Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/205
Sana01.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#280239
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   205
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Muddatlar muddatning kim 
tomonidan tayinlanishiga 
koʻra
 
MUDDATLAR TURLARI 
Huquqiy oqibatiga koʻra 
Qonuniy, shartnomali, sud tomonidan 
belgilanadigan muddatlar
 
huquqni vujudga keltiruvchi, huquqni 
oʻzgartiruvchi va huquqni bekor qiluvchi 
muddatlar
 


141 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Muddatlarni hisoblash asoslari va tartibi 
 
FKning  145-moddasiga  muvofiq  muddatlar  aniq  kalendar  sana 
(masalan, 2014 yil 3 noyabrda yoki 2014 yil 3 noyabrdan yoxud 2015 yil 3 
maygacha)  bilan,  vaqt  davrlari:  yillar  (masalan,  uy-joy  besh  yil  ijaraga 
berilishi  mumkin),  oylar  (masalan,  pudrat  shartnomasiga  koʻra,  pudratchi 
olti  oy  ichida  ishning  natijasini  topshirishi  lozim),  haftalar  (masalan, 
fuqaro  bilan  besh  hafta  mobaynida  sut  yetkazib  berish  toʻgʻrisida 
shartnoma  tuzilishi 
mumkin),  kunlar  (fuqaro  bilan  besh  kun 
mehmonxonada  yashash  toʻgʻrisida  shartnoma  tuziladi),  soatlar  (masalan, 
katamaran bir soatga prokatga beriladi) bilan belgilanadi. 
Shu bilan birga muddat muqarrar yuz berishi kerak boʻlgan voqeani 
koʻrsatish  bilan  ham  belgilanishi  mumkin  (masalan,  umrbod  renta 
shartnomasining  muddati  renta  oluvchi  yoki  u  koʻrsatgan  shaxs  hayot 
boʻlgan  davrgacha  tuziladi).  Muqarrar  yuz  berishi  kerak  boʻlgan  voqea 
bilan  belgilanadigan  muddatlar  shartnomalar,  bitimlarda  foydalaniladigan 
hodisalardan 
farq 
qilib, 
bunda 
fuqarolik-huquqiy 
munosabati 
ishtirokchilari  voqea  roʻy  berishining  aniq  vaqtini  bilmaydilar. 
Masalan, 
umrbod  ta’minlash  sharti  bilan  uy-joy  (kvartira)ni  boshqa  shaxsga  berish 
shartnomasining  muddati  boshqa  shaxsga  beruvchi  vafotiga  qadar  davom  etadi. 
Garchi boshqa shaxsga beruvchi fuqaroning vafot etishi muqarrar yuz berishi kerak 
boʻlgan voqea hisoblansada, uning qachon roʻy berishi aniq boʻlmaydi.
  
Muddatlar  belgilanishi  va  hisoblanishiga  koʻra  ikki  turga  boʻlinadi: 
oʻrnatilgan vaqt davrlari (yillar, oylar, haftalar va shunga oʻxshash) bilan 
belgilanadigan muddatlar va aniq payt (toʻlovni amalga oshirish kuni, ishni 
bajarishning  aniq  sanasi)  bilan  belgilanadigan  muddatlar.  Odatda,  aniq 
payt  bilan  belgilanadigan  muddatlar  vaqt  oraligʻi  bilan  belgilanadigan 
muddatlar  kabi  oʻtishi  boshlanmaydi,  faqatgina  belgilangan  paytdagina 
uning oʻtishi boshlanadi va ularni boshlanish vaqtini aniqlash hech qanday 
fuqarolik huquqlarini amalga 
oshirish muddatlari 
fuqarolik majburiyatlarini 
bajarish muddatlari 
fuqarolik huquqlarini amalda boʻlish 
vaqtini belgilaydigan muddatlar
cheklovchi(preklyuziv) muddatlar, 
e’tiroz (pretenziya) muddatlari, kafolat 
muddati, yaroqlilik muddati, tovarning 
xizmat qilish muddati, tovardan 
foydalanish, tovarni saqlash muddati, 
da’vo muddati va boshqa muddatlar 


142 
 
qiyinchilik  tugʻdirmaydi.  Shu  bilan  birga  hisoblash  qiyinchilik 
tugʻdirmaydigan holatlardan yana biri boshlanishi va tamom boʻlishi aniq 
kalendar  sana  bilan  belgilanadigan  muddatlar  (masalan,  televizorni  1 
iyundan  1 oktyabrgacha  prokatga olish)  yoki  soatlar  bilan  hisoblanadigan 
muddatlar  (bu  muddatlar  shartnomada  belgilangan  paytdan  boshlanadi  va 
soatlar  bilan  hisoblanadi. 
Masalan,  qayiq  prokatga  berilgan  paytdan  boshlab 
soatlar  bilan  hisoblanadi  yoxud  kunlar  bilan  hisoblanadigan  muddatlar.  Bunda 
tegishli  huquqiy  munosabat  shartlariga  koʻra  hamma  kunlar,  shu  jumladan 
muddatlar  boshlanishining  birinchi  kuni  ham  hisoblanishi  lozim.  Masalan, 
fotoapparat dushanba kuni besh kunga prokatga berildi va agar toʻlov hamma kun 
uchun,  shuningdek  fotoapparat  berilgan  kun  uchun  amalga  oshirilsa,  muddat 
chorshanba kuni tamom boʻladi.  
Bu  muddatlarni  hisoblash  vaqt  oraligʻi  hisoblanishini  nazarda 
tutmaydigan  hollarda  muddatning  birinchi  kuni  ham  yillar,  oylar,  haftalar 
va hatto kunlar bilan belgilanganda qiyinchilik tugʻdiradi.  
FKning  146-moddasi  umumiy  qoida  tarzida  vaqt  davri  bilan 
belgilangan muddat kalendar sanadan keyingi yoki uning boshlanish kuni 
deb  belgilangan  voqea  yuz  berganidan  keyingi  kundan  oʻta  boshlashini 
belgilaydi. 
Masalan, pudrat shartnomasiga  muvofiq ishning  natijasini  qabul qilish 
uchun besh kunlik muddat belgilangan boʻlsa, bu muddat ish bajarilishi toʻgʻrisida 
buyurtmachi ogohlantirilgan  kunning  ertasidan boshlab hisoblanadi. Bunda  ishning 
natijalarini  qabul  qilib  olish  toʻgʻrisida  buyurtmachi  17  may  kuni  ogohlantirilsa, 
muddatning  oʻtishi  18  maydan  boshlanadi  va  22  may  kuni  tamom  boʻladi.  Ushbu 
qoida  muddatlarni  hisoblashning  aniq  tartibini  belgilab  beradi.  Uning  ahamiyati 
shundaki,  kalendar  boʻyicha  yilning  boshlanishi  va  tamom  boʻlishi  belgilangan 
vaqtga mos kelmasligi mumkin, ya’ni 1 yanvar va 31 dekabr. Aynan shu holat oylar 
va  haftalar  bilan  hisoblanadigan  muddatlarga  ham  taalluqlidir.  Bunday  holatda 
yillar,  oylar  va  haftalar  bilan  hisoblanadigan  muddatlarga  boshlanishi  va  tamom 
boʻlishi taraflar uchun maqbul boʻlmagan kunga toʻgʻri kelishi bu esa oʻz navbatida 
muddatning  oxirgi  kunini  aniqlashda  qiyinchilik  tugʻdiradi.  Masalan,  ijara 
shartnomasi  12  fevral  kuni  tuzildi  va  velosiped  uch  oylik  muddatga  ijaraga  berildi. 
Agar FKning 146-moddasi mavjud boʻlmaganida edi bu muddatning boshlanishi va 
tamom boʻlishini aniqlash qiyinchilik tugʻdirardi. Bunday muddatning boshlanishi 1 
fevral  deb  hisoblanishi,  1  mart  deb  ham  hisoblanishi,  uning  tamom  boʻlishi  esa,          
30  aprel  deb  yoki  31  may  deb  hisoblanishi  mumkin  boʻlardi.  FKning  146-moddasi 
qoidalariga  muvofiq  esa,  belgilangan  uch  oylik  muddat  kalendar  sanasidan  keyingi 
kundan ya’ni, 13 fevraldan oʻta boshlaydi va 13 may kuni tamom boʻladi.  
Vaqt  davri  bilan  belgilangan  muddatning  tamom  boʻlish  paytini 
aniqlash  ham  fuqarolik  huquqlarini  amalga  oshirishda  muhim  ahamiyat 
kasb  etadi.  FKning  147-moddasiga  muvofiq,  yillar  bilan  hisoblanadigan 
muddat uning oxirgi yilidagi tegishli oy va kunda tamom boʻladi
Masalan, 
uch  yillik  umumiy  da’vo  muddati  2000  yil  21  fevralda  boshlangan  boʻlsa,  2003  yil         
21  fevralda  tamom  boʻladi.  Agar  muddat  kabisa  yilining  soʻnggi  kuni  29  fevralda 


143 
 
boshlangan boʻlsa, unda muddat tegishli yilning tegishli oyining soʻnggi kunida ya’ni 
28 fevralda tamom boʻladi.  
Yarim  yil  deb  belgilangan  muddatga  nisbatan  oylar  bilan 
hisoblanadigan muddatlar uchun belgilangan qoidalar qoʻllaniladi (FKning 
147-moddasi,  2-qismi).  Bunda  yarim  yil  sifatida  oltinchi  oyning  soʻnggi 
kuni  muddat  tamom  boʻlish  payti  hisoblanadi.  Masalan,  3-may  kuni 
boshlangan yarim yillik muddat 3-noyabr kuni tamom boʻladi.  
Yil  choraklari  bilan  hisoblanadigan  muddatga  nisbatan  oylar  bilan 
hisoblanadigan  muddatlar  uchun  belgilangan  qoidalar  tatbiq  etiladi.  Bu 
holatda  yil  choragi  uch  oyga  teng  deb  hisoblanadi,  yil  choragining  hisobi 
esa,  yil  boshidan  yuritiladi
.  Masalan,  FKning  520-moddasiga  muvofiq  doimiy 
renta  yilning  har  bir  choragi  tugashi  bilan  toʻlanadi.  Agar  renta  toʻlash  2003  yil 
boshlangan  boʻlsa,  doimiy  renta  2003  yil  31  mart  kuni  yoki  FKning  520-moddasi 
talablariga koʻra 31 martdan keyingi kuni 1 aprelda toʻlanishi lozim.  
Oylar  bilan  hisoblanadigan  muddat  shu  muddatning  oxirgi  oydagi 
tegishli kunida tugaydi
Masalan, 15 mayda boshlangan 2 oylik muddat 15 iyulda 
tamom  boʻladi.  Agar  tegishli  muddatda  tegishli  kun  mavjud  boʻlmasa,  unda  shu 
oyning soʻnggi kuni muddatning tamom boʻlish kuni hisoblanadi. Masalan, 31 may 
kuni boshlangan muddat qoida boʻyicha 31 iyunda tugashi lozim. Lekin iyun oyining 
31 sanasi mavjud emas. Shu munosabat bilan bu muddat 30 iyun kuni tamom boʻladi. 
Yarim  oy  deb  belgilangan  muddatga  kunlar  bilan  hisoblanadigan  muddat  deb 
qaraladi va bu muddat 15 kunga teng boʻladi.  
Haftalar  bilan  oʻlchanadigan  muddat  shu  muddatning  oxirgi 
haftasidagi  tegishli  kunda  tugaydi
.  Masalan,  ikki  haftalik  muddat  haftaning 
chorshanba  kuni  boshlangan  boʻlsa,  ushbu  muddat  oʻta  boshlaganidan  soʻng, 
ikkinchi  chorshanbada  tamom  boʻladi  va  bunda  aniq  sanalarga  qaraganda  hafta 
kunlari muhim ahamiyat kasb etadi.  
Muddatning  oʻtishi  fuqarolik  huquq  va  burchlarining  vujudga 
kelishiga,  oʻzgarishiga  va  tamom  boʻlishiga  ta’sir  koʻrsatadi.  Bunda 
vakolatli  shaxsning  yoki  qarzdorning  biror  bir  harakatning  amalga 
oshirishi  yoki  oshirmasligi  ahamiyatga  ega  emas.  Chunki,  muddatning 
oʻtishi bilan yuridik oqibat oʻz-oʻzidan kelib chiqadi. Koʻpchilik holatlarda 
muddatlar  tegishli  xatti-harakatni,  huquq  yoki  majburiyatni  belgilash 
maqsadida  amalga  oshirishga  qaratiladi  (masalan,  merosni  qabul  qilib 
olish  muddati,  qarzni  qaytarish  muddati,  ijaraga  berilgan  mulkni  qaytarib 
olish muddati va h.k. ).  


144 
 
Bunday  holatlarda  nafaqat  muddatning  oxirgi  kuni  balki,  tegishli 
kunda  amalga  oshirilishi  lozim  boʻlgan  harakatni  bajarish  vaqti  ham 
koʻrsatilishi kerak boʻladi (FKning 148-moddasi).  
 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish