Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Taraflarning kelishuvi boʻyicha va qarzdorni qarzidan voz



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/205
Sana01.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#280239
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   205
Taraflarning kelishuvi boʻyicha va qarzdorni qarzidan voz 
kechishi boʻyicha majburiyatning bekor boʻlishi 
 
Taraflarning 
kelishuviga 
muvofiq 
majburiyatlarning 
bekor 
qilinishida  bunday  kelishuv  bajarilmagan  majburiyatlarni  kelgusida 
bajarishdan ozod qilishga qaratilgan boʻladi va har ikki taraf majburiyatni 
bajarishga  hali  kirishmagan  vaqtda  yoki  majburiyatning  bir  qismi 
bajarilgan paytda yuz beradi. Taraflarning kelishuvlari turlicha mazmunda, 
chunonchi,  qarzni  toʻlashdan  yoki  biror-bir  ishni  bajarishdan  ozod  qilish 
toʻgʻrisida  boʻlishi  mumkin.  FKning  342-moddasiga  asosan  taraflarning 
kelishuviga  muvofiq  majburiyat  uni  bajarish  oʻrniga  voz  kechish  haqini 
berish  (pul  toʻlash,  mol-mulk  berish  kabi)  bilan  bekor  qilinishi  mumkin. 
Voz  kechish  haqining  miqdori,  muddatlari  va  uni  berish  tartibini  taraflar 
belgilaydilar. 
Odatda  voz  kechish  haqi  bilan  uni  asosida  bekor  boʻlayotgan 
majburiyat qiymati oʻrtasida muayyan mutanosiblik boʻlishi talab etiladi.  
Kreditorning  qarzdan  voz  kechishi  ham  majburiyatning  bekor 
boʻlishiga  olib  keladi.  Bu  bir  taraflama  bitim  boʻlib,  unda  taraflarning 


281 
 
kelishuvi  roʻy  bermaydi.  Biroq  bunda  kreditorning  qarzdan  voz  kechishi 
boshqa  shaxslarning  kreditor  mol-mulkiga  nisbatan  huquqlarini  buzmasa, 
majburiyat bekor boʻladi (FK 348-modda). 
FKning  347-moddasida  koʻrsatilganidek,  taraflar  oʻz  oʻrtalaridagi 
dastlabki  majburiyatni  boshqa  narsani  yoki  boshqacha  ijro  etish  usulini 
nazarda  tutuvchi  yangi  majburiyat  bilan  almashtirish  (majburiyatni 
yangilash)  haqida  kelishib  olsalar,  majburiyat  bekor  boʻladi.  Chunonchi, 
biror-bir  narsa  nasiyaga  olinganida  oldi-sotdi  shartnomasidan  kelib 
chiqqan  majburiyat  taraflarning  kelishuvi  bilan  qarz  majburiyatiga 
aylantiriladi.  Bunday  holda  taraflar  oʻrtasida  qarz  shartnomasi  bilan 
tartibga solinadigan huquqiy munosabat kelib chiqadi. 
Bir majburiyatning boshqa bir majburiyat bilan almashtirilishi uchun 
qator  shartlar  talab  qilinadi.  Bunda,  birinchidan,  taraflar  oʻrtasidagi  bir 
majburiyatni  bekor  qilish  uchun  boshqa  turdagi  majburiyat  bilan 
almashtirish  haqidagi  kelishuv  boʻlishi;  ikkinchidan,  amalda  boʻlgan, 
haqiqiy  majburiyatning  boʻlishi  (agar  dastlabki  majburiyat  haqiqiy 
boʻlmasa  yoki  bekor  qilingan  boʻlsa,  u  holda  majburiyatni  boshqa  bir 
majburiyat  bilan  almashtirish  toʻgʻrisida  kelishuv  ham  boʻlishi  mumkin 
emas);  uchinchidan,  yangi  majburiyat  haqiqiy  boʻlishi  va  eski 
majburiyatdan biror-bir farqi boʻlishi kerak. 
Taraflarning  bir  turdagi  majburiyatni  boshqa  bir  turdagi  majburiyat 
bilan 
almashtirish 
toʻgʻrisidagi 
kelishuvi 
shartnoma 
sifatida 
koʻrsatilganligi tufayli kelishuv ham shartnomalarni tuzishga oid umumiy 
qoidalarga muvofiq boʻlishi lozim. 
Dastlabki  majburiyatning  yangi  majburiyat  bilan  almashtirilishida 
dastlabki  majburiyatning  bajarilishini  ta’minlash  uchun  belgilangan 
kafolat, zakalat va boshqa usullar ham bekor boʻladi. 
Majburiyatlarning  kelishuv  yoʻli  bilan  bekor  qilinishi  FKning  102-
112-moddalariga 
rioya 
qilingan 
holda 
rasmiylashtirilishi 
lozim. 
Tashkilotlar  oʻrtasidagi  majburiyatlarning  kelishuvi  faqat  yozma 
shakldagina bekor qilinishi mumkin. 
Qarzdan  voz  kechish  bu  FK  talablariga  asosan  xadya  sifatida 
baholanadi  va  odatda  xususiy  mulkka  mansub  subyektlar  oʻrtasida 
qoʻllaniladi. Budjetdan ta’minlanuvchi hamda boshqa ommaviy subyektlar 
oʻrtasida ushbu asosni qoʻllash maxsus tartibda amalga oshiriladi. 
 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish