Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Fuqarolik huquqi tamoyillari



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/205
Sana01.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#280239
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   205
 
Fuqarolik huquqi tamoyillari 
 
Fuqarolik  kodeksining  1-moddasida  fuqarolik  qonun  hujjatlarining 
asosiy  negizlari  belgilab  qo‘yilgan.  Asosiy  negizlar  yoki  boshqacha 
aytganda  fuqarolik  huquqining  asosiy  tamoyillari  bu  barcha  fuqarolik 
qonun  hujjatlari  mazmuniga  singdirilgan  rahbariy,  asosiy  qoidalar 
hisoblanadi.  Ushbu  asosiy  tamoyillar  fuqarolik  qonun  hujjatlarini  ishlab 
chiqilishida, huquqni qo‘llash amaliyotida xususan, sud amaliyotida o‘ziga 
xos  yo‘naltiruvchi  ta’sir  kuchiga  ega.  Odatda,  umumiy  qoida  bo‘yicha 
fuqarolik-huquqiy  normalar  uning  asosiy  tamoyillari  mazmuniga  zid 
bo‘lmasligi  lozim.  Muayyan  ijtimoiy  munosabatlar  bo‘yicha  fuqarolik 
qonun hujjatlari sohasida bo‘shliqlar bo‘lgan taqdirda masalalar fuqarolik 
huquqi tamoyillari asosida hal qilinishi belgilab qo‘yilgan.  
Fuqarolik huquqi tamoyillari tizimiga quyidagilar kiradi: 
1) Fuqarolik qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlar 
ishtirokchilarini  tengligi  tamoyili.  Ushbu  tamoyil  nafaqat  FKning  1-
moddasida, 
balki 
muayyan 
ma’noda  O‘zbekiston  Respublikasi 


24 
 
Konstitutsiyasining  18-moddasida  ham  o‘z  mujassamini  topgan. 
Fuqarolik-huquqiy  munosabat  ishtirokchilari  kimligidan  qat’i  nazar, 
qanday  ijtimoiy-siyosiy  maqomga  ega  bo‘lishidan  qat’i  nazar  o‘zlari 
ishtirok etayotgan fuqarolik huquqiy munosabatlarda bir birlariga nisbatan 
teng  huquqqa  egadirlar.  Albatta  fuqarolarning  huquq  layoqati  mazmuni, 
huquq va  muomala layoqatini cheklanish asoslari, yuridik shaxslar huquq 
layoqati  mazmuni,  davlatning  fuqarolik  huquqiy  maqomi,  qonunlarda 
belgilab qo‘yilgan o‘ziga xosliklarga ega. Biroq, bu o‘ziga xosliklar ularni 
fuqarolik huquqiy munosabatlardagi ishtiroki tengligini istisno etmaydi.  
2) 
Mulk 
dahlsizligi 
tamoyili. 
Ushbu 
tamoyil 
mazmuni 
Konstitutsiyamizning  53-moddasi,  FKning  166-moddasida  belgilab 
qo‘yilgan.  Unga  ko‘ra  mulk  dahlsizdir  va  u  qonun  bilan  qo‘riqlanadi. 
Mulkdor bo‘lmagan barcha shaxslar mulkdorni huquqini hurmat qilishlari 
va  unga  rioya  qilishlari  lozim.  Mulkdorni  mol-mulkini  olib  qo‘yishga, 
shuningdek,  uning  huquqlarini  cheklashga  faqat  qonunlarda  nazarda 
tutilgan hollardagina yo‘l qo‘yiladi. 
3)  Shartnomalar  erkinligi  tamoyili.  Ushbu  tamoyilni  mazmuni 
FKning  354-moddasida  belgilab  qo‘yilgan.  Fuqarolik  huquqi  subyektlari 
o‘z manfaatlarini turli shartnomalar orqali ro‘yobga chiqaradilar. Masalan, 
oldi-sotdi, haq evaziga xizmat ko‘rsatish, hadya va h.k. Qonunda fuqarolik 
huquqi  subyektlarini  shartnoma  tuzishda  erkinligi  belgilab  qo‘yilgan. 
Shartnoma  tuzishga  majbur  tuzishga  yo‘l  qo‘yilmaydi.  Shartnoma  tuzish 
burchi  Fuqarolik  kodeksida,  boshqa  qonunlarda  yoki  ushbu  subyektning 
o‘zi  tomonidan  olingan  majburiyatda  nazarda  tutilgan  hollar  bundan 
mustasno.  Taraflar  qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilmagan  shartnomalarni 
ham tuzishlari mumkin. 
4)  Xususiy  ishlarga  biron  bir  kishini  o‘zboshimchalik  bilan 
aralashishga 
yo‘l 
qo‘yilmasligi 
tamoyili. 
Fuqarolik-huquqiy 
munosabatlarda har bir subyekt o‘zi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xususiy 
masalalarni  shaxsan  o‘zi  o‘z  erki  irodasi  bilan  hal  etishga  haqli.  Bir 
subyekt  boshqa  bir  subyektning  ishlariga  o‘zboshimchalik  bilan 
aralashishga  yo‘l  qo‘yilmaydi.  Masalan  o‘zboshimchalik  bilan  shartnoma 
tuzishga majbur qilish, o‘zboshimchalik bilan shartnomani bekor qilishga 
majbur  qilish,  o‘zboshimchalik  bilan  biron  faoliyat  bilan  shug‘ullanishga 
majbur  qilish,  ijodiy  faoliyat  bilan  shug‘ullanishga  ta’qiqlash  va  h.k. 
O‘zboshimchalik  bilan  xususiy  ishlarga  aralashgan  taqdirda  qonunda 
belgilangan oqibatlar vujudga keladi. Masalan, aldash, qo‘rqitish ta’sirida 
tuzilgan  bitim  haqiqiy  emasligi.  Ayni  paytda  shuni  unutmaslik  lozimki, 
qonunda  xususiy  ishlarga  qonuniy  aralashish  ham  belgilab  qo‘yilgan. 


25 
 
Masalan,  muomalaga  layoqatsiz  shaxs  nomidan  uning  vasiyi  vakillik 
qilishi,  voyaga  yetmagan  bolalarga  ularning  ota-onalarining  qonuniy 
vakillik  qilishi,  tadbirkorlik  faoliyati  subyektlari  faoliyati  ustidan  nazorat 
qiluvchi idoralarning vakolatlari va h.k. 
Xususiy  ishlarga  o‘zboshimchalik  bilan  aralashishga  yo’l 
quyilmasligi  tamoyili  fuqarolik  huquqining  xususiy  huquq  sifatidagi 
mohiyatidan kelib chiqadi. Bu tamoyil eng avvalo ommaviy xokimiyat va 
uning  organlariga  qaratilgan  bo’lib,  bozor  munosabatlari  tizimida  mulkiy 
munosabatlar  qatnashchilari,  tovar  egalari  mulkdorlari  xususiy  ishlariga, 
shu jumladan xo‘jalik  ishlariga  aralashish faqat qonunda nazarda tutilgan 
xollardagina  yo’l  qo’yiladi.  O‘zbekiston  Respublikasining  1998  yil          
24  dekabrdagi  “Xo’jalik  yurituvchi  subyektlar  faoliyati  erkinligining 
kafolatlari 
to‘g‘risida”gi 
qonunda, 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining  1998  yil  19  noyabrdagi  “Xo’jalik  yurituvchi  subyektlarini 
tekshirishini  tashkil  qilishini  tartibga  solish  to’g’risida”gi  Farmonida 
ushbu  tamoyilni  amalga  oshirish  kafolatlari  belgilab  qo’yilgan.  Shaxsiy 
nomulkiy  munosabatlar  sohasida  ushbu  tamoyil  erkinlik  va  shaxsiy 
daxlsizlik  huquqi,  shaxsiy  hayotdagi  aralashishdan  himoyalanish  va  turar 
joy daxlsizligi to’g’risidagi normalarda (Konstitutsiyaning 25, 27-modda) 
yanada konkretlashgan holda o‘z ifodasini topgan. 
FKning qator normalarida ommaviy xokimiyat organlarining xususiy 
ishlarga  o‘zboshimchalik  bilan  aralashmasligi  uchun  preventiv  normalar 
belgilab qo’yilgan. Masalan, sud davlat organining hujjatini xaqiqiy emas 
deb  topish,  davlat  organining  qonunga  zid  hujjatini  sudning  qullamasligi, 
davlat  organlari  tomonidan  yetkazilgan  zararni  undirilishi  bo’yicha 
normalar (FKning 11, 15-modda) shular jumlasidandir. 
5)  Fuqarolik  huquqlarini  to‘sqinliksiz  amalga  oshirilishi  tamoyili. 
Uning  mohiyati  shundaki,  hech  kim  boshqa  subyektlarni  fuqarolik 
huquqlarini  amalga  oshirishga  to‘sqinlik  qilishga  haqli  emas.  Bordiyu 
shunday  bo‘lgan  taqdirda  huquq  sohibi  bunday  to‘sqinliklarni  bartaraf 
etilishini  so‘rab  sudga  murojaat  qilishi  mumkin.  Fuqarolik  huquqlarini 
amalga  oshirish  jamiyatdagi  mavjud  shart  sharoitlar  bilan  belgilanadi. 
Bugungi  kunda  mamlakatimizda  fuqarolarni  barcha  mulkiy,  shaxsiy 
huquqlarini  amalga  oshirish  uchun  real  imkoniyatlar  mavjud.  Bunday 
imkoniyatlar 
yuridik 
jihatdan 
kafolatlanibgina 
qolmasdan 
mamlakatimizdagi  mavjud  siyosiy,  iqtisodiy,  ijtimoiy  tizim  tomonidan 
ham to‘liq ta’minlangan. Masalan, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish 
uchun 
davlat  ro‘yxatidan 
o‘tkazish 
va 
hisobga 
qo‘yishning 
soddalashtirilgan  tartibi  amal  qiladi.  Bu  boradagi  har  qanday  byurokratik 


26 
 
to‘sqinliklar  va  qonunda  belgilangan  tartibning  buzilishi  tegishli 
mansabdor shaxslar uchun muayyan javobgarlik choralarini belgilanishiga 
asos bo‘ladi.  
6)  Buzilgan fuqarolik  huquqlarini  tiklanishi  tamoyili.  Ko‘p  hollarda 
fuqarolik  muomalasi  ishtirokchilarni  muayyan  mulkiy  yoki  shaxsiy 
huquqlarni buzilishi bu huquqlarni mutlaqo bekor bo‘lishiga, tugatilishiga 
olib kelmaydi. Bunday huquqlar huquq sohibining sa’y-harakatlari tegishli 
vakolatli  davlat,  jamoat  organlarini  ko‘magi  yoxud  sud  qarori  asosida 
qaytadan  avvalgi  holatiga  tiklanishi  mumkin.  Masalan,  g‘ayriqonuniy 
ravishda  mulkdordan  olingan  mol-mulkni  asl  holida  qaytarib  berilishi. 
Ushbu  tamoyil  g‘oyat  muhim  ahamiyatga  ega  bo‘lib  fuqarolik 
muomalasini  normal,  uzluksiz,  barqaror  davom  etishiga  va  huquq  egalari 
uchun  huquqbuzarlik  natijasida  vujudga  kelgan  barcha  oqibatlarni  to‘liq 
bartaraf etilishiga asos va sabab bo‘ladi. 
7)  Fuqarolik  huquqlarini  sud  orqali  himoya  qilinishini  ta’minlash 
tamoyili.  Mamlakatimizda  buzilgan  fuqarolik  huquqlarini  ishonchli 
himoya qilishni mustahkam tizimi yaratilgan. Bu tizimning markazida odil 
sudlov  orqali  huquqlarni  va  qonuniy  manfaatlarni  himoya  qilish  tartibi 
yotadi.  Konstitutsiyaning  44-moddasida  har  bir  shaxsga  o‘z  huquq  va 
erkinliklarini  sud  orqali  himoya  qilish,  davlat  organlari,  mansabdor 
shaxslar,  jamoat  birlashmalarining  g‘ayriqonuniy  xatti-harakatlari  ustidan 
sudga  shikoyat  qilish  huquqi  kafolatlanadi,  deb  belgilangan.  Fuqarolik 
huquqlarini  sud  orqali  himoya  qilish  tartibi  muayyan  taomillar  asosida 
ishlarni  har tomonlama puxta ko‘rib chiqib, oliy  yuridik  ma’lumotga ega 
bo‘lgan sud’yalar tomonidan adolatli, qonuniy qaror chiqarilishini nazarda 
tutadi.  Mamlakatimizda  odil  sudlov  tizimi  tadbirkorlarni  huquqlarini 
himoya  qiluvchi  xo‘jalik  sudlari,  oilaviy,  fuqarolik,  mehnat  nizolari 
bo‘yicha  fuqarolik  sudlari,  shuningdek,  jinoyat  sudlari  faoliyat 
yuritmoqda.  Odil  sudlov  tizimi  mustaqil  hokimiyat  tarmog‘i  bo‘lib  u 
qonun  va  adolatga  asoslanadi.  Fuqarolik  huquqlarini  sud  orqali  himoya 
qilinishini  ta’minlash  fuqarolik huquqi  subyektlarida  ishonch,  barqarorlik 
tuyg‘ularini mustahkamlaydi.  
8)  Fuqarolar  (jismoniy  shaxslar)  va  yuridik  shaxslar  o‘z  fuqarolik 
huquqlariga  o‘z  erklariga  muvofiq  ega  bo‘ladilar  va  bu  huquqlarni  o‘z 
manfaatlarini  ko‘zlab  amalga  oshiradilar.  Ushbu  tamoyilni  mohiyati  erk 
muhtoriyatida namoyon bo‘ladi. Bu fuqarolik huquqini o‘ziga xos maxsus 
tamoyili bo‘lib hisoblanadi. Fuqarolik huquqini subyektlari erk irodasining 
har  qanday  tajovuzlardan  himoya  qilinishi,  ularni  o‘z  xohishlari,  o‘z 
maqsadlari,  manfaatlarini  ko‘zlab  fuqarolik  huquqiy  munosabatlarga 


27 
 
kirishishlari o‘zlari uchun maqbul shartnoma va bitimlar tuzishlari, ularni 
oqibatlaridan  bahramand  bo‘lishlari  qonun  bilan  kafolatlangan.  Nafaqat 
ularning  erk  irodasiga  tazyiq  o‘tkazishdan  himoyalanish,  shuningdek, 
bunday  erk-irodani  har  xil  yanglishishlar  ta’siri  ostida  bo‘lishi  holatlari, 
ularni oqibatlarini bartaraf etish ham fuqarolik qonun hujjatlarida belgilab 
qo‘yilgan. 
9)  Tovar,  xizmatlar  va  moliyaviy  mablag‘larni  O‘zbekiston 
Respublikasi  butun  hududida  erkin  harakatlanish  tamoyili.  Mamlakatimiz 
hududi  yaxlit  iqtisodiy-huquqiy  maydon  hisoblanadi.  Ushbu  hududda 
fuqarolik  huquqi  subyektlari  turli  tovarlar,  ishlar,  xizmatlar,  moliyaviy 
mablag‘larni  erkin  muomalasidan  bahramand  bo‘lish  huquqiga  egadirlar. 
Xavfsizlikni  ta’minlash,  insonlarni  hayoti  va  sog‘lig‘ini  himoya  qilishni 
ta’minlash,  tabiiy  va  madaniy  boyliklarni  muhofaza  qilish  uchun  zarur 
bo‘lgan hollarda tovarlar va xizmatlar harakatda bo‘lishini cheklash qonun 
hujjatlarida joriy etilishi mumkin.  
Bundan tashqari mamlakatimizda barcha mulk shakllarining tengligi 
va  huquqiy  jihatdan  bab  baravar  muhofaza  qilinishi,  mulkiy 
munosabatlarning  mafkuraviy  munosabatlardan  ajratilganligi,  qonunda 
nimaiki  ta’qiqlanmagan  bo‘lsa  ruxsat  berilishi,  fuqarolik  muomalasi 
ishtirokchilarining  ijtimoiy  adolat  va  qonuniylik  tamoyili  asosida  harakat 
qilishi  kabi  tamoyillar  ham  mavjudligi  to‘g‘risida  adabiyotlarda  fikr-
mulohazalar  mavjud.  Fuqarolik  huquqining  ayrim  kichik  sohalari  va 
institutlari  jumladan,  majburiyat  huquqi,  mulk  huquqi,  intellektual  mulk 
huquqi,  mualliflik  huquqi,  vorislik  huquqi  ham  o‘zining  alohida 
tamoyillariga ega. 
Fuqarolik  huquqi  tamoyillaridan  yana  biri  bu  dispozitivlik  tamoyili 
hisoblanadi.  Uning  mohiyati  shundaki,  fuqarolik  huquqiy  munosabatlar 
ishtirokchilari  bu  munosabatlarda  mustaqil,  o‘z  xoxishiga  ko‘ra 
qatnashadilar  va  manfaatlariga  muvofiq  tegishli  xatti  harakat  qoidalarini 
tanlab  oladilar.  Masalan,  ular  aksariyat  hollarda  u  yoki  bu  fuqarolik 
huquqiy munosabatlarga kirishish yoki kirishmaslik, o‘z kontragentlaridan 
majburiyatlar ijrosini talab qilishi yoki qilmaslik, o‘z huquqlarini himoya 
qilishni so‘rab sudga murojaat qilish yoki qilmaslikni masalalarini o‘zlari 
mustaqil hal qiladilar. 
 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish