Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/205
Sana01.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#280239
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   205
Shartnomalarning turlari 
 
Shartnoma  unda  ishtirok  etayotgan  taraflar  oʻrtasida  huquq  va 
majburiyatlarning  oʻzaro  taqsimlanishiga  qarab  bir  tomonlama,  ikki 
tomonlama va koʻp tomonlama shartnomalarga boʻlinadi. 
Bir  tomonlama  shartnomada  ishtirok  etayotgan  taraflarning  birida 
faqat  huquq  boʻlib,  hech  qanday  majburiyat  boʻlmaydi,  ikkinchi  tarafda 
esa  faqat  majburiyat  boʻladi
.  Masalan,  qarz  shartnomasida  qarzdor  olgan  pul 
summasini  oʻz  vaqtida  qarz  beruvchiga  toʻlash  majburiyatiga  va  kreditor  esa  uni 
talab qilish huquqiga ega.
 
Ikki  tomonlama  shartnomada  esa  har  ikki  taraf  ham  mustaqil  huquq 
va majburiyatga ega boʻladi. Bunday shartnomaga oldi-sotdi shartnomasini 
misol  qilib  keltirish  mumkin.  Bu  shartnoma  boʻyicha  sotuvchi  sotilgan 
ashyoning  haqini  talab  qilish  huquqiga  ega  boʻlib,  sotilgan  ashyoni 


290 
 
oluvchiga topshirishga majbur, oluvchi esa –olayotgan ashyoning bahosini 
toʻlashi zarur boʻlib, sotib olingan ashyoni talab qilib olishga haqli. 
Fuqarolik muomalasida tuziladigan shartnomalarning koʻpchiligi ikki 
tomonlama,  (ya’ni  yuqorida  koʻrsatilgan  oldi-sotdi  shartnomasi  kabi) 
shartnomalardan iborat boʻladi. 
Koʻp tomonlama shartnomalar ham mavjud boʻlib, unda taraflar uch 
va  undan  ortiq  boʻladi.  Bunday  shartlarda  bir  paytning  oʻzida  har  bir 
tarafda  muayyan  huquq  va  majburiyatlar  boʻlishi  xarakterlidir.  Masalan, 
franshizing, lizing shartnomalari. 
Shartnomalar haq baravariga va tekinga tuziladigan shartnomalarga 
boʻlinadi.  Haq  baravariga  tuziladigan  shartnomalar  bir  taraf  topshirgan 
mulki, qilgan xizmati evaziga pul yoki mulk bilan haq oladi. Masalan, bir 
taraf  vaqtinchalik  foydalanish  uchun  mulkni  ijaraga  oluvchi  undan 
foydalangani  uchun  ijara  haqi  toʻlashga  majbur  boʻladi.  Bunday  haq 
baravariga  tuziladigan  shartnomalarga  oldi-sotdi,  mahsulot  yetkazib 
berish, ayirboshlash, pudrat va boshqa koʻplab shartnomalarni misol qilib 
koʻrsatish  mumkin.  Agar  qonun  hujjatlaridan  boshqacha  qoida  kelib 
chiqmasa, 
shartnomaning 
mazmun-mohiyatidan 
oʻzgacha 
hol 
anglashilmasa, shartnoma haq evaziga tuzilgan shartnoma deb hisoblanadi. 
Tekinga  tuziladigan  shartnomada  esa  bir  taraf  boshqa  bir  taraf 
foydasiga  haq  olmay,  biror-bir  mulkni  topshirish,  biror  ishni  bajarishi 
mumkin.  Masalan,  hadya  shartnomasi  boʻyicha  mulk  egasi  oʻz  mulkini 
boshqa  bir  shaxsga  tekinga  beradi.  Tekin  foydalanish,  foizsiz  qarz 
shartnomalari ham bepul tuziladigan shartnomalarga kiradi.  
Shartnomalar  tuzilish  paytiga  va  mazmuniga  qarab  konsensual  va 
real shartnomalarga boʻlinadi. 
 
Konsensual  shartnomalarda  huquq  va  majburiyatlar  taraflarning 
kelishuvlari  asosida  qonun  talab  qilgan  shaklda  rasmiylashtirganlari 
zahoti  tuzilgan  hisoblanadi  va  taraflarda  huquq  va  majburiyatlar 
vujudga  keltiradi.  Shu  paytdan  boshlab  taraflar  shartnoma  ijrosini  bir-
biridan 
talab 
qilishga 
haqli. 
“Konsensual” 
soʻzi 
lotincha 
“konsensus”soʻzidan  olingan  boʻlib,  “kelishuv”  ma’nosini  bildiradi. 
Konsensual  shartnomaga  misol  qilib  oldi-sotdi,  mahsulot  yetkazib 
berish,  pudrat,  mulkni  ijaraga  berish  kabi  shartnomalarni  koʻrsatsa 
boʻladi.  Fuqarolik  huquqida  aksariyat  koʻpchilik  shartnomalar 
konsensual shartnomalar guruhiga kiradi. 
 


291 
 
Real  shartnomalar  boʻyicha  huquq  va  majburiyatlar  taraflar  oʻzaro 
kelishgan  va  shartnoma  narsasi  ashyo  yoki  pul  topshirilgan  paytdan 
vujudga keladi. 
“Real”  soʻzi  lotincha  “res”  soʻzidan  olingan  boʻlib,  “ashyo” 
ma’nosini bildiradi. Real shartnomaga misol qilib qarz, omonat, hadya, 
tekin foydalanish shartnomalarini koʻrsatish mumkin. 
Uchinchi  shaxs  foydasiga  tuziladigan  shartnomalar  umumiy  qoida 
boʻyicha  shartnomadan  kelib  chiqadigan  huquq  va  majburiyatlar 
shartnoma  tuzishda  qatnashgan  taraflar  uchun  paydo  boʻladi.  Ayrim 
hollarda  shartnoma  uchinchi  shaxs  foydasiga  tuzilishi  ham  mumkin. 
Uchinchi  shaxs  foydasiga  tuzilgan  shartnomaga  misol  qilib  sugʻurta 
shartnomasini  koʻrsatish  mumkin.  Uchinchi  shaxs  shartnomada  alohida 
taraf hisoblanmaydi. Biroq, FKning 362-moddasida koʻrsatilganidek, agar 
qonun  hujjatlarida  yoki  shartnomada  oʻzgacha  tartib  nazarda  tutilmagan 
boʻlsa,  uchinchi  shaxs  shartnoma  boʻyicha  oʻz  huquqidan  foydalanish 
niyatini  qarzdorga  bildirgan  paytdan  boshlab  taraflar  oʻzlari  tuzgan 
shartnomani  uchinchi  shaxsning  roziligisiz  bekor  qilishlari  yoki 
oʻzgartirishlari  mumkin  emas.  Shartnoma  tuzgan  shaxs  shartnomadan 
kelib chiqqan majburiyatning uchinchi shaxsga nisbatan bajarilishini shart 
qilgan boʻlsa, bu haqda shartnomada boshqacha hol koʻrsatilmagan boʻlsa, 
majburiyatning  bajarilishini  shartnomani  tuzgan  shaxs  ham,  foydasiga 
majburiyatning  bajarilishi  koʻrsatilgan  uchinchi  shaxs  ham  talab  qilishi 
mumkin. 
Shartnomalar, 
shuningdek 
ommaviy 
shartnoma, 
qoʻshilish 
shartnomasi va dastlabki shartnoma kabi turlarga ham boʻlinadi. 
Bundan  tashqari  shartnomalarni:  birinchidan,  mulkni  topshirishga 
qaratilgan;  ikkinchidan,  ishlarni  bajarishga  qaratilgan;  uchinchidan: 
xizmatlar bajarishga qaratilgan; toʻrtinchidan, turli xil tuzilmalarni ta’sis 
etishga yoʻnaltirilgan toʻrt guruhga boʻlish mumkin.  
Zamonaviy  fan  texnika  inson  imkoniyatlarini  doimiy  ravishda 
kengaytirib  bormoqda.  Uning  uchun  barcha  sohalarda  qulay  shart-
sharoitlar  vujudga  keltirmoqda.  Bugungi  kunda  kishilik  jamiyatini 
an’anaviy  tasavurlari  ham  uning  ta’sirida  oʻzgarib  bormoqda.  Jumladan, 
ilgari  makon,  moddiy  borliq  oʻlchami  sifatida  yagona  boʻlsa,  bugungi 
kunda makonning oʻzi ikki xil koʻrinish kasb etmoqda, ular real va virtual 
makondir. 
Real makon moddiy, hajmiy makondagi subyektlar joylashuvi, voqea 
jarayonlar roʻy beradigan manzil hisoblanadi.  


292 
 
Virtual  maydon  esa  elektron  axborot  maydoni  boʻlib,  bunda 
subyektlarning oʻzi ham, voqealar jarayoni ham muayyan ketma-ketlikda, 
zichlikda  joylashish  qoidalari  qoʻllanilmaydi.  Virtual  maydon  oʻziga  xos 
cheksiz  axborot  resurslari,  axborot  subyektlari  va  axborotlarni 
joylashtirish,  tarqatish,  ayriboshlash  maydoni  hisoblanadi.  Ma’lumki,  har 
qanday  yuridik  fakt,  shu  jumladan  yuridik  harakat  uni  sodir  boʻlish 
jarayoni, amalga oshiruvchi subyektlar va uni huquqiy oqibatlari boʻyicha 
(huquqiy  munosabatni  vujudga  keltiruvchi,  oʻzgartiruvchi  va  bekor 
qiluvchi  oqibatlar  boʻyicha)  oʻziga  xos  tarzda  namoyon  boʻladi.  Shu 
ma’noda  olib  qaraganda,  virtual  maydonda  ham  yuridik  faktlarni  sodir 
boʻlishi,  yuridik  harakatlarni  amalga  oshirilishi  toʻlaqonli  ravishda  roʻy 
berishi  istisno  etilmaydi.  Faqat  bunda  kelib  chiqishi  mumkin  boʻlgan 
asosiy  muammo  yuridik  harakatlarni  kelib  chiqish  manbai,  uning 
oqibatlarini  izini  barqaror  ravishda  mavjudligini  ta’minlash  hisoblanadi. 
Bugungi kunda virtual maydonni huquqiy ta’minlash bu borada muayyan 
ijobiy  natijalarga  olib  keldi.  Virtual  maydonda  bitimlar,  shartnomalar 
tuzish  va  subyektlarni  turli  ehtiyojlarini  qanoatlantirishga  qaratilgan 
harakatlarni sodir etishi odatdagi kundalik holga aylandi. Shuni unutmaslik 
lozimki, virtual maydondagi shartnomalar uni real maydon bilan bogʻliqlik 
darajasiga qarab, turlicha koʻrinishda namoyon boʻlishi mumkin. Masalan, 
ba’zi  shartnomalar  virtual  maydonda  tuzilib,  real  maydonda  amalga 
oshiriladi.  Misol  uchun  internet  orqali  muayyan  tovarga  buyurtma  berish 
shartnoma  tuzish  jarayoni  virtual  maydonda  boʻlsa  shartnomani  amalda 
ijrosi  real  maydonda  amalga  oshiriladi.  Ba’zi  hollarda  esa  buning  aksi. 
Real  maydonda  tuzilgan  shartnoma  virtual  maydonda  amalga  oshirilishi 
mumkin.  Ayni  paytda  muayyan  turdagi  shartnomalar  real  maydonga 
koʻchmasdan faqat virtual maydonda tuzilishi, amalga oshirilishi mumkin. 
Masalan,  haq  evaziga  muayyan  axborotni  tizimlashtirish  va  yetkazib 
berish.  Bunda  shartnomani  tuzish,  amalga  oshirish  va  xatto  unga  haq 
toʻlash  toʻliq  virtual  maydonda  amalga  oshiriladi.  Shartnomani  amalga 
oshirish  va  tuzish  bilan  bogʻliq  hech  qanday  harakatlar  real  maydonga 
koʻchirish talab etilmaydi.  
 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish