Grammatik sharhlashda grammatik qoidalaridan foydalanib
qonunda ishlatilgan ayrim so‘zlar, jumlalar, ifodalarning ma’nosini
aniqlash yo‘li bilan huquqiy normalarning mazmuni belgilanadi. Masalan,
FKning 30-moddasida “Ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi oqibatida o‘z
harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara
olmaydigan fuqarolarni sud qonun hujjatlarida belg ilab qo‘yilgan tartibda
muomalaga layoqatsiz deb topishi mumkin”, deyiladi. Bu erda qonun
chiqaruvchi “yoki” so‘zini ishlatishi natijasida fuqaroni muomalaga
layoqatsiz deb topish uchun ikkita asosdan bittasi, ya’ni o‘z
harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaslik yoki ularni boshqara
olmaslikning mavjud bo‘lishi yetarli ekanligini ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |