Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Bajarish mumkin boʻlmaganligi tufayli majburiyatning bekor



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/205
Sana01.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#280239
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   205
Bajarish mumkin boʻlmaganligi tufayli majburiyatning bekor 
boʻlishi 
 


282 
 
Fuqarolik  huquqida  majburiyatni  bajarish  mumkin  boʻlmasligi  deb 
shunday  vaziyat  tushuniladiki,  bunda  qarzdorga  majburiyat  mazmunini 
tashkil etgan harakatlarni bajarish imkoniyati boʻlmay qoladi. 
FKning  349-moddasida  koʻrsatilishicha,  agar  taraflardan  birortasi 
ham  javob  bermaydigan  vaziyat  tufayli  majburiyatni  bajarish  mumkin 
boʻlmay  qolsa,  u  bekor  boʻladi.  Basharti,  qarzdor  majburiyatni 
kreditorning aybli harakatlari tufayli bajarishi mumkin boʻlmasa, kreditor 
oʻzining majburiyat boʻyicha bajarganlarini qaytarib berishni talab qilishga 
haqli emas. 
Bajarish  mumkin  boʻlmaslik  tasodifiy  holatlar  tufayli  boʻlishini 
birovning  aybi  bilan  bogʻliq  boʻlishi  holatidan  ajratish  kerak.  Tasodifiy 
holat tufayli bajarish mumkin boʻlmasligi deb mazkur sharoitda, vaziyatda 
qaytara  olmaydigan  kuch,  chunonchi,  suv  toshqini,  zilzila,  yongʻin  kabi 
tabiiy ofatlar tufayli bajarish mumkin boʻlmasligi tushuniladi. 
Bajarishning mumkin boʻlmay qolishi qarzdor aybi bilan boʻlgan deb 
hisoblash uchun bajarish imkoniyatini bermagan holatlar qarzdor qasddan 
yoki  ehtiyotsizlikdan  yoʻl  qoʻygan  boʻlishi  yoxud  uning  oldini  olmagan 
boʻlishi  kerak.  Agar  bajarishga  imkoniyat  bermaydigan  holatlar 
qarzdorning aybi  bilan sodir etilgan boʻlsa, u holda qarzdor  majburiyatni 
bajarishdan  ozod  boʻlmaydi,  bunday  holda  majburiyat  bekor  boʻlmay  oʻz 
kuchida  qolib,  faqat  uning  mazmuni  yuz  bergan  holatga  qarab  oʻzgarishi 
mumkin.  Qarzdorning  oʻz  aybi  bilan  ijro  etib  boʻlmaydigan  holat  sodir 
qilingan  boʻlsa,  majburiyat  bajarilmasligi  uchun  neustoyka  yoki  zararni 
toʻlash burchidan ozod qilinmaydi. 
Qonun  majburiyatni  bajarish  mumkin  boʻlmasligi  faktlarini  turlarga 
boʻlib  koʻrsatmaydi.  Majburiyatni  bajarib  boʻlmasligi  faktlari  oʻz 
xarakteriga koʻra bir necha turga, chunonchi, jismiy, huquqiy va iqtisodiy 
faktlarga boʻlinadi. Jismiy jihatdan bajarib boʻlmaslik deganda, bajarilishi 
lozim  boʻlgan  majburiyat  narsasining  nobud  boʻlishi  natijasida  bajarish 
mumkin  boʻlmasligi  tushuniladi.  Masalan,  ijaraga  berilayotgan  binoning 
yongʻin  tufayli  yaroqsiz  boʻlib  qolganligi  sababli  majburiyat  narsasini 
berib boʻlmaydi. 
Huquqiy jihatdan bajarib boʻlmaslik deganda, majburiyat mazmunini 
tashkil  etgan  harakatni  qilishni  vakolatli  organ  tomonidan  chiqarilgan 
huquqiy  hujjat  bilan  man  qilinishi  tushunilishi  mumkin
.  Masalan, 
farmastevtika  zavodi  dori  yetkazib  berish  majburiyatini  olsa,  lekin  tayyorlangan 
dorining  zararli  xususiyati  ma’lum  boʻlib  qolib,  vakolatli  organ  fuqarolik 
muomalasidan  chiqarish  toʻgʻrisida  buyruq  bersa,  huquqiy  asos  boʻyicha  bajarib 
boʻlmaydigan holat roʻy beradi. 


283 
 
Iqtisodiy  jihatdan  bajarib  boʻlmasligi  shu  bilan  xarakterlanadiki, 
qarzdor  majburiyatni  bajarish  jarayonida  oshiqcha  xarajatlar  qilishi  lozim 
boʻlsa,  bunday  xarajatlar  tufayli  zarar  yetkazilishi  sababli  bajarilmasligi 
mumkin. 
Bundan  tashqari,  majburiyatni  butunlay  yoki  qisman,  shuningdek 
muttasil va vaqtincha bajarib boʻlmaslikni bir-biridan farq qilmoq kerak. 
Qisman  ijro  etib  boʻlmaslik,  masalan,  shartnomaga  asosan 
topshiriladigan bir necha ashyoning biri yoki birmunchasining buzilishidan 
kelib chiqishi mumkin. 
Butunlay  ijro  etib  boʻlmaslik  esa,  topshirilishi  lozim  boʻlgan 
mulkning  tasodifiy  holat  sababli  iste’molga  yaroqsiz  boʻlib  qolishi 
tushuniladi. 
Vaqtincha  bajarib  boʻlmaslikka  vakolatli  organ  tomonidan  berilgan 
buyruqqa  asosan  majburiyat  bajarilishi  kechiktirilishini  misol  qilib 
koʻrsatish  mumkin. Vaqtincha ijro  etib boʻlmaslikda  majburiyat butunlay 
bekor qilinmay, balki bajarilishi vaqtincha toʻxtatilib turiladi. 
Muttasil  ijro  etib  boʻlmaslikda  biror  tasodifiy  holat  tufayli 
majburiyatni  hech  qachon  bajarish  mumkin  boʻlmaydi.  Masalan,  yongʻin 
tufayli vayron boʻlgan muayyan binoni ijaraga berish majburiyati muttasil, 
hech qachon bajarilmasligi mumkin. 
 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish