Mantiqiy sharhlashda qonunda ishlatilgan ifodalar, tushunchalar
bir-biri bilan ichki, uzviy, mantiqiy bog‘langanligini aniqlab, huquqiy
normaning muzmuni belgilanadi. Masalan, FKning ushbu 30-moddasida
“Ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi oqibatida o‘z harakatlarining
ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan
fuqaroni sud qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartibda muomalaga
layoqatsiz deb topishi mumkin”, deb aytildi. Demak, voyaga etgan fuqaro
ruhiy kasal bo‘lsa ham, to sud tomonidan “muomalaga layoqatsiz” deb
tanilguniga qadar muomalaga layoqatli deb faraz qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |