Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/205
Sana01.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#280239
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   205
Elektron  shartnomalar  mohiyati,  tuzish  hususiyatlari,  mazmuni  va 
ularni  bajarish  masalalari.  Zamonaviy  fan  texnika  inson  imkoniyatlarini 
doimiy  ravishda  kengaytirib  bormoqda.  Uning  uchun  barcha  sohalarda 
qulay  shart-sharoitlar  vujudga  keltirmoqda.  Bugungi  kunda  kishilik 
jamiyatini an’anaviy tasavvurlari ham uning ta’sirida oʻzgarib bormoqda. 
Jumladan,  ilgari  makon,  moddiy  borliq  oʻlchami  sifatida  yagona  boʻlsa, 
bugungi kunda makonning oʻzi ikki xil koʻrinish kasb etmoqda, ular real 
va virtual makondir. 
Real makon moddiy, hajmiy makondagi subyektlar joylashuvi, voqea 
jarayonlar roʻy beradigan manzil hisoblanadi. Virtual maydon esa elektron 
axborot maydoni boʻlib, bunda subyektlarning oʻzi ham voqealar jarayoni 
ham 
muayyan 
ketma 
ketlikda, 
zichlikda 
joylashish 
qoidalari 
qoʻllanilmaydi.  Virtual  maydon  oʻziga  xos  cheksiz  axborot  resurslari, 
axborot  subyektlari  va  axborotlarni  joylashtirish,  tarqatish,  ayriboshlash 
maydoni  hisoblanadi.  Ma’lumki  har  qanday  yuridik  fakt,  shu  jumladan 
yuridik harakat uni sodir boʻlish jarayoni, amalga oshiruvchi subyektlar va 
uni  huquqiy  oqibatlari  boʻyicha  (huquqiy  munosabatni  vujudga 
keltiruvchi, oʻzgartiruvchi va bekor qiluvchi oqibatlar boʻyicha) oʻziga xos 
tarzda  namoyon  boʻladi.  Shu  ma’noda  olib  qaraganda,  virtual  maydonda 
ham yuridik faktlarni sodir boʻlishi, yuridik harakatlarni amalga oshirilishi 
toʻlaqonli  ravishda  roʻy  berishi  istisno  etilmaydi.  Faqat  bunda  kelib 
chiqishi  mumkin  boʻlgan  asosiy  muammo  yuridik  harakatlarni  kelib 
chiqish  manbai,  uning  oqibatlarini  izini  barqaror  ravishda  mavjudligini 
ta’minlash  hisoblanadi.  Bugungi  kunda  virtual  maydonni  huquqiy 
ta’minlash  bu  borada  muayyan  ijobiy  natijalarga  olib  keldi.  Virtual 
maydonda  bitimlar  tuzish,  shartnomalar  tuzish  va  subyektlarni  turli 
ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan harakatlarni sodir etishi odatdagi 
kundalik  holga  aylandi.  Shuni  unutmaslik  lozimki,  virtual  maydondagi 
shartnomalar  uni  real  maydon  bilan  bogʻliqlik  darajasiga  karab,  turlicha 
koʻrinishda  namoyon  boʻlishi  mumkin.  Masalan,  ba’zi  shartnomalar 
virtual  maydonda  tuzilib,  real  maydonda  amalga  oshiriladi.  Misol  uchun 
internet  orqali  muayyan  tovarga  buyurtma  berish  shartnoma  tuzish 
jarayoni virtual maydonda boʻlsa shartnomani amalda yetkazib berish real 
maydonda  amalga  oshiriladi.  Ba’zi  hollarda  esa  buning  aksi.  Real 
maydonda  tuzilgan  shartnoma  virtual  maydonda  amalga  oshirilishi 
mumkin.  Ayni  paytda  muayyan  turdagi  shartnomalar  real  maydonga 
koʻchmasdan faqat virtual maydonda tuzilishi, amalga oshirilishi mumkin. 
Masalan,  haq  evaziga  muayyan  axborotni  tizimlashtirish  va  yetkazib 
berish.  Bunda  shartnomani  tuzish,  amalga  oshirish  va  hatto,  unga  haq 


305 
 
toʻlash  toʻliq  virtual  maydonda  amalga  oshiriladi.  Shartnomani  amalga 
oshirish  va  tuzish  bilan  bogʻliq  hech  qanday  harakatlar  va  tuzish  real 
maydonga koʻchirish talab etilmaydi.  
Hattoki toʻlovlarni amalga oshirish uchun elektron xamyon, elektron 
pullar, elektron toʻlovlar tizimi ishlab chiqilgan va amal qilmoqda. Virtual 
maydon orqali shartnomalar tuzish bugungi tovarlar, ishlar va xizmatlarni 
globallashuvi,  dunyoni  yagona  bozor,  yagona  huquqiy  maydon  tarzida 
namoyon 
boʻlishida 
muhim 
ahamiyat 
kasb 
etadi. 
Masalan, 
Oʻzbekistondagi tadbirkorlik subyekti oʻz uyida oʻtirgan holda dunyoning 
istalgan nuqtasida ya’ni Yaponiya, Avstraliya va boshqa joylardagi tegishli 
sheriklar bilan shartnomalar tuzib, uni amalga oshirish imkoniyatlariga ega 
boʻladi.  Boshqacha  aytganda,  elektron  shartnomalarni  virtual  maydonda 
tuzish  subyektlarni  vaqti  va  mablagʻlarini  tejashga  imkon  beradigan  eng 
qulay usullardan biri hisoblanadi. 
Mamlakatimizda  bugungi  kunda  elektron  shartnomalarni  huquqiy 
negizlari yaratilgan. Ular ichida eng muhim hujjat bu FK hisoblanadi. 
FKning 366-moddasiga asosan, yozma shartnoma taraflar imzolagan 
bitta  hujjatni  tuzish  yoʻli  bilan,  shuningdek  pochta,  telegraf,  teletayp, 
telefon,  elektron  aloqa  yoki  hujjat  shartnomadagi  tarafdan  chiqqanligini 
ishonchli  suratda  aniqlash  imkonini  beradigan  boshqa  aloqa  yordamida 
hujjatlar almashish yoʻli bilan tuzilishi mumkin. 
Bu  normadan  koʻrinib  turibdiki  virtual  maydonda  shartnomalar 
tuzishga  asosiy  talab,  taraflarni  bir-birlari  bilan  ishonchli  aloqalarni 
oʻrnatishi, ushbu maydonga boshqa shaxslarni noqonuniy kirib kelishi va 
chalgʻitishini oldini olish hisoblanadi. 
Bundan  tashqari  mazkur  sohada  maxsus  qonunchilik  bazasi 
yaratilgan.  Masalan,  Oʻzbekiston  Respublikasining  “Elektron  raqamli 
imzo  toʻgʻrisida”gi,  “Elektron  tijorat  toʻgʻrisida”gi,  “Elektron  hujjat 
aylanishi toʻgʻrisida”gi qonunlar qabul qilingan. 
Virtual  shartnomalarni  ishonchli  tarzda  tuzilishini  huquqiy  kafolati 
bu elektron raqamli imzo sanaladi. 
Elektron  raqamli  imzo  -  elektron  hujjatdagi  mazkur  elektron  hujjat 
axborotini  elektron  raqamli  imzoning  yopiq  kalitidan  foydalangan  holda 
maxsus  oʻzgartirish  natijasida  hosil  qilingan  hamda  elektron  raqamli 
imzoning  ochiq  kaliti  yordamida  elektron  hujjatdagi  axborotda  xatolik 
yoʻqligini  aniqlash  va  elektron  raqamli  imzo  yopiq  kalitining  egasini 
identifikastiya qilish imkoniyatini beradigan imzo hisoblanadi. 
Elektron imzoning ochiq va yopiq kalitlari mavjud. Elektron raqamli 
imzoning yopiq kaliti esa elektron raqamli imzo vositalaridan foydalangan 


306 
 
holda  hosil  qilingan,  faqat  imzo  qoʻyuvchi  shaxsning  oʻziga  ma’lum 
boʻlgan  va  elektron  hujjatda  elektron  raqamli  imzoni  yaratish  uchun 
moʻljallangan  belgilar  ketma-ketligi  boʻlsa,  elektron  raqamli  imzoning 
ochiq  kaliti  elektron  raqamli  imzo  vositalaridan  foydalangan  holda  hosil 
qilingan,  elektron  raqamli  imzoning  yopiq  kalitiga  mos  keluvchi,  axborot 
tizimining  har  qanday  foydalanuvchisi  foydalana  oladigan  va  elektron 
hujjatdagi  elektron  raqamli  imzoning  haqiqiyligini  tasdiqlash  uchun 
moʻljallangan belgilar ketma-ketligi hisoblanadi. 
Elektron  raqamli  imzoning  haqiqiyligini  tasdiqlash  elektron  raqamli 
imzoning  elektron  raqamli  imzo  yopiq  kalitining  egasiga  tegishliligi  va 
elektron hujjatdagi axborotda xatolik yoʻqligi tekshirilgandagi ijobiy natija 
bilan bogʻliq. 
Roʻyxatga  olish  markazlari  faoliyatining  tartibi  Oʻzbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 
Qogʻoz  hujjat shaklidagi elektron raqamli imzo kalitining sertifikati 
ikki  nusxada  rasmiylashtiriladi.  Bunday  sertifikatning  har  bir  nusxasi 
roʻyxatga  olish  markazining  vakolatli  shaxsi  tomonidan  imzolanishi  va 
roʻyxatga  olish  markazining  muhri  bilan  tasdiqlanishi  kerak.  Elektron 
raqamli imzo kaliti sertifikatining bir nusxasi elektron raqamli imzo yopiq 
kalitining  egasiga  beriladi,  boshqa  nusxasi  esa  roʻyxatga  olish  markazida 
saqlanadi. 
Muhr  bilan  tasdiqlangan  va  elektron  hujjatga  aylantirilgan  qogʻoz 
hujjatning  mazmuni  qonun  hujjatlariga  yoki  taraflarning  kelishuviga 
muvofiq  roʻyxatga  olish  markazi  vakolatli  shaxsining  elektron  raqamli 
imzosi  bilan  yoki  elektron  raqamli  imzo  yopiq  kaliti  egasining  elektron 
raqamli imzosi bilan tasdiqlanishi mumkin. 
Virtual  maydonda subyektlarni individuallashtirish vositalaridan biri 
boʻlib,  domen  nomlari  hisoblanadi.  Domen  nomlari  ham  elektron 
maydonda 
firma 
nomi, 
tovar 
belgisi 
funksiyalarini 
bajaradi. 
Mamlakatimizda  domen  nomlarini  berish  va  roʻyxatdan  oʻtkazishni 
huquqiy  asoslari  mavjud.  Ba’zi  holatlarda  subyektlar  domen  nomlariga 
moʻljal olgan holda shartnoma munosabatlariga kirishishlari ham mumkin. 
Elektron  tijoratda  axborot  vositachilari  ham  ishtirok  etishlari 
mumkin.  Elektron  hujjat  aylanishi  bilan  bogʻliq  xizmatlar  koʻrsatuvchi 
yuridik  va  jismoniy  shaxslar  axborot  vositachilaridir.  Elektron  tijorat 
ishtirokchilari  yuqoridagi  qonun,  boshqa  qonun  hujjatlarida,  shuningdek 
tuzgan  shartnomalarida  nazarda  tutilgan  huquqlardan  foydalanadilar  va 
majburiyatlarni bajaradilar. 


307 
 
Elektron  tijoratda  ishtirok  etish,  agar  qonun  hujjatlarida  boshqacha 
qoida  belgilanmagan  boʻlsa,  uning  ishtirokchilariga  nisbatan  axborot 
tizimlaridan 
foydalanmasdan 
amalga 
oshirilayotgan 
tadbirkorlik 
faoliyatiga  nisbatan  qoʻshimcha  talablar  yoki  cheklashlar  belgilanishi 
uchun asos boʻla olmaydi.  
Elektron  tijoratdagi  shartnoma  shartlari  qonun  hujjatlarining 
talablariga  muvofiq  boʻlishi  kerak.  Bu  shartnomalar  tovarlar,  ishlar  va 
xizmatlar turlariga qarab FKning tegishli normalariga, shuningdek boshqa 
fuqarolik qonun hujjati talablariga muvofiq boʻlishi kerak. 
Elektron  tijoratdagi  shartnoma  unga  hamma  erkin  foydalanishi 
mumkin boʻlgan axborot resursida joylashtirilgan elektron hujjatga havola 
qilish yoʻli bilan kiritiladigan alohida shartlarni oʻz ichiga olishi mumkin. 
Bu holda elektron hujjatni joylashtirgan elektron tijorat ishtirokchisi qonun 
hujjatlarida yoki shartnomada belgilangan muddat mobaynida undan erkin 
foydalanish  imkoniyatini  ta’minlashi,  bu  muddat  oʻtgandan  keyin  esa 
ushbu  elektron  hujjatning  qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan  tartibda 
saqlanishini ta’minlashi shart.  
Elektron  tijoratda  shartnoma  akseptni  (taklif  qabul  qilinishini)  oʻz 
ichiga  olgan  elektron  hujjat  elektron  tijoratni  amalga  oshiruvchi  yuridik 
yoki jismoniy shaxs tomonidan qabul qilib olingan paytda yoxud ofertani 
oʻz ichiga olgan elektron hujjatda aksept uchun nazarda tutilgan harakatlar 
tovarlar  (ishlar,  xizmatlar)  xaridori  tomonidan  amalga  oshirilgan  paytda 
tuzilgan deb e’tirof etiladi.  
Ofertani  oʻz  ichiga  olgan  elektron  hujjat  olinganligini  oferta 
shartlariga  rozilikni  koʻrsatmasdan  tasdiqlash,  xuddi  shuningdek  tovarlar 
(ishlar,  xizmatlar)  xaridorining  harakatsizligi,  agar  qonun  hujjatlarida 
boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, aksept hisoblanmaydi.  
Agar qonun hujjatlarida shartnoma boʻyicha tarafning boshqa tarafga 
shartnomani  tuzish  yoki  ijro  etish  bilan  bogʻliq  hujjatni  taqdim  etish 
majburiyati  nazarda  tutilgan  boʻlsa,  koʻrsatilgan  majburiyatni  bajarish 
shartnomani tuzish usulidan qat’i nazar amalga oshiriladi.  
Elektron  tijoratda  shartnoma,  agar  qonun  hujjatlarida  boshqacha 
qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, faqat elektron hujjatlardan foydalanilgan 
holda tuzilganligiga asoslanib haqiqiy emas deb topilishi mumkin emas.  
Elektron  tijoratda  ofertaga  taklif  etish,  shu  jumladan,  taklif 
qilinayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) toʻgʻrisidagi reklama yoki boshqa 
ma’lumotlar  maxsus  bilimga  ega  boʻlmagan  qabul  qilib  oluvchiga  qabul 
qilib olingan axborotning elektron tijoratga taalluqliligini aniq belgilash va 


308 
 
oferta joʻnatuvchining huquqiy holati, uning tovarlari (ishlari, xizmatlari), 
bu tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) narxlari va ularni olish shartlari 
haqida toʻgʻri tasavvur hosil qilish imkoniyatini beradigan shaklda taqdim 
etilishi kerak.  
 
 
 
 
 
 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish