munosabatlarida  mulk  huquqini  sotuvchidan  sotib  oluvchiga  o‘tish, 
tavakkalchilik  xavf-xatarini  kimga  tegishli  ekanligini  belgilaydi. 
Shuningdek,  fors-major  holatlari  bo‘yicha  ko‘pgina  qoidalar  ham  ish 
muomalasi odatlari hisoblanadi. 
Mahalliy urf-odat va ana’analar ham ijtimoiy munosabatlarni tartibda 
solishda  alohida  o‘rin  egallaydi.  Masalan,  chorva  mollari    sotilganda 
arqonini  qaytarib  berish,  bitim  tuzilish  faktini  belgilash  bo‘yicha  “bor-
baraka  qilinishi”  kabilar.  Shuni  unutmaslik  lozimki,  fuqarolik  qonun 
hujjatlarida  tegishli  normalar  bo‘lmagan  taqdirda,  bu  munosabatlarni 
tartibga  solishda  mahalliy  odat  va  an’analar  qo‘llaniladi.  Shuningdek, 
tegishli munosabat ishtirokchilari uchun majburiy bo‘lgan qonun hujjatlari 
normalariga  yoki  shartnomaga  zid  bo‘lgan  ish  muomalasi  odatlari, 
mahalliy odat va an’analar qo‘llanilmaydi.  
 
 
 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish