Elektron shartnomalar mohiyati, tuzish hususiyatlari, mazmuni
va ularni bajarish masalalari
Zamonaviy fan texnika inson imkoniyatlarini doimiy ravishda
kengaytirib bormoqda. Uning uchun barcha sohalarda qulay shart-
sharoitlar vujudga keltirmoqda. Bugungi kunda kishilik jamiyatini
an’anaviy tasavurlari ham uning ta’sirida oʻzgarib bormoqda. Jumladan,
ilgari makon, moddiy borliq oʻlchami sifatida yagona boʻlsa, bugungi
kunda makonning oʻzi ikki xil koʻrinish kasb etmoqda, ular real va virtual
makondir.
Real makon moddiy, hajmiy makondagi subyektlar joylashuvi, voqea
jarayonlar roʻy beradigan manzil hisoblanadi.
Virtual maydon esa elektron axborot maydoni boʻlib, bunda
subyektlarning oʻzi ham voqealar jarayoni ham muayyan ketma-ketlikda,
zichlikda joylashish qoidalari qoʻllanilmaydi. Virtual maydon oʻziga xos
cheksiz axborot resurslari, axborot subyektlari va axborotlarni
joylashtirish, tarqatish, ayriboshlash maydoni hisoblanadi. Ma’lumki har
299
qanday yuridik fakt, shu jumladan, yuridik harakat uni sodir boʻlish
jarayoni, amalga oshiruvchi subyektlar va uni huquqiy oqibatlari boʻyicha
(huquqiy munosabatni vujudga keltiruvchi, oʻzgartiruvchi va bekor
qiluvchi oqibatlar boʻyicha) oʻziga xos tarzda namoyon boʻladi. Shu
ma’noda olib qaraganda, virtual maydonda ham yuridik faktlarni sodir
boʻlishi, yuridik harakatlarni amalga oshirilishi toʻlaqonli ravishda roʻy
berishi istisno etilmaydi. Faqat bunda kelib chiqishi mumkin boʻlgan
asosiy muammo yuridik harakatlarni kelib chiqish manbai, uning
oqibatlarini izini barqaror ravishda mavjudligini ta’minlash hisoblanadi.
Bugungi kunda virtual maydonni huquqiy ta’minlash bu borada muayyan
ijobiy natijalarga olib keldi. Virtual maydonda bitimlar tuzish,
shartnomalar tuzish va subyektlarni turli ehtiyojlarini qanoatlantirishga
qaratilgan harakatlarni sodir etishi odatdagi kundalik holga aylandi. Shuni
unutmaslik lozimki, virtual maydondagi shartnomalar uni real maydon
bilan bogʻliqlik darajasiga qarab, turlicha koʻrinishda namoyon boʻlishi
mumkin. Masalan, ba’zi shartnomalar virtual maydonda tuzilib,real
maydonda amalga oshiriladi. Misol uchun internet orqali muayyan tovarga
buyurtma berish shartnoma tuzish jarayoni virtual maydonda boʻlsa
shartnomani amalda yetkazib berish real maydonda amalga oshiriladi.
Ba’zi hollarda esa buning aksi. Real maydonda tuzilgan shartnoma virtual
maydonda amalga oshirilishi mumkin. Ayni paytda muayyan turdagi
shartnomalar real maydonga koʻchmasdan, faqat virtual maydonda
tuzilishi, amalga oshirilishi mumkin. Masalan, haq evaziga muayyan
axborotni tizimlashtirish va yetkazib berish. Bunda shartnomani tuzish,
amalga oshirish va hatto unga haq toʻlash toʻliq virtual maydonda amalga
oshiriladi. Shartnomani amalga oshirish va tuzish bilan bogʻliq hech
qanday harakatlarni real maydonga koʻchirish talab etilmaydi.
Hattoki toʻlovlarni amalga oshirish uchun elektron hamyon, elektron
pullar, elektron toʻlovlar tizimi ishlab chiqilgan va amal qilmoqda. Virtual
maydon orqali shartnomalar tuzish bugungi tovarlar, ishlar va xizmatlarni
globallashuvi, dunyoni yagona bozor, yagona huquqiy maydon tarzida
namoyon
boʻlishida
muhim
ahamiyat
kasb
etadi.
Masalan,
Oʻzbekistondagi tadbirkorlik subyekti oʻz uyida oʻtirgan holda dunyoning
istalgan nuqtasida, ya’ni Yaponiya, Avstraliya va boshqa joylardagi
tegishli sheriklar bilan shartnomalar tuzib, uni amalga oshirish
imkoniyatlariga ega boʻladi. Boshqacha aytganda, elektron shartnomalarni
virtual maydonda tuzish subyektlarni vaqti va mablagʻlarini tejashga
imkon beradigan eng qulay usullardan biri hisoblanadi.
Mamlakatimizda bugungi kunda elektron shartnomalarni huquqiy
negizlari yaratilgan. Ular ichida eng muhim hujjat bu Fuqarolik kodeksi
hisoblanadi.
300
FKning 366-moddasiga asosan, yozma shartnoma taraflar imzolagan
bitta hujjatni tuzish yoʻli bilan, shuningdek pochta, telegraf, teletayp,
telefon, elektron aloqa yoki hujjat shartnomadagi tarafdan chiqqanligini
ishonchli suratda aniqlash imkonini beradigan boshqa aloqa yordamida
hujjatlar almashish yoʻli bilan tuzilishi mumkin.
Bu normadan koʻrinib turibdiki virtual maydonda shartnomalar
tuzishga asosiy talab, taraflarni bir birlari bilan ishonchli aloqalarni
oʻrnatishi, ushbu maydonga boshqa shaxslarni noqonuniy kirib kelishi va
chalgʻitishini oldini olish hisoblanadi.
Bundan tashqari mazkur sohada maxsus qonunchilik bazasi
yaratilgan. Masalan, Oʻzbekiston Respublikasining “Elektron raqamli
imzo toʻgʻrisida”gi, “Elektron tijorat toʻgʻrisida”gi, “Elektron hujjat
aylanishi toʻgʻrisida”gi qonunlar qabul qilingan.
Virtual shartnomalarni ishonchli tarzda tuzilishini huquqiy kafolati
bu elektron raqamli imzo sanaladi.
Elektron raqamli imzo - elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat
axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda
maxsus oʻzgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli
imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik
yoʻqligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini
identifikastiya qilish imkoniyatini beradigan imzo hisoblanadi.
Elektron imzoning ochiq va yopiq kalitlari mavjud. Elektron raqamli
imzoning yopiq kaliti esa elektron raqamli imzo vositalaridan foydalangan
holda hosil qilingan, faqat imzo qoʻyuvchi shaxsning oʻziga ma’lum
boʻlgan va elektron hujjatda elektron raqamli imzoni yaratish uchun
moʻljallangan belgilar ketma-ketligi boʻlsa, elektron raqamli imzoning
ochiq kaliti elektron raqamli imzo vositalaridan foydalangan holda hosil
qilingan, elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga mos keluvchi, axborot
tizimining har qanday foydalanuvchisi foydalana oladigan va elektron
hujjatdagi elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash uchun
moʻljallangan belgilar ketma-ketligi hisoblanadi.
Elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash elektron raqamli
imzoning elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga tegishliligi va
elektron hujjatdagi axborotda xatolik yoʻqligi tekshirilgandagi ijobiy natija
bilan bogʻliq.
Elektron hujjat – elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli
imzo bilan tasdiqlangan hamda elektron hujjatning uni identifikatsiya
qilish imkonini beradigan boshqa rekvizitlariga ega boʻlgan axborot
hisoblanadi.
301
Elektron imzo roʻyxatga olish markazi tomonidan roʻyxatga
kiritiladi. Bu organ maxsus vakolatli organda davlat roʻyxatidan oʻtgan va
amaldagiqonunchilikda nazarda tutilgan vazifalarni bajarayotgan yuridik
shaxsdir.
Elektron raqamli imzo vositalari elektron hujjatda elektron raqamli
imzo yaratilishini, elektron raqamli imzoning haqiqiyligi tasdiqlanishini,
elektron raqamli imzoning yopiq va ochiq kalitlari yaratilishini
ta’minlaydigan barcha texnikaviy va dasturiy vositalardan iborat
boʻladi.Elektron raqamli imzo vositalari qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda sertifikatlashtirilishi lozim.
Muhr bilan tasdiqlangan va elektron hujjatga aylantirilgan qogʻoz
hujjatning mazmuni qonun hujjatlariga yoki taraflarning kelishuviga
muvofiq roʻyxatga olish markazi vakolatli shaxsining elektron raqamli
imzosi bilan yoki elektron raqamli imzo yopiq kaliti egasining elektron
raqamli imzosi bilan tasdiqlanishi mumkin.
Virtual maydonda subyektlarni individuallashtirish vositalaridan biri
boʻlib, domen nomlari hisoblanadi. Domen nomlari ham elektron
maydonda
firma
nomi,
tovar
belgisi
funksiyalarini
bajaradi.
Mamlakatimizda domen nomlarini berish va roʻyxatdan oʻtkazishni
huquqiy asoslari mavjud. Ba’zi holatlarda subyektlar domen nomlariga
moʻljal olgan holda shartnoma munosabatlariga kirishishlari ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |