Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Shartnomalarni oʻzgartirish va bekor qilish



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet197/205
Sana01.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#280239
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   205
 
Shartnomalarni oʻzgartirish va bekor qilish 
 
Umumiy  qoida  boʻyicha,  shartnoma  taraflarning  kelishuviga 
muvofiq,  oʻzgartirilishi  va  bekor  qilinishi  mumkin.  Agar  shartnomada 
muayyan  vaziyatda  shartnoma  shartlarini  bir  taraflama  oʻzgartirish  yoki 
bekor  qilish  haqidagi  shart  mavjud  boʻlsa,  bu  holda  shunday  vaziyat  yuz 
bergan  taqdirda  shartnoma  shartlarini  bir  tomonlama  oʻzgartirish  yoki 
bekor qilishga yoʻl qoʻyiladi. Masalan, agar shartnoma boʻyicha toʻlovlar 
muntazam kechiktirilsa, mahsulot yetkazib beruvchi akreditiv orqali hisob-
kitoblar joriy etishga haqli deb belgilab qoʻyilgan boʻlsa, bu holda amalda 
sotib  oluvchi  tomonidan  yetkazib  berilgan  tovarlar  uchun  toʻlovni 
muntazam  ravishda  kechiktirilishi  mahsulot  yetkazib  beruvchi  uchun 
shartnoma  shartlaini  bir  tomonlama  oʻzgartirishga  asos  boʻladi  yoki 
shartnomada 
muayyan 
muddat 
ichida 
buyurtmachiga 
xizmat 
koʻrsatilmasligi  shartnomani  bekor  boʻlishiga  olib  kelishi  belgilab 
qoʻyilgan boʻlsa, bu holda oʻsha majburiyatni bajarmasligi tegishli tarafga 
shartnomani bir tomonlama bekor qilishga asos boʻladi. 
Taraflardan  birining  talabi  bilan  shartnoma  sud  tomonidan  faqat 
quyidagi hollardagina oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin: 


296 
 
1) ikkinchi taraf shartnomani jiddiy ravishda buzsa; 
2)  Fuqarolik  kodeksi,  boshqa  qonunlar  va  shartnomada  nazarda 
tutilgan boshqa holatlarda. 
Garchi FKda belgilanmagan boʻlsa ham taraflardan tashqari vakolatli 
davlat  idoralari  (masalan,  qonun  talablariga  rioya  etilmagan  taqdirda 
prokuratura  organlari,  gʻirrom  raqobat  boʻyicha  kelishuv  mavjud  boʻlsa 
raqobat  qonunchiligiga  koʻra  monopoliyaga  qarshi  organ,  voyaga 
yetmaganlar manfaati qoʻpol ravishda buzilgan boʻlsa vasiylik va homiylik 
organi)  amalda  shartnoma  shartlarini  sud  orqali  oʻzgartirish  yoki  bekor 
qilishni sud tartibida amalga oshirishlari mumkin.  
Bu  oʻrinda  shuni  ta’kidlash  lozimki,  agar  shartnoma  shartlari 
uchinchi  shaxslar  manfaatlariga  daxl  qilsa,  uchinchi  shaxslar  tomonidan 
ham shartnoma shartlarini oʻzgartirish yo bekor qilish boʻyicha sudga talab 
qilinishi mumkin. 
Taraflardan birining shartnoma buzishi ikkinchi tarafga u shartnoma 
tuzishga  umid  qilishga  haqli  boʻlgan  narsadan  koʻp  darajada  mahrum 
boʻladigan qilib zarar yetkazishi shartnomani jiddiy buzish hisoblanadi. 
Masalan,  da’vogar  V.  javobgar  M.ga  nisbatan  da’vo  ariza  bilan  sudga 
murojaat  qilib,  unda  2011-yil  20-dekabrda  oʻzi  bilan  javobgar  oʻrtasida  umrbod 
ta’minlash  sharti  bilan  xonadonni  begonalashtirish  shartnomasi  tuzilganligini, 
hozirda 
javobgar 
tomonidan 
shartnoma 
majburiyatlari 
tegishli 
tartibda 
bajarilmayotganligi sababli ushbu shartnomani bekor qilish niyatida ekanligini, qayd 
qilingan  shartnomada  javobgar  amaldagi  eng  kam  oylik  ish  haqining  uch  baravari 
miqdoridan  kelib  chiqqan  holda  uni  oziq-ovqat,  kiyim-kechak  va  dori-darmon 
vositalari  bilan  ta’minlashi  hamda  uni  parvarishlashi  va  boshqa  yordamlarni 
koʻrsatishi lozimligi belgilanganligini, lekin unga aslida ushbu yordamlarni hozirda 
umuman boshqa odamlar koʻrsatib kelishini, javobgar oʻtgan davr mobaynida unga 
faqat  ba’zi  oziq-ovqat  mahsulotlarini  olib  kelganligini,  dori-darmon  va  kiyim-
kechaklarni esa olib kelmaganligini, bundan tashqari unga qoʻpollik qilib uy oʻziga 
tegishli  ekanligini  aytib  uni  uydan  haydab  yuborishini  aytib  qoʻrqitib  kelishini,  u 
shartnoma koʻrsatilgan barcha yordamlarni berib boʻlganligini, shuningdek, hozirda 
javobgar  uning  roziligisiz  uyga  oʻz  qizini doimiy roʻyxatga  qoʻyganligini,  javobgar 
unga uy hujjatlarini bermasligini bayon qilib, suddan umrbod ta’minlash sharti bilan 
uy-joyni boshqa shaxsga berish shartnomasini bekor qilishni soʻragan. 
Yuqoridagi  misolda  taraf  umid  qilgan  manfaatdan  mahrum 
boʻlganligi  uni  shartnomani  bekor  qilish  masalasini  koʻtarishga  sabab 
boʻlgan. 
Shartnoma  tuzishda  taraflar  uchun  asos  boʻlgan  vaziyatning  jiddiy 
oʻzgarishi,  agar  boshqacha  tartib  shartnomada  nazarda  tutilgan  boʻlmasa 
yoki  uning  mohiyatidan  anglashilmasa,  shartnomani  oʻzgartirish  yoki 
bekor qilish uchun asos boʻladi. Ushbu norma dispozitiv xarakterag ega. 


297 
 
Vaziyatning  taraflar  oldindan  koʻra  bilganlarida  shartnomani 
umuman  tuzmasliklari  yoki  ancha  farq  qiladigan  shartlar  bilan  tuzishlari 
mumkin  boʻlgan  darajada  oʻzgarishi  uning  jiddiy  oʻzgarishi  hisoblanadi. 
Binobarin vaziyatni jiddiy oʻzgarishi oʻziga xos favqulodda xarakterga ega 
boʻladi. 
Agar 
taraflar 
shartnomani 
jiddiy 
oʻzgargan 
vaziyatga 
muvofiqlashtirish yoki uni bekor qilish haqida kelisha olmagan boʻlsalar, 
shartnoma manfaatdor tarafning talabi bilan sud tomonidan bekor qilinishi, 
yuqorida  nazarda  tutilgan  asoslarga  koʻra  esa  –  oʻzgartirilishi  mumkin, 
agar ayni vaqtda quyidagi shartlar mavjud boʻlsa: 
1)  shartnomani  tuzish  paytida  taraflar  vaziyatda  bunday  oʻzgarish 
yuz bermaydi, deb hisoblagan boʻlsalar; 
2) vaziyatning oʻzgarishini keltirib chiqargan sabablarni, ular paydo 
boʻlganidan  keyin  manfaatdor  taraf  shartnomaning  xususiyatiga  va 
muomala  shartlariga  koʻra  oʻzidan  talab  qilinadigan  darajada  vijdoniylik 
va  ehtiyotkorlik  qilgan  boʻlishiga  qaramay,  bu  sabablarni  enga  olmagan 
boʻlsa; 
3)  shartnomani  uning  shartlarini  oʻzgartirmasdan  bajarish  taraflar 
mulkiy  manfaatlarining  shartnomaga  mos  keladigan  nisbatini  buzsa  va 
manfaatdor  tarafga  zarar  yetkazsa,  natijada  ular  shartnoma  tuzishda  umid 
qilishga haqli boʻlgan narsadan koʻp darajada mahrum boʻlsalar; 
4)  ish  muomalasi  odatlaridan  yoki  shartnomaning  mohiyatidan 
vaziyatning  oʻzgarishi  xavfiga  manfaatdor  taraf  uchrashi  kerakligi 
anglashilmasa. 
Vaziyatning jiddiy oʻzgarishi oqibatida shartnoma bekor qilinganida 
sud  har  qanday  taraf  talabi  bilan  shartnomani  bekor  qilish  oqibatlarini 
aniqlashda  taraflarning  ushbu  shartnomani  bajarish  bilan  bogʻliq 
xarajatlarini ular oʻrtasida adolatli taqsimlash zarurligiga asoslanadi. 
Vaziyatning  jiddiy  oʻzgarishi  munosabati  bilan  shartnomaning 
oʻzgartirilishiga  shartnomani  bekor  qilish  ijtimoiy  manfaatlarga  zid 
boʻlgan yoki taraflarga shartnomani sud tomonidan oʻzgartirilgan shartlar 
asosida  bajarish  uchun  talab  qilinadigan  xarajatlardan  ancha  ortiq  zarar 
keltiradigan favqulodda hollarda sud qarori bilan yoʻl qoʻyiladi. 
Vaziyatni jiddiy oʻzgarishi munosabati bilan shartnomani oʻzgartirish 
va  bekor  qilishni  ba’zi  huquqiy  asoslari  FKning  tegishli  normalarida  oʻz 
ifodasini topgan. 
Masalan, FKning 506-moddasiga asosan, agar shartnoma tuzilgandan 
soʻng  hadya  qiluvchining  moddiy  ahvoli  jiddiy  yomonlashgan  boʻlsa,  u 
kelajakda  hadya  oluvchiga  ashyoni  yoki  mulk  huquqini  berish  yo 


298 
 
boʻlmasa, uni mulkiy majburiyatdan ozod etish va’da qilingan shartnomani 
bajarishdan bosh tortishga haqli. 
Bundan 
tashqari 
FKning 
698-moddasida 
buyurtmachining 
majburiyatlari belgilangan boʻlib, ulardan biri kutilayotgan natijalarni olish 
mumkin emasligi yoki ishlarni davom ettirish maqsadga muvofiq emasligi 
aniqlangan  taqdirda,  bu  haqda  buyurtmachini  darhol  xabardor  qilish 
hisoblanadi. Buyurtmachi ushbu axborotni olgandan soʻng yo shartnomani 
yangi  shartlar  asosida  davom  ettirish  yoki  bekor  qilish  huquqiga  ega 
boʻladi. 
Shuningdek,  FKning  949-moddasida  vaziyatni  jiddiy  oʻzgarishi 
munosabati bilan sugʻurta shartnomasini bekor qilish asoslari belgilangan. 
Vaziyatni  jiddiy  oʻzgarishi  agar  FKning  383-moddasida  nazarda 
tutilgan  holatlarga  toʻliq  mos  kelsa,  qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan 
yoki  tutilmaganligidan  qat’i  nazar  shartnoma  shartlarini  oʻzgartirish  yoki 
bekor qilishga asos boʻladi. 
Masalan,  “Yogʻdu”  firmasi  an’anaviy  lampochkalar  ishlab  chiqarish  bilan 
shugʻullanadi va u uch yilga “Olim” firmasi bilan xom ashyo yetkazib berish haqida 
shartnoma  tuzgan  edi.  Biroq,  shartnomani  muddatining  ikkinchi  yilida  bozorga 
energiya  tejamli  arzon  lampochkalar  keng  miqiyosda  savdoga  chiqdi.  “Yogʻdu” 
firmasi mahsulotiga nisbatan talab yoʻqoldi. Bu holda vaziyat oʻzgarishi munosabati 
bilan shartnomani bekor qilish haqida talab bilan murojaat qilindi. Sud FKning 383-
moddasi asosida da’vo talabini qanoatlantirdi. 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish