Fuqaroning vafot etishi yoki yuridik shaxsning tugatilishi sababli
majburiyatning bekor boʻlishi
284
Majburiyat ishtirokchisi boʻlgan fuqaro vafot etishi tufayli
majburiyatlar barcha hollarda ham tugatilmaydi, chunki qonun bilan
belgilangan ba’zi hollarda marhumning huquq va burchlari uning
vorislariga oʻtadi. Jumladan, merosni qabul qilgan voris meros
qoldiruvchining qarzlari yuzasidan oʻziga oʻtgan meros mulkining haqiqiy
qiymati doirasida javobgar boʻladi. Meros mulki vorislar boʻlmagani
uchun davlatga oʻtgan boʻlsa, davlat ham shu tartibda marhumning qarzlari
uchun javob beradi.
Agar majburiyatni qarzdorning shaxsiy ishtirokisiz bajarish mumkin
boʻlmasa yoki majburiyat boshqacha tarzda qarzdorning shaxsi bilan
chambarchas bogʻliq boʻlsa, qarzdor vafot etishi bilan bekor boʻladi (FK
351-modda). Chunonchi, vakil vafot etsa, u tomondan olingan majburiyat
ham bekor qilinadi, chunki vakillik shaxsiy ishonchga asoslanib
belgilangan huquqiy munosabat hisoblanadi. Agar majburiyatni bajarish
shaxsan kreditor uchun moʻljallangan yoki majburiyat boshqacha tarzda
kreditorning shaxsi bilan bogʻliq boʻlsa, kreditor vafot etishi bilan
majburiyat bekor boʻladi. Chunonchi, sogʻligʻiga shikast yetkazganligi
tufayli zarar haqini olib turgan fuqaroning vafot etishi bilan unga nisbatan
belgilangan majburiyatlar ham bekor boʻladi va hokazo.
Majburiyat qarzdor yoki kreditor boʻlgan yuridik shaxs tugatilishi
bilan ham agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan
boʻlsa bekor boʻladi. Yuridik shaxslarni tugatilishi hamma vaqt ham
majburiyatlarni bekor boʻlishiga olib kelmaydi
. Masalan, MChJ, AJlarda
muassislar qoʻshgan xissasi doirasida javobgar boʻlishi belgilangan va ularda
majburiyatlar jamiyat tugatilishi bilan bekor boʻladi.
Ba’zi hollarda ayrim yuridik shaxslarning ta’sis hujjatlarida yoki
qonun hujjatlarida yuridik shaxs tugatilgandan soʻng uning huquq va
majburiyatlari mulkdori, ishtirokchisi yoki ta’sischisiga oʻtishi belgilanishi
mumkin
. Masalan xususiy korxona, fermer xoʻjaligi, toʻliq shirkat, qoʻshimcha
mas’uliyatli jamiyati, ishlab chiqarish kooperativi, davlat muassasalarida uning
huquq va majburiyatlari mazkur korxona muassislari zimmasiga oʻtishi mumkin.
Yuridik shaxs bankrot boʻlgani sababli tugatilganda, uning
majburiyatlari bekor boʻladi. Ayrim majburiyatlar, masalan, yuridik shaxs
fuqaroning hayoti yoki sogʻligʻiga zarar yetkazgani uchun toʻlovlar
boʻyicha majburiyatda qarzdor boʻlsa, bekor boʻlmaydi. Bunda FKning
247-moddasiga
va
bankrotlik
haqidagi
qonunchilikka
asosan
tugatilayotgan yuridik shaxs mablagʻlari kapitallashtirilib qoʻyiladi va
majburiyatning ijrosi boshqa shaxs zimmasiga yuklanadi.
285
Yuqorida koʻrsatilgan usullar majburiyatni bekor qiladigan umumiy
asoslar boʻlib, ba’zi hollarda majburiyatlar boshqa asoslarda ham bekor
boʻlishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |