Majburiyatlarni bajarish muddatlari. Fuqarolik huquqlarini
amalga oshirish muddatlari bilan birga fuqarolik huquqida u bilan uzviy
bogʻliq boʻlgan fuqarolik majburiyatlarini bajarish muddatlari ham
mavjud. Har qanday fuqarolik huquqlarini amalga oshirishda vaqt muhim
ahamiyatga ega boʻlganidek, majburiyatlarni bajarishda ham vaqt alohida
oʻrinni egallaydi. Zero, subyektga tegishli huquq bilan bir vaqtda shu
huquq bilan yonma-yon majburiyat ham mavjud boʻladi. Bir shaxsning
huquqini amalga oshirish muddati ikkinchi shaxsning majburiyatni
bajarish muddati hisoblanadi.
Masalan, qarz shartnomasiga muvofiq, 1 may kuni olingan qarz 3 oy oʻtgach,
ya’ni 1 avgustda qaytarilishi bir vaqtning oʻzida ham huquqni amalga oshirish
muddatini, ham majburiyatni bajarish muddatini ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |