Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Da’vo muddatining oʻta boshlashi



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/205
Sana01.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#280239
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   205
 
Da’vo muddatining oʻta boshlashi 
 
Da’vo  muddatini  hisoblashda  uning  qaysi  paytdan  boshlanishini 
aniqlash  muhim  ahamiyatga  ega.  Zero,  vaqt  davri  bilan  hisoblanadigan 
muddatlarda  belgilangan  vaqtning  tamom  boʻlish  payti  huquqiy  oqibat 
tugʻdirishini nazarda tutib, hisoblashda xatoliklarga yoʻl qoʻymaslik uchun 
uni  boshlanish  paytini  bilish  huquqiy  munosabat  ishtirokchilari  uchun 
zaruriy  omil  sifatida  e’tirof  etiladi.  Shaxsning  oʻz  huquqini  amalga 
oshirish,  buzilgan  huquqini  tiklash  va  qonuniy  manfaatlarini  himoya 
qilishni  talab  etish  imkoniyatidan  foydalanish  qancha  muddatgacha  unda 
mavjudligini  bilishi  uchun,  u  oʻzida  bu  imkoniyat  qaysi  paytdan  boshlab 
vujudga kelganligini aniqlab olishi lozim.  
FKning  154-moddasiga  muvofiq,  da’vo  muddati  shaxs  oʻzining 
huquqi  buzilganligini  bilgan  yoki  bilishi  lozim  boʻlgan  kundan  oʻta 
boshlaydi.  
Da’vo  qilish  huquqi  vujudga  kelmasdan  turib,  da’vo  muddatining 
oʻta boshlashi masalasi ham namoyon boʻlmaydi. Da’vo muddati da’voga 


147 
 
boʻlgan  huquqining  tamom  boʻlish  paytini  belgilaydi  (moddiy  ma’noda). 
Bunda da’vo qilish huquqi vujudga kelmasdan turib, uning tamom boʻlish 
muddatining oʻta boshlashi ham mumkin boʻlmaydi.  
Shaxslarning  subyektiv  huquqlari  va  manfaatlarida  uygʻunlik  va 
umumiylik  mavjud  boʻlgan  hollarda  da’vo  muddatining  oʻta  boshlash 
paytini  aniqlash  muhim  ahamiyatga  ega.  Zero,  koʻpchilik  hollarda  bir 
necha shaxslarga tegishli huquq buzilganda  da’vo muddati oʻta boshlagan 
paytni  aniqlash  ham  bir  muncha  qiyinchiliklarni  vujudga  keltiradi. 
Masalan,  majburiyatda  shaxslarning  koʻpchilik  boʻlib  ishtirok  etishlari 
yoki umumiy  mulkka nisbatan huquqlarning buzilishi va hokazo. Bunday 
hollarda  bir  necha  shaxslardan  birining  huquqlari  buzilganligini  bilishi 
boshqa  shaxslarga  tegishli  boʻlgan  da’vo  muddatining  oʻta  boshlashini 
bildiradi.  Hammualliflardan  biriga  tegishli  huquqlarning  buzilishi  bilan 
asarga  nisbatan  mualliflik  huquqlarining  buzilishi  sodir  boʻladi  va  da’vo 
muddati  faqatgina  huquqi  buzilgan  shaxsga  nibatan  emas  barcha 
mualliflarga  nisbatan  oʻta  boshlaydi.  Boshqacha  aytganda  uchta 
muallifdan  birining  ismi  sharifi  (agar  taxallus  ostida  asar  e’lon  qilingan 
boʻlsa taxallusi) notoʻgʻri koʻrsatilishi uning huquqlari buzilishi va da’vo 
muddatining  oʻta  boshlashini  bildiradi  hamda  qolgan  ikkita  muallifning 
manfaatlariga  putur  yetkazib  huquqi  buzilgan  muallif  bilan  bir  vaqtda 
ularning huquq va manfaatlariga nisbatan da’vo muddati bir paytdan oʻta 
boshlaydi.  
FKning 
154-moddasi 
3-qismiga 
koʻra  ijro  etish  muddati 
belgilanmagan  yoki talab qilish payti ijro etish  muddati bilan belgilangan 
majburiyatlar  boʻyicha  da’vo  muddati  kreditorga  majburiyatni  bajarish 
toʻgʻrisida  talab  qoʻyish  huquqi  paydo  boʻlgan  vaqtdan  oʻta  boshlaydi, 
bordi-yu,  qarzdorga  bunday  talabni  bajarish  uchun  imtiyozli  muddat 
berilsa  da’vo  muddati  imtiyozli  muddat  tamom  boʻlgandan  keyin 
hisoblana boshlaydi.  
Majburiyatni  bajarish  uchun  qarzdorga  imtiyozli  muddat  berilishi 
FKning 154-moddasi ikkinchi qismida belgilangan, lekin bunday imtiyozli 
muddatning  kim  tomonidan  berilishi  va  bu  muddat  qancha  vaqt  davom 
etishi  qonun  hujjatlarida  aniq  ifodalanmagan.  Bunday  imtiyozli  muddat 
kreditor  tomonidan  berilishi  lozim.  Agar  kreditorning  majburiyatini 
bajarish  haqidagi  imtiyozli  muddat  sud  tomonidan  belgilansa,  unda 
majburiyatni ijro etish ma’muriy tartibda hokimiyat organining majburlov 
kuchi  bilan  amalga  oshiriladigan  harakat  sifatida  koʻriladi  va  bunday 
holatlarga  nisbatan  FKning  154-moddasi  ikkinchi  qismi  qoidalari 
qoʻllanilmaydi.  


148 
 
Regress  majburiyatlar  boʻyicha  da’vo  muddati  asosiy  majburiyat 
bajarilgan paytdan oʻta boshlaydi (FKning 154-moddasi 3-qismi). Regress 
majburiyatlarda  asosiy  majburiyat  deganda,  regress  talab  qilishi  mumkin 
boʻlgan  shaxs  tomonidan  bajarilgan  va  bevosita  uchinchi  shaxslarga 
nisbatan  yuklatilishi  nazarda  tutiladigan  majburiyat  tushiniladi
.  Masalan, 
sherik  qarzdorning  boshqa  qarzdorlar  majubriyatini  bajarishi,  uning  asosiy 
majburiyatni  bajarishi  deb  tushuniladi.  Avtokorxona  haydovchisining  uchinchi 
shaxslarga  yetkazgan  zarari  regress  majburiyat  qoʻllanilganda  asosiy  majburiyat 
sanaladi.  Bu  holatda  regress  talab  qilish  huquqi  asosiy  majburiyat  bajarilgan 
vaqtdan oʻta boshlaydi. Chunki, regress talab qilishi huquqiga ega shaxs shu paytdan 
boshlab, oʻzining huquqlari buzilganligini biladi.  
 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish